Digital.uz
12.3K subscribers
19.9K photos
1.13K videos
1 file
6.91K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
🛰“O’zbekkosmos” Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda!

Ma’lumki, “O’zbekkosmos” agentligi o’z faoliyati davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirib kelmoqda.

Xususan, Xitoy elektron texnologiyalar guruhi so’zimizga isbotdir. Ular bilan dastlabki uchrashuv joriy yilning yanvar oyida bo'lib o’tgan bo’lsa, navbatdagisi 16 – avgust kuni tashkil etildi. Unda “O’zbekkosmos” agentligi rahbariyati va Xitoy kompaniyasi Boshqaruv raisi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etishdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/19303/



🛰“Узбеккосмос” укрепляет партнерство с китайской компанией

Как известно, агентство “Узбеккосмос” в ходе своей деятельности развивает отношения международного сотрудничества.

В частности, китайская группа электронных технологий является доказательством вышесказанных слов. Первая встреча с ними прошла в январе текущего года, а следующая была организована 16 августа.

Подробно: 👉 https://digital.uz/ru/news/view/19303/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Nogironligi boʻlgan fuqarolar uchun onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirilmoqda

🌐 Oʻzbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi koʻmagida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan Milliy standartlar muhokamasi oʻtkazildi. Yangi standartlar jamiyatning barcha aʼzolari uchun, xususan, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun teng huquqli va qulay muhitni taʼminlashga qaratilgan.

💻 Muhokama qilingan standartlar nogironligi boʻlgan shaxslarning davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishda duch keladigan toʻsiqlarni bartaraf etishga yanada yordam beradi.

🧑‍💻 Tadbirda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, “my.gov.uz portalida inklyuzivlik va raqamli sharoitlarni taʼminlash strategiyasi” yuzasidan taqdimot qildilar. Bu esa nogironligi boʻlgan fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlarning bir qismi sifatida qayd etildi.

❗️Mazkur tadbir Oʻzbekistonning barcha fuqarolar uchun, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ham qulay va inklyuziv jamiyat qurish yoʻlidagi yana bir muhim qadamidir.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐Xalqaro hamkorlik uchrashuvi

⚡️“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” rahbar xodimlari, Xitoy Xalq Respublikasining CAICT akademiyasi hamda Huawei O‘zbekiston vakolatxonasi yordamida mamlakatimizda YaIM da raqamli iqtisodiyot ulushini hisoblash bo‘yicha mavjud metodologiyani takomillashtirish yuzasidan vazirlik va qo‘mitalarda uchrashuvlar o‘tkazildi.

🔺Ushbu uchrashuvlarda iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish darajasi o‘rganildi, ekspertlar tomonidan soha rivoji uchun kerakli ma'lumotlar to‘plandi va joriy yil yakuni bo‘yicha raqamli iqtisodiyotning YaIM dagi ulushining ta'siri va darajasi joriy yilning yakuniga qadar boshlang‘ich ko‘rsatkichlar chop etilishi belgilab o‘tildi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🟡 Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sizlarni inklyuziya masalalariga bag‘ishlangan muhim tadbirga taklif qiladi.

📑 Tadbirning maqsadi — nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini oshirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, ish topishga yordam beruvchi foydali platformalar va IT sohasida yuqori maoshli ish o‘rinlari haqida ma’lumot berishdan iborat.


Jadal rivojlanayotgan IT sohasida siz uchun ochiladigan imkoniyatlar haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun bizga qo‘shiling!

📍Tadbir o‘tkaziladigan joy: Raqamli texnologiyalar vazirligi.

🗓 O‘tkazish sanasi: 28-avgust, soat 11:00.

📃Ro‘yxatdan o'tish uchun havola.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍 Butun dunyo startaplari uchun #OpenCall: Markaziy Osiyoni kashf eting!

🔘Plug and Play Uzbekistan” startaplar uchun beqiyos yordam va resurslarni taklif qiluvchi akseleratsiya dasturining 3-bosqichini ishga tushirmoqda. Sentyabr oyining oxirigacha ariza topshiring!

Kimlar ariza topshirishi mumkin:
🟢 Butun dunyo boʻylab startaplar, ayniqsa Markaziy Osiyo bozoriga kirishni yoki xarajatlarni kamaytirish maqsadida Oʻzbekistonda rivojlanish ofislarini ochishni istaganlar;
🟢 IT Park Uzbekistan rezidenti boʻlgan yoki PnP dasturi yakuniga qadar rezident boʻlishga qiziqqan startaplar.

Sizga nimalar taklif qilinadi:
🟢 Yetakchi murabbiylar rahbarligida 3 oylik intensiv akseleratsiya dasturi;
🟢 Dunyo boʻylab 50 dan ortiq joyda faoliyat yurituvchi “Plug and Play Tech Center” global tarmogʻiga va xalqaro bozorlarga kirish imkoniyati;
🟢 IT Park Uzbekistan rezidenti boʻlish va deyarli barcha soliqlardan ozod boʻlish imkoniyati. IT Park Uzbekistan tomonidan mahalliy xodimlarni izlash, ofis maydonini tanlash, jahon miqyosidagi texnologik tadbirlarda ishtirok etish hamda taʼsischilar va amaldagi xodimlar uchun IT-viza olishda koʻmaklashish;
🟢 Global korporativ hamkorlar bilan seminarlar, murabbiylik va netvorking imkoniyatlari;
🟢 Xorijga eksport qilish uchun biznesingizni kengaytirishda qoʻllab-quvvatlash va yordam.

💡 Ushbu dasturda ishtirok etish orqali startaplar Plug and Play Uzbekistan asoschi hamkorlari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan, “Aloqa Bank” va “AloqaVentures” kabi taʼsischi hamkorlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Ularning koʻmagi orqali biz biznesingizni rivojlantirishga yordam beradigan noyob tajribani taqdim etishga intilamiz.

📎 Arizalarni qabul qilish muddati: 30-sentyabrgacha. Hoziroq ariza topshiring: https://lnkd.in/dwPUfPTv

📊 Biznesingizni yangi bosqichga olib chiqish uchun bu noyob imkoniyatni qoʻldan boy bermang. “Plug and Play” akseleratsiya dasturining 3-bosqichida qatnashing va Oʻzbekiston innovatsion hamjamiyatining bir qismiga aylanib, jahon bozorlariga chiqish imkoniyatiga ega boʻling!

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM