Digital.uz
11.4K subscribers
15.6K photos
932 videos
1 file
5.69K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
🏆 “Yil brendi 2022”da munosiblar aniqlandi

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida “Yil brendi 2022” mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida:

UZTELECOM “Telekommunikatsiyalar, internet” nominatsiyasi bo‘yicha iste’molchilar tanlovining g‘olibi bo‘ldi;

My.gov.uz portali oʻtgan yilda Oʻzbekiston bozorida yuqori samarali marketing yutuqlariga erishgan eng muvaffaqiyatli brendlardan biri bo‘ldi;

Toshkent shahridagi Inha universiteti oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ta’lim yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi;

“Yagona integrator UZINFOCOM” faoliyati haqida ko‘plab iliq fikrlar bildirilib, tashkilotchilar tomonidan“Yil brendi – 2022” milliy mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi mukofotlangan barcha tashkilotlarni tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaydi.

#digital
#mitc
#uztelecom
#mygovuz
#inha
#uzinfocom

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak tarmoqlari” XEIning forumi hamda “Muvofiqlik va funksional moslikni sinovdan o‘tkazish” treningi bo‘lib o‘tdi

Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik (ASMH)ning elektraloqa va axborot-kommunikatsiya operatorlari kengashining 44-yig‘ilishi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi, “O‘zbektelekom” AK hamda Xalqaro elektraloqa ittifoqi – XEI bilan hamkorlikda “Kelajak tarmoqlari” forumi hamda “Muvofiqlik va funksional moslikni sinovdan o‘tkazish” treningi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu forumda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov, XEI mintaqaviy byurosining MDH mintaqasi boʻyicha dastur koordinatori Farid Naxli hamda ASMH ishtirokchi davlatlarining vakillari ishtirok etdilar.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1691/

#digital
#mitc

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Vazir IT Park Namangan viloyati filiali qurilish loyihasi va IT School faoliyati bilan tanishdi

Tanishuv jarayonida filialda ishlarni tizimli amalga oshirish, viloyatda IT eksport hajmini yo‘lga qo‘yish, yoshlarga munosib ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, BPO va KPO xizmatlar yo‘nalishida markazlar faoliyatini ham tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

IT school faoliyati bilan tanishilib, yoshlar bilan suhbat qurildi. Suhbat davomida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar o‘rganib chiqilib, yoshlarning takliflari tinglandi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1693/

#digital
#mitc
#IT_park
#namangan

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Vazir Namangandagi IT Park rezidenti “Sitelabs company” ofisiga tashrif buyurdi

Ushbu ofisda 100 ga yaqin yoshlar yuqori daromadli ish bilan ta’minlangan va yiliga 1 million dollar atrofida exportga erishish reja qilingan.

Kompaniya turli xil IT-xizmatlari: IT-autsorsing, dasturiy ta’minotni joriy etish, ma’lumotlarni bulutli saqlash, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanib keladi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1695/

#digital
#mitc
#rezident
#sitelabs

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1 миллион долларлик President Tech Award танловида қатнашинг!

Ўтган йили Президентимиз соҳамиз вакиллари билан АСТРУМ Академиясида учрашганларида ушбу видеолавҳадаги қизиқарли муҳокамадан сўнг 1 миллон долларлик соврин жамғармасига эга танлов ташкил этиш бўйича вазифа белгилаб берган эдилар. Ушбу вазифани сифатли амалга ошириш учун қатор ёшлар билан учрашиб, батафсил муҳокамалар орқали тегишли қарор лойиҳасини ишлаб чиқилиши натижасида мамлакатимизда биринчи маротаба “President Tech Award” танлови бошланди.

Президентимиз нутқларининг бошиданоқ “Бутун Ўзбекистон ёшларини IT соҳасидаги интилишларига катта туртки ва мотивация бериш учун келдим ” дея таъкидлагандилар. Ҳақиқатда ҳам “President Tech Award” танлови ёшларга катта мотивация бўлиб, ушбу танлов миллионлаб ёшларни ўзида бирлаштиришига ишончим комил.

Аризаларни қабул қилиш муддати жорий йил 1 июлгача эканлигини инобатга олиб, танловда иштирок этишга шошилинг: https://awards.gov.uz

Танловнинг телеграмдаги асосий канали: https://t.iss.one/PresidentTechAward
Танлов ҳақида кўп бериладиган саволларга жавоблар: https://t.iss.one/PresidentTechAward/5

https://www.facebook.com/watch/?v=568073162079958
Toshkentda Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlikning elektr aloqa va axborot-kommunikatsiya operatorlari kengashining 44-yig‘ilishi o‘tkazildi

UZTELECOMning Toshkent shahridagi yangi binosida Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik (ASMH)ning elektr aloqa va axborot-kommunikatsiya operatorlari kengashining 44-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbektelekom” AK mezbonlik qilgan ushbu nufuzli tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov, ASMHning to‘liq a’zolari – Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va Turkmaniston aloqa ma’muriyatlari delegatsiyalari, shuningdek, One We, Iskratel Ltd, Huawei kabi tashkilotlarning vakillari ishtirok etdilar.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1696/

#digital
#mitc
#ASMH

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
IT sohasiga qiziqqan 20 nafar yoshlar dasturlashga bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi

Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli maktabda yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvdan asosiy maqsad – imkoniyati yetarli bo‘lmagan, biroq qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga dasturlashni bepul o‘rganishlari uchun yordam berish va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1697/

#digital
#mitc
#IT_education

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube