Digital.uz
12.2K subscribers
19.9K photos
1.13K videos
1 file
6.91K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari

Новости Министерства цифровых технологий

Facebook: https://www.facebook.com/mininfocom/
Instagram: https://www.instagram.com/digital_uz_/
Youtube: https://www.youtube.com/@digitaluz
Download Telegram
🇺🇿🇰🇿IT korxonalar bilan hamkorlik o‘rnatish uchun Qozog‘iston Respublikasiga tashrif amalga oshirildi

➡️ Raqamli texnologiyalar vazirligi Samarqand viloyati hududiy shu’basi, Samarqand viloyati hokimligi hamda IT Park vakillarining Qozog‘iston Respublikasining Olmaota va Ostona shaharlariga tashrifi amalga oshirildi.

➡️Tashrifning dastlabki kunida Olmaota shahrida faoliyat olib borayotgan IT-eksport faoliyatini amalga oshiruvchi “Rocket Firm Group” korxonasi hamda 20 dan ziyod IT korxonalarning assotsiatsiyasi hisoblangan “Интернет Ассоциация Казахстана” rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga Samarqand viloyatida faoliyatlarini kengaytirishlari hamda IT-eksport xizmatlarini ko‘rsatishlari bo‘yicha taklif berildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/19229/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IT sohasida yuqori daromad topish va yaxshi kompaniyada ishlash uchun xalqaro IT sertifikatga ega bo'lish muhim rol o'ynaydi.

“Coursera”ning Global Skills (ko'nikmalar) hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston mehnat bozori uchun zaruriy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga eng ko'p sarmoya kiritayotgan mamlakat etib belgilangan - batafsil ma'lumot shu yerda.


🚀Bugungi kunda, "Coursera" platfromasining 1,4 million O‘zbekistonlik tinglovchisi bo‘lib, uning 50 foizini ayollar tashkil etadi.

👨‍💻Foydalanuvchilarning 90 foiz o'quvchi va talabalar ulushiga to'g'ri keladi.

🔼2024-yilda platformaning professional IT-sertifikat kurslarida o‘qish ko‘rsatikichi 206 foizga oshgan.

🔗TOP Professional sertifikatlar:
- Data Analytics;
- Cybersecurity;
- Project Management;
- Digital Marketing & E-commerce
- UX Design

❗️Eslatib o‘tamiz, agar Sizda B2 va undan yuqori chet tili sertifikatingiz bo'lsa, Xalqaro darajadagi professional IT-sertifikat uchun o'qish hamda sertifikat olish xarajatlaringiz to'liq 100% miqdori davlat tomonidan qoplanadi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Тўртинчи йўналиш – хизматлар соҳасига янги туртки бериш.

Ўзбекистонда банд аҳолининг 52 фоизи хизматлар соҳасида ишлаяпти. Ишлаб турган корхоналарнинг 68 фоизи ҳам хизматлар соҳасига тўғри келади.

Лекин, соҳада банд бўлганларнинг атиги 4 фоизи юқори қўшилган қиймат берадиган йўналишда фаолият юритаяпти. Шу боис, хизматларда, аввало, IT соҳасини ривожлантиришга алоҳида эътибор қаратилади.

Етти йил олдин нолдан бошланган бу соҳа 1 миллиард долларлик экспорт қилиш салоҳиятига эга бўлди, ҳар бир ҳудудда экспортга йўналтирилган IT парклар ташкил қилинди.

Энди, барча соҳада сунъий интеллект технологиялари кенг жорий қилинади. IT паркда сунъий интеллект маркази очилади.

Бу йўналишда янги лойиҳаларни амалга ошириш учун барча шароитлар яратилади. Лойиҳаларни молиялаштириш учун 50 миллион доллар ажратилади.

Facebook|Instagram|X
Тадбиркорликни дастлабки босқичда – стартап лойиҳаларни қўллаб-қувватлаш экотизими яратилади.

Жорий йил стартапларга илк бор 134 миллион доллар инвестиция кириб келди. Бу соҳада фаолиятини нолдан бошлаб, айланмасини 10 миллион доллардан оширган 50 дан зиёд маҳаллий компания пайдо бўлди.

Шу боис, стартапларни “оёққа турғазиш” учун венчур жамғармалар фаолияти йўлга қўйилади. Бунинг учун IT парк ҳам 10 миллион долларлик жамғарма ташкил қилади.

Шунингдек, стартап хориждан олиб келган ҳар 1 доллар инвестициясига давлат ҳам 1 доллар ресурс беради. Стартап ишланмаларини патентлаш ва савдо белгиларини рўйхатдан ўтказиш каби харажатларни давлат қоплаб беради.

Умуман, бу соҳага 50 миллион доллар йўналтирилади.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌐 17—20-sentabr kunlari axborot va kommunikatsiya texnologiyalar sohasidagi eng yirik tadbir — “ICT Week 2024” 💻 bo‘lib o‘tadi.

⚜️“ICT Week”ning asosiy maqsadi — zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning so‘nggi yutuqlarini namoyish etish va tajriba almashish uchun platforma yaratishdir.


Shuningdek, bu tadbir O‘zbekiston IT bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligini taqdim etish uchun ajoyib imkoniyat.

Tadbirga qiziquvchi barcha kishilar va kompaniyalarni ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qilamiz.

📝Tadbir dasturi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://www.ictweek.uz/ru

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌐 The largest event in the field of information and communication technologies – "ICT Week 2024" 💻- will take place on September 17-20.

⚜️The main objective of "ICT Week" is to showcase the latest achievements in modern technologies and innovations, and to create a platform for exchanging experiences.


This event also presents an excellent opportunity to demonstrate the attractiveness of Uzbekistan's IT market to foreign investors.

We invite all interested individuals and companies to participate in this exhibition.

📝 You can view the event program through this link: https://www.ictweek.uz/ru

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛰“O’zbekkosmos” Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda!

Ma’lumki, “O’zbekkosmos” agentligi o’z faoliyati davomida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirib kelmoqda.

Xususan, Xitoy elektron texnologiyalar guruhi so’zimizga isbotdir. Ular bilan dastlabki uchrashuv joriy yilning yanvar oyida bo'lib o’tgan bo’lsa, navbatdagisi 16 – avgust kuni tashkil etildi. Unda “O’zbekkosmos” agentligi rahbariyati va Xitoy kompaniyasi Boshqaruv raisi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etishdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/19303/



🛰“Узбеккосмос” укрепляет партнерство с китайской компанией

Как известно, агентство “Узбеккосмос” в ходе своей деятельности развивает отношения международного сотрудничества.

В частности, китайская группа электронных технологий является доказательством вышесказанных слов. Первая встреча с ними прошла в январе текущего года, а следующая была организована 16 августа.

Подробно: 👉 https://digital.uz/ru/news/view/19303/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Nogironligi boʻlgan fuqarolar uchun onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirilmoqda

🌐 Oʻzbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi koʻmagida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan Milliy standartlar muhokamasi oʻtkazildi. Yangi standartlar jamiyatning barcha aʼzolari uchun, xususan, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun teng huquqli va qulay muhitni taʼminlashga qaratilgan.

💻 Muhokama qilingan standartlar nogironligi boʻlgan shaxslarning davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishda duch keladigan toʻsiqlarni bartaraf etishga yanada yordam beradi.

🧑‍💻 Tadbirda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, “my.gov.uz portalida inklyuzivlik va raqamli sharoitlarni taʼminlash strategiyasi” yuzasidan taqdimot qildilar. Bu esa nogironligi boʻlgan fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlarning bir qismi sifatida qayd etildi.

❗️Mazkur tadbir Oʻzbekistonning barcha fuqarolar uchun, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ham qulay va inklyuziv jamiyat qurish yoʻlidagi yana bir muhim qadamidir.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐Xalqaro hamkorlik uchrashuvi

⚡️“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” rahbar xodimlari, Xitoy Xalq Respublikasining CAICT akademiyasi hamda Huawei O‘zbekiston vakolatxonasi yordamida mamlakatimizda YaIM da raqamli iqtisodiyot ulushini hisoblash bo‘yicha mavjud metodologiyani takomillashtirish yuzasidan vazirlik va qo‘mitalarda uchrashuvlar o‘tkazildi.

🔺Ushbu uchrashuvlarda iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish darajasi o‘rganildi, ekspertlar tomonidan soha rivoji uchun kerakli ma'lumotlar to‘plandi va joriy yil yakuni bo‘yicha raqamli iqtisodiyotning YaIM dagi ulushining ta'siri va darajasi joriy yilning yakuniga qadar boshlang‘ich ko‘rsatkichlar chop etilishi belgilab o‘tildi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM