Digital.uz
11.5K subscribers
15.6K photos
933 videos
1 file
5.69K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
😄Yaponiyaning “CAL Co., Ltd” prezidenti bilan informatsion texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Yaponiyaning “CAL Co., Ltd” prezidenti Maeda Akira va “Kompyuterlashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik Markazi” bosh menejeri Kotaro Okada bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2187/

#digital
#uchrashuv
#hamkorlik

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻O‘zbekiston IT eksportida yangi rekord – ilk bor 3 oy ichida 57 mln dollarlik IT xizmatlar eksporti amalga oshirildi

“O‘zbekiston 24”
telekanalining “Ko‘z o‘ngimizda” nomli ko‘rsatuvi orqali bu haqda batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ling.

#uz24
#IT_eksport

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat organlari va elektron tijorat subyektlari o‘rtasida sohani rivojlantirish mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 25-iyul kuni Raqamli texnologiyalar vazirligining tashabbusi bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligida O‘zbekiston elektron tijorat bozorining yirik ishtirokchilari Uzum market, Zoodmall Uzbekistan va Wildberries Uzbekistan vakillari bilan ochiq davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2200/

#digital
#elektron_tijorat
#ochiq_muloqot

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Forwarded from Sherzod Shermatov
IT Park резидентлари томонидан 2023 йил биринчи ярмида 145 миллион доллардан ортиқ, яъни 2022 тўлиқ йилдагидан кўра кўп экспорт амалга оширилди, биринчи чоракда 2021 йилдаги тўлиқ кўрсаткичдан кўра кўпроқ бўлган эди.

Бу эса Президентимиз томонларидан Ўзбекистонни АйТи хабга айлантириш бўйича узоқни кўзлаб қўйилган мақсаднинг қанчалик тўғри эканлигидан далолатдир.

Яқинда бўлиб ўтган Digital Leadership Forumга дунёнинг турли давлатларидан келган етакчилар Ўзбекистонда яратилган шароитлар сақлаб қолинса ва муҳокама қилинган янги таклифлар амалга ошса 2030 йилга келиб бир йиллик экспортни 5 миллиард долларга чиқаришга тўлиқ имконият борлигини ҳамда бунинг учун Ўзбекистонни аутсорсинг маркази сифатида кўпроқ иқтисодий ривожланган мамлакатларда тарғиб қилиш зарурлигини таъкидлашди.

Фақатгина ёшларимиз кўпроқ ўз устиларида ишлаб, чет тиллари ва халқаро бозорда масофадан хизмат кўрсатишга талаб юқори бўлган (нафақат АйТи, балки BPO сифатида масофадан хизмат кўрсатадиган бошқа жуда кўплаб) касбларни ўрганишлари керак бўлади. Шунда улар ўз оилалари билан ўз юртларида яшаб, масофавий хизматлари орқали юқори даромад топадиган бўладилар.
“Moliyaviy erkinlik sari: frilanserlik va elektron tijorat – bu kelajak kasbi forumi” o‘tkaziladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi, Yoshlar ishlar agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida “Moliyaviy erkinlik sari: frilanserlik va elektron tijorat – bu kelajak kasbi forumi” tashkil etilmoqda.

Ushbu forumdan asosiy maqsad – moliyaviy mustaqillikka erishishda yordam berish, elektron tijorat orqali yangi marralar va tadbirkorlik imkoniyatlarini kashf qilish, frilansing orqali pul ishlashning qo‘shimcha usullarini o‘rgatishdir.

Forum 28-iyul Juma kuni, Jizzax viloyati, Jizzax shahri "Yoshlar innovatsion markazi"da soat 14:30 da boshlanadi.

Ushbu forumda mutlaqo bepul qatnashish imkoniyati mavjud. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang, joylar cheklangan!

🔗 RO‘YXATDAN O‘TISH

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Islom Karimov shoh ko'chasi, 169

#digital
#frilanser

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
🔵AKT xizmatlaridan foydalanishda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, sayyor qabulga tashrif buyuring

Toshkent viloyatida AKT sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, muammoli masalalarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o'rinbosari O. Pekos hamda vazirlikning  viloyatdagi  korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida 2023-yil 28-iyul kuni soat 15:00 da fuqarolar bilan ochiq sayyor qabul o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan sizda axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zlaringizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyurishingiz so‘raladi.

🏢Manzil: Nurafshon shahar , Bobur ko'chasi, 1-uy. "O'zbektelekom AK" Toshkent filiali binosi.

👉 Batafsil ma’lumot olish uchun telefon: 55-901-70-74

#digital
#sayyor_qabul

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏢 TATU Farg‘ona filialida barpo etilayotgan talabalar turar joy binosi va Axborot-resurs markazi binosi ko‘zdan kechirildi

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov Farg‘ona viloyatiga xizmat safari davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga tashrif buyurdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2206/

#digital
#tashrif
#fargona

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😄IT-Park rezidentlari 6 oyda 145 million dollarlik eksport amalga oshirdi

👨‍💻 Shu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan maxsus lavha tayyorlanib, efirga uzatildi.

#uz24
#IT_eksport

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
Яхши хабар: 2023 Global Services Location Indexда Ўзбекистон илк бора қўшилди ва 78 давлатдан 40-ўринни эгаллади

Бу рейтингда мамлакатимизни пайдо бўлиши масофавий хизматлар билан шуғулланувчи халқаро компанияларни ўз офисларини очиш бўйича қарор қабул қилишларида Ўзбекистонни танлашларига ёрдам беради.

Батафсил: https://www.kearney.com/service/digital/gsli/2023-full-report
Ички ишлар ва Рақамли технологиялар вазирликларига икки ой муддатда ҳар бир вилоят-туман-маҳалла кесимида ижтимоий ва криминоген муаммоларни рақамлаштириш орқали “Ижтимоий вазият” ахборот тизимини ишга тушириш топширилди.

Бунда, аҳоли норозилигига сабаб бўлаётган ижтимоий муаммоларнинг ягона реестри шакллантирилади, масъул идораларнинг кучи муаммога қараб манзилли йўналтирилади.

Бундан буён вилоят ва туман ички ишлар раҳбарлари ҳар ойда камида бир марта туман ва шаҳар кенгашларига жиноятчилик аҳволи бўйича ҳисобот бериши белгиланди.

Ички ишлар ва Рақамли технологиялар вазирликлари олдига аҳолининг барча тезкор ва шошилинч хизматларга мурожаатларини оператив ҳал қилиш мақсадида ягона “112” тезкор рақами ва диспетчерлик тизимини ишга тушириш вазифаси қўйилди.

Ушбу тизим 2024 йил 1 январдан Тошкент шаҳрида, 1 июлга қадар водий вилоятларида, келаси йил якунига қадар эса барча туман ва шаҳарларда ишга туширилиши шарт.

Шу орқали навбатчилик қисмлари фаолияти ҳам тубдан қайта кўриб чиқилади.

Facebook|Instagram|Twitter
🇺🇿🇺🇸O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi hamda AQSH kompaniyalar vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil qilindi

Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Farg‘ona filiali binosida Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati, O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi ijrochi direktori Y. Son va bir qator AQSH kompaniyalari bilan joriy yilning 14-20-avgust kunlari Vazirlik delegatsiyasining AQSHga xizmat safariga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2219/

#digital
#uchrashuv
#aqsh

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM