Digital.uz
12.7K subscribers
15.9K photos
946 videos
1 file
5.77K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
TATU Urganch filialida Vazir va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Uchrashuv avvalida vazir mamlakatimizda yoshlarga IT sohasida yaratib berilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, bugungi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida IT yo‘nalishidagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori ekanligi ta’kidlanib, 2030-yilgacha mamlakatmizning IT xizmatlari eksportini 5 mlrd dollariga yetkazish rejalashtirilgani, buning uchun 300 ming nafar malakali kadrlar kerakligi aytib o‘tildi.

Buning uchun zarur bo‘ladigan kadrlar chet tilini mukammal bilishi va kamida B2 darajasiga ega bo‘lishi lozimligi, turli dasturlash yo‘nalishlarida xalqaro IT sertifikatga ega bo‘lishlari kerakligi alohida ta’kidlandi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/6675/

#digital
#tatu
#urganch

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Jahon mobil kongressida Nokia kompaniyasining zamonaviy ishlanmalari bilan tanishildi

🟢Raqamli texnologiyalar vazirligidan iborat delegatsiya Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “MWC Barcelona – 2024” Jahon mobil kongressi doirasida Nokia kompaniyasining ko‘rgazmasida yangi zamonaviy stendlar bilan tanishdi.

🔵Ko‘rgazmada kompaniyaning shaharlararo va shahar ichidagi telekommunikatsiya transport tarmog‘i texnologiyalari, aqlli uy, aqlli shahar texnologiyalarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash va boshqa bir qator texnologiyalari ko‘zdan kechirildi.

🔵Shuningdek, Nokia kompaniyasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda telekommunikatsiya sohasidagi loyihalar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/6699/

#digital
#barcelona
#nokia

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Vazir Urganch shahridagi “Diz Max Project” MCHJ faoliyati bilan tanishdi

Ushbu korxona hozirda 3D modellashtirish, interer dizayn va arxitektura loyihalarini AQSH va boshqa davlatlarga eksport qilish bilan shug‘ullanadi.

Korxona tomonidan yoshlarni IT sohasida o‘qitish va malakasini oshirish orqali shu joyning o‘zida ish bilan ta’minlab, yoshlarni xalqaro bozorga yo‘naltirish ishlari olib boriladi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/6700/

#digital
#xorazm

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM