Digital.uz
11.3K subscribers
15K photos
913 videos
1 file
5.54K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Raqamlashtirish vaziri Xorazmdagi “Beyond CO” MCHJ faoliyati bilan tanishish davomida yoshlarni yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlashda o‘z tavsiyalarini berdi

Korxona hozirda IT/BPO xizmatlar eksportini amalga oshirib keladi. Mazkur korxona autsorsing yo‘nalishida 3 ta faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

Jumladan, ma’lumotlarni kiritish, boshqarish hamda qayta ishlash, inson resurslari funksiyalari muvofiqligini ta’minlash, moliya va buxgalteriya hisobi tahlilini olib borish kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/6627/

#digital
#xorazm

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Sun’iy intellekt yordamida mijozlarga xizmat ko‘rsatishni to‘liq avtomatlashtiruvchi loyiha bilan tanishing!

Xabaringiz bor, “President Tech Award” tanlovi o‘tkazilib, unda turli xil yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlangan edi va unda sun’iy intellekt texnologiyalari yo‘nalishida 2-o‘rinni egallagan “Docum.ai” loyihasi ham bor.

Raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu loyihani tanishtirish maqsadida jamoa a’zolari bilan suhbat tashkil qildi.

Suhbat davomida “Docum.ai” loyihasining yaratilishi, uning maqsad va vazifalari, O‘zbekistonda startaplar uchun imkoniyatlar haqida so‘z boradi.

📹 To‘liq videoni YouTubeda tomosha qiling: https://youtu.be/93D_tK_KqNg

#digital
#president_tech_award
#docum_ai

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IT sohasidagi ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tadbirda ishtirok eting!

Xabaringiz bor, “ICTWeek Uzbekistan – 2023” tadbiri doirasida ayollarga bag‘ishlangan “Empowering Women in IT: Leading the Digital Revolution” tadbiri o‘tkazilgan edi va unda Fransiyaning “Women In Tech” loyihasiga start berilgan edi.

Endilikda “Women in Tech Uzbekistan”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ochilish marosimida “Women in Tech” asoschisi Ayumi Mur Aoki, Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari va boshqa mehmonlar ishtirok etadi.

📌 Tadbir dasturiga quyidagilar kiradi:

Mutaxassislar chiqishlari;
Texnologiya sohasida ayollarning maqsad va vazifalari haqida taqdimot;
Madaniy dastur;
Soha vakillari bilan fikr almashish imkoniyatlari.

📅 Sana: Shanba, 2024-yil 2-mart
Vaqt: 11:00
📌 Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligining Kongress zali.

Tadbirda ishtirok etish bepul, lekin oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Joylar soni chegaralangan.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://t.iss.one/womenintechuz_bot

🗣 Eslatib o'tamiz, tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligining Facebook va YouTube sahifalari orqali jonli efirga uzatiladi.

#digital
#womenintech

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔 Vazir boshchiligida Xonqa tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul tashkil etildi

Unda 100 nafardan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, tadbir davomida IT ta’lim, IT rezidentlar faoliyatini rivojlantirish va qо‘llab-quvvatlash, telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish masalalarida murojaatlar hamda AKT texnologiyalari xizmatlari sifatini oshirish bо‘yicha takliflar bildirildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/6652/

#digital
#xorazm
#sayyor_qabul

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇷 Janubiy Koreya kompaniyalari bilan IT taʼlimni rivojlantirish sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vazirligida “Korea Software Industry” assotsiatsiyasi raisi Chong Ok-Rae boshchiligidagi Koreya Respublikasining IT kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiyasi bilan IT taʼlimni rivojlantirish sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish hamda IT kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/6656/

#digital
#hamkorlik

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TATU Urganch filialida Vazir va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

Uchrashuv avvalida vazir mamlakatimizda yoshlarga IT sohasida yaratib berilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, bugungi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida IT yo‘nalishidagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori ekanligi ta’kidlanib, 2030-yilgacha mamlakatmizning IT xizmatlari eksportini 5 mlrd dollariga yetkazish rejalashtirilgani, buning uchun 300 ming nafar malakali kadrlar kerakligi aytib o‘tildi.

Buning uchun zarur bo‘ladigan kadrlar chet tilini mukammal bilishi va kamida B2 darajasiga ega bo‘lishi lozimligi, turli dasturlash yo‘nalishlarida xalqaro IT sertifikatga ega bo‘lishlari kerakligi alohida ta’kidlandi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/6675/

#digital
#tatu
#urganch

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM