Digital.uz
12.5K subscribers
16.5K photos
958 videos
1 file
5.89K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Vazir IT va BPO-korxonalarni boshqarayotgan vatandoshlar bilan “Davra suhbati” oʻtkazdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Amerika Qoʻshma Shtatlariga xizmat safari doirasida Chikago shahrida Oʻzbekistonning IT-autsorsing salohiyatini targʻib qilish maqsadida, AQSHdagi IT kompaniyalar vakillari bilan davra suhbati oʻtkazdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2357/

#digital
#davra_suhbat

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Oʻzbekistonda IT sohasining investitsion jozibadorligi New Yorkning mashhur Times Square maydonida namoyish etildi.

Yurtimizda bugungi kunda IT sohasining investitsion jozibadorligi tufayli mahalliy va xalqaro investorlarni faol ravishda oʻziga jalb qilayotgani juda quvonarli.

Soʻnggi yillarda IT Park rezidentligini olib, soliq va boshqa preferensiyalardan samarali foydalanayotgan IT kompaniyalar soni 1500 dan ortdi, shundan 350 ta xalqaro IT kompaniya mamlakatimizda faoliyatini muvaffaqiyatli yuritishi natijasida bu yilgi IT xizmatlar eksport hajmi $300 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2030-yilga qadar IT xizmatlar eksport hajmini 5 mlrd. dollarga yetkazish, mamlakatimizda IT sohasiga xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro maydonda investitsion jozibadorlikni yanada oshirish sohamizning asosiy maqsadi va vazifasi etib belgilab berilgan.

AQShning dunyoga mashhur Nyu-York shahridagi Times Square maydonidagi billboard ekranida Oʻzbekistonning IT sohasining salohiyatini targʻib qiluvchi promo roliklar namoyish etildi.
Bunday targ'ibot tadbirlari albatta mamlakatimizning IT-salohiyatini yana bir bor xalqaro maydonda koʻrsatish va xorijiy investorlarni yurtimizga olib kelish uchun juda muhim hisoblanadi.


#digital
#times_square

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IT-ta’lim: Frilanserlik orqali daromad qilamiz!

Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi va IT-Park hamkorligida yoshlarni IT sohalariga jalb qilish va frilanserlikni rivojlantirish maqsadida IT-ta’lim yo‘nalishida videolar tayyorlab taqdim etishni boshlaydi.

IT-ta’lim rubrikasida frilans birjalarda to‘g‘ri ishlashni o‘rgatamiz va shu bilan birgalikda siz biz bilan daromadga chiqishingiz mumkin bo‘ladi.

📹 To‘liq videoni YouTube kanalimizda ko‘rishingiz mumkin: https://youtu.be/fAQ4RheIf6A

Frilanserlikka qiziquvchi yoshlarga videoni yuborishni unutmang!

#digital
#IT_talim

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
E’lon❗️

2023-2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining 1-kursiga talabalikka tavsiya etilganlar uchun “OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmati my.gov.uz portalida joriy etildi.

Mazkur xizmat bo'yicha vakolatli tashkilotlar elektron ma'lumotlar bazalariga 2023-2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining 1-kursiga o'qishga tavsiya etilganlar tog'risidagi zaruriy ma'lumotlar kiritilganidan keyin arizalarni yuborish imkoniyati yaratiladi.

Xizmat holati yuzasidan qo'shimcha axborot beriladi.

#digital
#mygovuz

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Объявление!

Услуга «Подача заявления на размещение в студенческом общежитии вузов» для рекомендованных к обучению на 1-м курсе государственных высших учебных заведений на 2023-2024 учебный год внедрена на портале my.gov.uz.

После внесения в электронные базы данных необходимой информации о рекомендуемых к обучению на 1-м курсе государственных высших учебных заведений на 2023-2024 учебный год уполномоченными организациями, будет предоставлена возможность направить заявку для получения услуги.

Дополнительная информация о статусе услуги будет предоставлена.

#digital
#mygovuz

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘qishga qabul qilingan talabalar diqqatiga!

🆕my.gov.uz portalida “OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmati ishga tushirildi!

📱2023-2024-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hoziroq my.gov.uz portali orqali oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalariga joylashish uchun onlayn ariza yuborishlari mumkin.

🗂Arizani ko‘rib chiqishda turli imtiyozlar va ustuvorliklar hisobga olinadi. Ushbu ro‘yxat bilan ariza to‘ldirish jarayonida tanishasiz.

💻 Shuningdek, imtiyozga ega bo‘lmagan talabalarga maxsus navbat raqami beriladi. Yotoqxonada bo‘sh o‘rinlar bo‘lsa, mazkur raqam asosida turar joy uchun yo‘llanma taqdim etiladi.

❗️Eslatib o‘tamiz!

📣 Joriy o‘quv yilida ushbu xizmatdan faqat 1-bosqich talabalari, keyingi o‘quv yilidan esa barcha talabalar foydalanishlari mumkin.

#digital
#mygovuz

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Вниманию поступивших студентов!

🆕На портале my.gov.uz запущена услуга «Подача заявления на размещение в студенческом общежитии для студентов 1 курса высшего образования»!

📱Абитуриенты, рекомендованные к зачислению в 2023-2024 учебный год, сейчас же могут подать онлайн-заявку на размещение в общежитиях высших учебных заведений через портал my.gov.uz.

😀При рассмотрении заявки учитываются различные преимущества и приоритеты. С их перечнем вы ознакомитесь в процессе подачи заявки.

⌨️ Студентам, не имеющим льгот, будет присвоен специальный номер очереди. При наличии свободных мест в общежитии на основании этого номера будет предоставлено направление на проживание.

Напоминаем!

📣 В текущем учебном году данной услугой смогут воспользоваться только студенты 1 курса, а со следующего учебного года – все студенты.

⚡️Вниманию поступивших студентов!

#digital
#mygovuz

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
Ўтган йили Ўзбекистоннинг АҚШга жами экспортининг ярмидан кўпи айнан АйТи хизматларига тўғри келди ва ушбу экспортни оширишдан нафақат Ўзбекистондаги балки АҚШда яшайдиган ватандошларимиз ҳам қўшимча даромад топишлари мумкин

7 йил аввал АҚШга энг катта экспортер айнан АйТи соҳаси бўлади деган гап айтилса, буни эси жойидами деб одамлар хайрон қолиши аниқ эди. Ҳозир эса Президентимиз томонларидан соҳага яратилган имкониятлар туфайли АҚШга сафаримиз натижаси сифатида кейинги йилга АҚШга экспортимизни яна 50 млн.долларга оширамиз деб қўрқмай ҳаракат қилаяпмиз. Албатта, бу ўзича бўладиган иш эмас ва бутун жамоамиздан катта меҳнат талаб қилади. АҚШ компаниялари билан тизимли ишлаб, тарғибот қилиб, тушунтириб боришимиз керак. Тил ва қонунчилик бошқа бўлганига кўпчилигининг қарор қабул қилиши секинроқ.

2022 йилда АҚШга товарлар ва хизматлар экспорти жами 124,5 млн. доллар, АКТ соҳаси экспорти 79 млн. доллар, яъни жами товарлар ва хизматларнинг 63 фоизи бўлган. Аслида АйТи хизматларини АҚШга экспорти ундан ҳам кўп, чунки расмий статистика орқали ўтмасдан масофавий хизматлар экспорти билан шуғулланаётганлар сони анчагина, шу жумладан фрилансерлар ҳам.

EPAM каби катта АҚШ аутсорсинг компанияларидан ташқари, АҚШдаги ўзимизни ватандошларимиз ҳам IT Parkда яратилган имкониятлардан фойдаланиб қўшимча даромад топишлари мумкин албатта. Шунинг учун АҚШда 100дан ортиқ ватандошлар иштирокидаги очиқ мулоқотда расман ишлаётган муваффақиятли экспортерларимиз ўзларининг тажрибалари билан бўлишдилар.

АҚШдаги ватандошлар учун асосий катта имконият бу айнан IT Park экспортерларига заказ топиш орқали ўзларининг даромадларини кўпайтиришдир. Чунки Ўзбекистонда фаолият кўрсатаётган компания учун энг қийин масала буюртма топиш. АҚШда узоқ йил яшаган ва кўп танишларга эга бўлган ватандошимизга эса бу анча осон. Шунга буюртма топган одам бемалол суммасини катта қисмини ўзида қолдириб, қолганини Ўзбекистонга аутсорс қилса бўлади ва жуда яхши даромадга эга бўлади. Ушбу имкониятдан фойдаланинг! Батафсил: centralasia.tech
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi bilan birgalikda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokamasiga bag‘ishlagan ochiq muloqot tashkil etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2416/

#digital
#elektron_tijorat

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter