Digital.uz
12.1K subscribers
17.2K photos
999 videos
1 file
6.09K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
IT sohasiga qiziqqan 20 nafar yoshlar dasturlashga bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi

Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli maktabda yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvdan asosiy maqsad – imkoniyati yetarli bo‘lmagan, biroq qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga dasturlashni bepul o‘rganishlari uchun yordam berish va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1697/

#digital
#mitc
#IT_education

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
🌐 “Ookla” kompaniyasining Osiyo-Tinch okeani mintaqasi rahbari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Ookla” kompaniyasi (Speedtest)ning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi rahbari Tom Opazchik bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonni xalqaro maydonlarda reytinglarini Telekommunikatsiya sohasi yo‘nalishida yanada yuqori pog‘onalarga ko‘tarish maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, “Ookla” kompaniyasi xalqaro reytinglarni yuritib boruvchi eng yaxshi kompaniyalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1698/

#digital
#mitc
#uchrashuv
#ookla

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Умумий ўрта таълим мактабларининг битирувчи ёшларига табрик

Поздравление выпускникам общеобразовательных школ

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Joriy yilning 23-may kuni, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida navbatdagi “Frilanserlik - bu kelajak kasbi” mavzusidagi forum "Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" va Guliston davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

🔷 Forumda Upwork platformasida faoliyat yurituvchi mamlakatimizning ikki yetakchi frilanserlari:

▪️No‘monjon Yusupov – Tarjimon;
▪️Ibrohim Isroilov – Ma'lumotlar tahlilchisi

tomonidan 100 ga yaqin Universitet talabalariga qanday qilib frilanserlik platformalarida ro’yxatdan o’tish, birinchi buyurtmani olish hamda faoliyat olib borish yuzasidan ma'lumot berildi.

Yakunda, an’anaga muvofiq qiziqarli o’yin tashkil etilib, omadli talabalarga esdalik sovg’alar topshirildi.

Bizni kuzatib boring va yangi ko’nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

#digital
#mitc
#frilanser

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
🔔 25-may sanasida yurtimizdagi barcha maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilda yurtimizdagi 10 mingdan ziyod maktablarda oquvchilar qadrdon maktablari, mehribon ustozlari bilan xayrlashmoqda.

Maktab ta’limini muvaffaqiyatli tamomlab, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan sizdek yoshlarning oldida kelajakda zamonaviy bilimlarni egallab, Vatanimiz uchun munosib farzand bo‘lishdek vazifa turibdi.

Ana shunday sharafli va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishga bel bog‘lagan Sizdek yosh va navqiron o‘quvchilarga kelgusi o‘qish-ishlaringizga muvaffaqiyat tilaymiz

#digital
#mitc
#muhim_sana

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshlangan yaxshi an’anaga ko‘ra, vazir o’zi tamomlagan maktabning “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslariga ko‘ra, bir necha yildan beri so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarida barcha vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqdalar.

Ushbu an’anaga ko‘ra, bugun, 25-may kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘zi tamomlagan maktabning “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1713/

#digital
#mitc

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube