Digital.uz
12.2K subscribers
15.7K photos
938 videos
1 file
5.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Koreya Respublikasining Yongnam universitetiga tashrif buyurdi

Tashrifi davomida TATU va Yongnam universiteti o‘rtasida “Information and Communication Engineering” va “Computer Engineering” yo‘nalishlarida qo’shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

➡️ Kelgusida ushbu ta’lim dasturida o’qiydigan talabalar dastlabki 2 yilni TATUda va qolgan 2 yilni esa Koreyaning Yongnam universitetida davom ettiradilar. Qo’shma ta’lim dasturini tamomlagandan so’ng ularga ikkita xalqaro darajadagi diplom beriladi.

Mazkur qo’shma ta’lim dasturi 2023-yil oktabr oyidan boshlanishi kelishib olindi. Abituriyentlar uchun ta’lim dasturiga oid barcha ma’lumotlar (kirish imtixonlari, talab etiladigan xujjatlar) rasmiy veb saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali e’lon qilinadi.

📄 Ma’lumot uchun: Yongnam universiteti Koreya Respublikasining yetakchi Oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Xususan, Koreya universitetlari o‘rtasida 16-o‘rinda, xalqaro QS hamda THE reytinglarda esa TOP 800 o’rinda qayd etilgan.

#digital
#TATU

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish my.gov.uz orqali amalga oshiriladi

Hukumat qarori (376–son, 14.08.2023-y.) bilan Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga koʻra:

🔹 davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2323/

#digital
#mygovuz

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv Memorandumi imzolandi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Amerika Qo‘shma Shtatlariga xizmat safari doirasida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Siyosat va dasturlar bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari Izobel Koulman bilan uchrashdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2332/

#digital
#usaid
#aqsh

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Amerika va O‘zbekiston vakillari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi

Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi (AUCC) ijrochi direktori Yelena Son va mamlakatimizning AQSHdagi elchixonasi bilan hamkorlikda AQSH Hukumati vakillari va IT-kompaniyalari rahbarlari uchun “Davra suhbati” oʻtkazildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2334/

#digital
#suhbat

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
🎓 Xalqaro IT-sertifikatiga ega bo'lib, unga sarflangan xarajatlarning 50% gacha qismini qaytarib olishni xohlaysizmi? Unda bu dastur aynan siz uchun!

Dasturdan foydalanish uchun 14 yoshdan 31 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishingiz, my.gov.uz portalida onlayn ariza toʻldirishingiz va kerakli hujjatlarni ilova qilishingiz lozim.

Qoplab beriladigan xalqaro IT-sertifikatlari roʻyxati bilan it-istedod.uz saytida tanishishingiz mumkin.

📞 +(998) 71 209 11 99
_____

🎓 Хотите получить международный IT-сертификат и вернуть до 50% потраченных на него денег? Тогда эта программа для вас!

Чтобы стать участником программы, вы должны быть гражданином Узбекистана в возрасте от 14 до 31 года, заполнить онлайн-заявку на портале my.gov.uz и прикрепить необходимые документы.

Перечень международных IT-сертификатов, участие в которых может быть компенсировано, можно посмотреть на сайте it-istedod.uz.

📞 +(998) 71 209 11 99

#digital
#IT_sertifikat

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UNDESA va Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida mahalliy onlayn xizmatlar indeksi (LOSI) baholashini o‘tkazish bo‘yicha Anglashuv Memorandumi imzolandi

Raqamli texnologiyalar vaziri AQSHda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UNDESA) Raqamli hukumat bo‘limi rahbari Vinchenso Akuaro bilan uchrashdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2342/

#digital
#undesa
#aqsh

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter