Digital.uz
12.2K subscribers
15.7K photos
938 videos
1 file
5.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
💻Endilikda 1 milliondan ortiq o‘zbekistonlik Coursera’dan bepul onlayn ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi

25-oktabr kuni haftalik doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatovning Coursera kompaniyasi vakili bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, 2023-yildan boshlab 1,2 million o‘zbekistonlik o‘g‘il-qiz IT’ning 3 ta asosiy yo‘nalishi (Frontend, Python course, IT-English) bo‘yicha Coursera platformasida onlayn kurslarda qatnashishi va tegishli sertifikatlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ushbu kurslarni bitirgan va sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlarning IT kompaniyalarda yuqori daromadli ishlarga qabul qilinishlariga yoki frilans orqali buyurtmalar olishlariga kengroq yo‘l ochiladi.

#mitc
#ictweek
#coursera

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya Raqamli rivojlanish, telekommunikatsiyalar va ommaviy axborot vositalari vazirligi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

————

Обсуждены вопросы сотрудничества с Министерством цифрового развития, связи и массовых коммуникаций Российской Федерации

#mitc
#ictweek

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Haftalik doirasida AKT vaziri Sh. Shermatov Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoati vaziri Bagdat Musin bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

————

В рамках недели "ICTWEEK – 2022" министр ИКТ Ш. Шерматов обсудил вопросы сотрудничества с Министром цифрового развития, инноваций и аэрокосмической промышленности Казахстана Багдатом Мусиным.

#mitc
#ictweek

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Haftalik doirasida BPO sammiti o‘tkazildi

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – BPO sohasidagi yirik ishtirokchilarning O‘zbekistonda sohani rivojlantirish uchun sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida xabardorligini oshirish, xalqaro buyurtmalarni yanada jalb qilish, eksportga yo‘naltirilgan IT xizmatlar hajmini oshirish uchun mahalliy va xalqaro kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4189

#mitc
#ictweek

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huawei va IT Park hamkorlikda O‘zbekistonda BPO markazlarini ishga tushiradi

2022-yilning 25-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Chen Szyakay bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4190

#mitc
#ictweek
#huawei

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍ICT WEEK Uzbekistan — 2022” 1-kun.

Xorijiy kompaniya vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, muhim shartnomalar imzolandi.

#mitc
#ictweek

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
AKT sohasida ish qidirayotgan barcha yoshlarni ertaga AKT ko‘rgazmasiga taklif etamiz, kompaniyalar stendlaridan tashqari alohida Mehnat Yarmarkasi stendiga kelib o‘zingizga qiziq bo'lgan vakansiyalarga hujjat topshirishingiz mumkin bo‘ladi. Ayniqsa chet tili va AKTni bilgan yoshlarga ish doim topiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand shahrida o‘tkazilgan “StrategEast State and IT Eurasian” forumida AKT vaziri birinchi o‘rinbosari O. Pekos ishtirok etdi.

Yevroosiyo davlatlari axborot texnologiyalari “StrategEast State” forumi har yili o‘tkaziladigan asosiy tadbirlardan biri bo‘lib, unda Yevroosiyoda raqamli transformasiya masalalari va uni rivojlantirish uchun zarur qadamlar muhokama qilinadi.

————

Первый заместитель министра ИКТ О.Пекос принял участие в форуме «StrategEast State and IT Eurasian», прошедшем в Самарканде.

Форум государств Евразии по информационным технологиям «StrategEast State» — одно из главных мероприятий, проводимых каждый год, где обсуждаются вопросы необходимых этапов развития при цифровой трансформации в Евразии.

#mitc
#ictweek

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 25-oktabr kuni navbatdagi “Frilanserlik - bu kelajak kasbi” mavzusida forum “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida tashkil etildi.

Forumga tashrif buyurganlarning soni 600 kishidan oshdi.

Tadbirda mamlakatimizning yetakchi Frilanserlari tomonidan qanday qilib frilanserlik platformalarida ro‘yxatdan o‘tish va birinchi buyurtmani olish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Qolaversa, Lerna kompaniyasining strategik rivojlanish direktori frilanser bo‘lish uchun ko‘nikmalarga ega bo‘lish to‘g‘risida boy tajribalarini yoshlar bilan baham ko‘rdilar.

Yakunda, an’anaga muvofiq qiziqarli o‘yin tashkil etilib, omadli talabalarga esdalik sovg‘alar topshirildi.

#mitc
#ictweek

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30 yildan ortiq Rossiya raislik qilgan Aloqa sohasidagi Hududiy Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning Aloqa ma’muriyatlari rahbarlarining kengashi raisi etib birinchi marotaba O‘zbekiston AKT vaziri saylandi

Aloqa sohasidagi Hududiy Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning Aloqa ma’muriyatlari rahbarlarining kengashining qo‘shma 58-majlisi va MDHga a’zo davlatlarning MDH huzuridagi Axborotlashtirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining 28-majlisi yakunlandi.

Unda ASHHga a’zo davlatlar ma’muriyatlari rahbarlari kengashining raisi etib O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov saylandi.

AKT vazirining ushbu kengash raisi etib saylanishi O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirish bo‘yicha vazifani amalga oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.

#mitc
#ictweek

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM