Digital.uz
12.8K subscribers
16.1K photos
953 videos
1 file
5.81K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Germaniya, Kanada, Koreya, Yaponiyadan ishchilarga buyurtma bor, nomzodlar uchun asosiy talab, bu – til bilish. Lekin Andijonda chet tilini yaxshi biladigan 1,5 mingga yaqin yoshlar bor, xolos.

Shu munosabat bilan xorijdagi ish beruvchilar talabi asosida 5 ming yoshlarni davlat va xususiy markazlarda kasb va tilga o‘qitish, 1 ming nafar o‘rta tibbiyot xodimini Germaniyaga maqsadli tayyorlash muhimligi qayd etildi.

Iqtisodiyot va moliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklariga chet tili sertifikati olgan yoshlarga o‘qish xarajatini 50 foizgacha qoplashni yo‘lga qo‘yish, nemis va fransuz tili bo‘yicha B-2 sertifikatini olgan har bir o‘quvchi uchun xususiy o‘quv markazlarini subsidiyalash tartibini joriy etish topshirildi.

Raqamlashtirish vazirligiga viloyat IT eksportini 50 million dollarga yetkazib, kamida 1 ming nafar dasturchiga xalqaro bozorga chiqishga ko‘maklashish vazifasi qo‘yildi.

#digital

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Amity universiteti prezidenti bilan IT ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik loyihalari muhokama qilindi

Uchrashuv chog‘ida Amity universiteti prezidenti Atul Chauxan tomonidan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi kundagi holati bo‘yicha ma’lumot berildi.

Jumladan, 2019 – 2023-yillar davomida Toshkent shahridagi Amiti universiteti faoliyati va universitet tomonidan IT ta’lim sohasidagi erishilgan natijalar aytib o‘tildi, ushbu yutuqlarni yangi ta’lim dasturlarini ishga tushurish va 2024-yilda talabalar sonini oshirish orqali yanada mustahkamlashga qiziqish bildirildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/6013/

#digital
#amity

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️

Bugun 17-fevral soat 11:00 da Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida IT ta’lim sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga bag'ishlangan forum bo‘lib o‘tadi.

Forumda 2024-yil IT ta'lim sohasida amalga oshiriladigan islohotlar, xususiy sektorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va yangi istiqbolli loyihalar haqida ma’lumotlar taqdim qilinadi.

Tadbirni quyidagi havolalar orqali Jonli efirda kuzatib boring:

📹 Youtube: https://www.youtube.com/live/LSQmwJBJAp0?si=Z-mQCd0W83SQf2CL

™️ Facebook: https://m.facebook.com/events/2156882074644635?

#digital
#forum

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 Dubay xalqaro moliya markazi bosh direktori bilan hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya Dubay xalqaro moliya markazi (DIFC) bosh direktori Arif Amiri va “DIFC” innovatsion markazi direktori Muhammad Alblushi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“DIFC” Yaqin Sharq, Afrika va Janubiy Osiyo (MEASA) mintaqasidagi yetakchi global moliyaviy markaz hisoblanadi. Tashkilot MEASA mintaqasida savdo va investitsiya oqimini rivojlantirish bo‘yicha qariyb 20 yillik tajribaga ega.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/6026/

#digital
#hamkorlik

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“IT ta’lim sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida respublika forumi o‘tkazildi

🔴 Joriy yilning 17-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida “IT ta’lim sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida forum o‘tkazildi. IT ta'lim respublika Forumi 2024-yil va kelgusida yuqori malakali IT mutaxasssislarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, yoshlar va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlandi.

🟢 Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, IT-ta’limni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilab berilgan vazifalar va qarorlar ijrosini ta’minlashda borasida IT ta’lim sohasida xususiy sektornning ahamiyati va ular bilan kengroq hamkorlikda ishlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/6028/

🎬 Forumni to‘liq ko'rish uchun: https://www.youtube.com/watch?v=LSQmwJBJAp0

#digital
#forum

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM