Digital.uz
11.7K subscribers
15.6K photos
934 videos
1 file
5.7K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
O‘zbekistonning BPO va IT-autsorsing salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida AQSHdagi IT va BPO korxonalar bilan davra suhbati tashkil etildi

Ushbu tadbir davomida “Cognizant”, “Sutherland”, “World Connection”, “GlobalNowIT”, “Alorica”, “Protel BPO”, “CIVA Technologies”, “iBridge Czech”, “Numeric Technologies, Inc”, “GlowTouch Technologies”, “Improving”, “Prudent Consulting” kabi 25 ta IT va BPO korxonalarni boshqarayotgan raxbarlar bilan fikrlar almashildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2712/

#digital
#bpo
#AQSH

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Toshkentda “Central Asia Peering and Interconnection (CAPIF 2)” forumi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 19-20-sentabr kunlari Toshkent shahrida “Central Asia Peering and Interconnection (CAPIF 2)” forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum Raqamli texnologiyalar vazirligi, “O‘zbektelekom” AK, shuningdek, Toshkent shahridagi INHA universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, u Markaziy Osiyo, Eron va qo‘shni davlatlar Internet tarmog‘ining rivojlanishida mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2713/

#digital
#forum

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Vashingtonda AQSh – Oʻzbekiston biznes forumi doirasida bir qator IT kompaniyalar vakillari bilan hamkorlik masalalari bo'yicha uchrashuvlar o'tkazildi

Ushbu uchrashuvlarda bir qator natijalarga erishildi:

▪️Stirling jamg'armasi ko'magida Utah shtati hamda O‘zbekistondagi IT kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik aloqa o‘rnatish va moliyalashtirish;
▪️ DFC korporatsiyasi tomonidan yirik mahalliy xususiy IT kompaniyalarni moliyalashtirish yangi mehanizmlarini yo'lga qo'yish;
▪️ John Deere hamda GE Healthcare korporatsiyalari o'z IT xizmatlar exportini O'zbekistonda yo'lga qo'yish va tegishli sohalarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda ko'maklashish masalalari muhokama etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2714/

#digital
#IT_education
#AQSH

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter