Digital.uz
11.5K subscribers
15.1K photos
915 videos
1 file
5.57K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Xalqaro informatika olimpiadasi sovrindorlari bilan kelgusi olimpiadalarga yanada yaxshiroq tayyorgarlik qilish bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi

Iqtidorli o‘zbekistonlik o‘quvchilar Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida O‘zbekiston tarixida ilk bor g‘alaba qozonib, 2 ta bronza va sharafli ishtirok (Honourable mention) diplomiga sazovor bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, 2026-yilda O‘zbekistonda ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2478/

#digital
#olimpiada

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi

Raqamli texnologiyalar vazirligida vazirlik markaziy apparati, boshqarma, bo‘lim va hududiy sho‘balari, shuningdek, tizimdagi korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2489/

#digital
#konstitutsiya

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
🇶🇦 Qatarga "Seeds for the future" Xalqaro IT musobaqada qatnashish uchun jo‘nab ketgan 15 nafar talabalarimiz yuqori natijaga erishdi.

G‘olib bo‘lgan 🇺🇿O‘zbekistonlik IT universitetlar talabalari endi akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun bugunning o‘zida🇦🇪Dubayga yo‘l olishadi.

Akseleratsiya dasturi yakunlari bo’yicha talabalarimiz 100 ming AQSh dollariga ega bo‘lishlari mumkin.

Talabalarimizga omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

#digital
#qatar

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Forwarded from Kiberxavfsizlik markazi
DIQQAT, TANLOV!

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Dastur doirasida 4-oktyabr kuni “Cyberkent” xalqaro o’quv amaliyoti bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan “Kiberxavfsizlik markazi” mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar uchun saralash bosqichini e’lon qiladi!

Shuningdek, jamoaviy ishtirok etish uchun jami 5 kishi, shuningdek har bir guruhdan kamida 3 ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Saralash bosqichi doirasida CTF bellashuvi orqali 10 jamoa tanlab olinadi.
Saralash bosqichi g‘oliblari sammit doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Cyberkent” yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

“Cyberkent” g‘oliblari esa quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
1-o‘rin – 50 000 000 so‘m
2-o‘rin – 30 000 000 so‘m
3-o‘rin – 10 000 000 so‘m

Batafsil ma’lumot: (55) 502-10-10
Veb-sayt: Cyberkent.uz
Telegram bot: https://t.iss.one/CyberKentSupBot

🌐 Website | Telegram | Facebook
Forwarded from Kiberxavfsizlik markazi
⚡️Ariza topshirishga ulgurmaganlar uchun qo‘shimcha tanlovlar ro‘yxatini e’lon qilamiz!
 
1. Hack terminal tanlovi. Mazkur bellashuvda bankomat tizimini buzib kirish va uni boshqargan holda ichidagi mablag‘ni yechish talab qilinadi. Shuningdek, bankomat turgan tarmoqqa ulanish imkoniyati tashkilotchilar tomonidan yaratib beriladi.

Ushbu tanlov go‘liblari uchun quyidagicha mukofotlar joriy qilingan:
1-o’rin uchun 6 mln so‘m
2-o’rin uchun 4 mln so‘m
3- o’rin uchun 2 mln so‘m
 
2. Hack SMART TV tanlovi. Bu galgi bellashuvda esa Hack Smart Tv tizimini buzib kirish hamda videolar o‘rnini almashtirib qoyish talab etiladi. Bunda ham TV turgan tarmoqqa ulanish imkoniyati tashkilotchilar tomonidan ta’minlanadi.
 
2-tanlov go‘liblari uchun quyidagi tartibda pul mukofotlari belgilangan:
1-o’rin uchun 6 mln so‘m
2-o’rin uchun 4 mln so‘m
3-o’rin uchun 2 mln so‘m
 
3. CTF tanlovi. Ro‘yxatimizning so‘nggi tanlovida qo‘yilgan masalalarni yechish talab etiladi.
 
CTF tanlov go‘liblari uchun quyidagi tartibda pul mukofotlari joriy qilingan:
1-o’rin uchun 6 mln so‘m
2-o’rin uchun 4 mln so‘m
3-o’rin uchun 2 mln so‘m

Batafsil ma’lumot: (55) 502 10-10
Veb-sayt: Cyberkent.uz
Telegram bot: https://t.iss.one/CyberKentSupBot

🌐 Website | Telegram | Facebook
⚡️Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi qobiliyatli analitiklarni ishga taklif etadi

Biz intellektual salohiyatga ega, turli sohalarni raqamlashtirish bo‘yicha yangicha takliflar bera oladigan, aholiga ko'rsatilayotgan elektron xizmatlarni yanada rivojlantirish borasida o‘ziga xos yondashuvi bor analitik (tahlilchi)larni izlayapmiz!

Buning uchun Sizdan:
– o‘zbek va rus tillarini bilish;
– dasturchilarga vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash tajribasi;
– monitoring qilish tizimlarida ishlash ko‘nikmasi;
– loyihalarni boshqarish asoslarini bilish;
– office paketlarida, MS Visio, MS Project bilan ishlash qobiliyati;
– muntazam ravishda xorij tajribasini o‘rganish, monitoringini olib borish va takliflar kiritish talab etiladi.

Bogʻlanish uchun pochta manzili: [email protected]
Telegram manzili: @mygovwork

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2501/

#digital
#mygov

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter