Digital.uz
12.1K subscribers
15.7K photos
938 videos
1 file
5.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
⚡️Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari kengaytirildi

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 698-son qarori bilan “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, IT Park rezidentlariga quyidagi faoliyat turlarini ko‘rsatishga ruxsat etildi:

– Multimedia va dizayn sohasida xizmat ko‘rsatish;
– Dasturiy ta’minotdan foydalangan holda multiplikatsiya mahsulotlarini ishlab chiqarish;
– Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni venchur moliyalashtirish hamda akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish faoliyati;
– Kibersport sohasida xizmat ko‘rsatish.

🟠Shu bilan birga, IT Park rezidentlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini kengaytirilishi munosabati bilan IT Park rezidenti maqomini olish va undan mahrum qilishning qo‘shimcha asoslarini belgilandi.

#digital
#qaror

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 Yana bir yangi xizmat

📱 My.gov.uz portalida “Sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumotnoma berish” xizmati ishga tushirildi.

💁🏻‍♂️ Xizmatdan foydalanish uchun 3 ta qadam:

My.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish;
“Ma'lumotnomalar” boʻlimidan tegishli xizmatni tanlash;
Kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, ariza yoʻllash kifoya.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul va qulay! Hech qanday byurokratik toʻsiqlar yoʻq!

Ma'lumotnoma 5 ish kunida taqdim etiladi.

Ushbu ma'lumotnoma sug'urta tashkilotlari yoki boshqa idoralar uchun mulkingizda sodir bo'lgan yong'in to'g'risida axborot beruvchi zaruriy hujjatdir.

#digital
#mygovuz

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Hurmatli foydalanuvchilar!

📱 2024-yilning ilk kunlarida biz sizlarga mamnuniyat bilan my.gov.uz orqali (YIDXP) koʻrsatilayotgan xizmatlar soni 570 tadan oshganini maʼlum qilamiz.

💻 Maʼlumki, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining asosiy maqsadi – yurtimizda biznes muhitini yaxshilash, byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish va davlat boshqaruvi, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari hamda hududlarni raqamli transformatsiya qilishdan iboratdir.

Shuningdek, biz aholining talab va istaklarini inobatga olgan holda, ularga davlat xizmatlarini koʻrsatishda maksimal qulaylikni taʼminlashga intilamiz.

📈 Davlatimiz rahbarining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori doirasida 2023-yil yakunigacha Yagona portal orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar sonini 570 taga yetkazish maqsad qilingan edi.

🆕 Bugun biz ushbu natijaga erishganimizni faxr bilan tilga olamiz. 2023-yil davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 205 ta yangi xizmatlar joriy qilinib, jami xizmatlar soni 575 taga yetdi.

#digital
#mygov

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Уважаемые пользователи!

📱 В первые дни 2024 года мы рады сообщить вам, что количество услуг, оказываемых через my.gov.uz (ЕПИГУ), превысило 570.

💻 Известно, что основной целью Центра управления проектами цифрового правительства является улучшение бизнес-среды в нашей стране, сокращение бюрократических процедур и цифровая трансформация государственного управления, реального сектора экономики и регионов.

Также, учитывая запросы и пожелания населения, мы стремимся обеспечить им максимальное удобство в предоставлении государственных услуг.

📈В рамках постановления главы нашего государства «О мерах по расширению охвата и повышения качества цифровых услуг, а также цифровой трансформации сфер, отраслей и регионов» была поставлена цель до конца 2023 года увеличить количество оказываемых услуг на Едином портале до 570.

🆕 Сегодня мы с гордостью сообщаем, что достигли этого результата. За 2023 год на Едином портале интерактивных государственных услуг было внедрено 205 новых услуг, а общее количество услуг достигло 575.

#digital
#mygov

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥MUHIM YANGILIK

📄OAK tomonidan 29.12.2023-yilda “RAQAMLI IQTISODIYOT” ilmiy-elektron jurnali 08.00.00 – “Iqtisodiyot fanlari” tarmoqlari bo‘yicha tan olingan milliy ilmiy jurnallar sirasiga kiritildi.

📣Shuningdek, jurnalning 6-soni uchun qabul boshlangani va maqolalaringizni topshirishingiz mumkinligini eslatib o'tamiz.

🟠Raqamli iqtisodiyot
🟠Elektron tijorat
🟠Logistika
🟠Elektron hukumat
🟠Sunʼiy intellekt
🟠BigData, Fintech, MedTech va raqamli iqtisodiyotga oid boshqa mavzular bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.

📑 OAV raqami: №0237

📘 ISSN: 2181-4430

🌐 Jurnal sayti: www.infocom.uz
📱Telegram kanal: Digital Economy

Jurnal xalqaro indeksatsiyasi:
ResearchBib
Advanced Science Index
SLIB.UZ

💵 Narxi: HOZIRDA BEPUL 🆓

📎Qabul tili: 🇺🇿 o'zbek, 🇷🇺 rus, 🇬🇧 ingliz va qoraqalpoq tillarida.

📆 Maqolalar 2024-yil 20-martga qadar qabul qilinadi.

📑 Maqola rasmiylashtirish talablari: Talablar

Murojaat uchun:
Telefon: +998 55 501-03-02
Telegram: @DiEconomy
E-mail: [email protected]

#digital
#jurnal

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prokuratura organlari xodimlarini bayram bilan muborakbod etamiz

Raqamli texnologiyalar vazirligi 8-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaydi.

Bugun prokuratura organlari xodimlari zimmalariga yuklatilgan har qanday vazifani bajarishga sadoqat va yuksak mas'uliyat bilan yondashmoqda.

Xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mana shunday mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

#digital
#muhim_sana

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
📊 O‘zbekistonda IT-biznesni rivojlantirish, IT-xizmatlar eksportini oshirish va xorijiy kompaniyalarni jalb qilish uchun optimal sharoitlar yaratilmoqda. Bularga soliq imtiyozlari va davlat tomonidan faol qoʻllab-quvvatlash shular jumlasidan. Xususan, IT Park Uzbekistan kompaniyalarga yordam bermoqda. U sohani ragʻbatlantirishga koʻmaklashadigan bir qator dasturlarni taklif qiladi.

Sizga ushbu dasturlar nima ekanligi, ularda kimlar ishtirok etishi mumkinligi va nima uchun IT-tadbirkorlar uchun foydali ekanligini kartochkalarda aytib beramiz.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/4730/

#digital
#IT_park

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 В Узбекистане создаются оптимальные условия для развития IT-бизнеса, роста экспорта IT-услуг и привлечения иностранных компаний. Они включают в себя налоговые привилегии и активную поддержку со стороны государства. В частности, компаниям помогает IT Park, который предлагает ряд программ, способствующих стимулированию индустрии.

Рассказываем в карточках, что это за программы, кто может стать их участником и почему это выгодно для IT-предпринимателей.

Подробно: 👉 https://digital.uz/ru/news/view/4730/

#digital
#IT_park

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🪪 Avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma olish my.gov.uz orqali ancha arzon va qulay

🚘 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) “Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma (sotish, boshqa davlatga olib chiqib ketish huquqisiz) berish” xizmatidan onlayn foydalanish mumkin.

❗️Shu kungacha ushbu xizmatdan 1,5 mln. marotaba foydalanilgan.

📱 Siz ham elektron ishonchnomani masofadan turib, yana 10% chegirma bilan arzon narxda olishni istasangiz:

💬 my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtib;
💬 tegishli xizmatni tanlang;
💬 kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, ariza yoʻllang.

💰 Shunda sizga:
3-yilgacha bo'lgan ishonchnoma
Yagona portal orqali - 612000 so'm (1.8 BHM)
1 oygacha bo'lgan ishonchnoma
Yagona portal orqali - 61200 so'm (0.18 BHM)
6 oygacha bo'lgan ishonchnoma
Yagona portal orqali - 306000 so'm (0.9 BHM)ga tushadi.

#digital
#mygov

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM