Digital.uz
12.7K subscribers
15.8K photos
945 videos
1 file
5.76K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
“NamanganTechSummit” xalqaro IT-forumidan fotolavhalar

62-“Xalqaro Gullar festivali” doirasida xorijiy va mahalliy IT-kompaniyalar, xorijiy va mahalliy mutaxassislar hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan “NamanganTechSummit” xalqaro IT-forumi bo‘lib o‘tmoqda.

#digital
#mitc
#Namangan
#Techsummit

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari tug‘risidagi Hukumat qarori (208–son, 20.05.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga ma’sul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.

Mazkur xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul hisoblanadi.

Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam bo‘lmasligi lozim, kursni ta’momlagan xodimlar ikki oyda reyting baholashdan o‘tkaziladi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1685/

#digital
#mitc
#qaror

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda xalqaro IT-forumi bo‘lib o‘tdi

62-Xalqaro gullar festivali doirasida xorijiy va mahalliy IT-kompaniyalar, xorijiy va mahalliy mutaxassislar hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “NamanganTechSummit” xalqaro IT-forumi o‘tkazildi.

Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazakov va raqamli texnologiyalar sohasi mutaxassislari, dunyoning yetakchi kompaniyalarida faoliyat ko‘rsatayotgan dasturchi, menejerlar hamda mahalliy yosh iste’dodlar va IT-kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Batafsil: 👉 https://bit.ly/3os91af

#digital
#mitc
#Namangan
#TechSummit

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
IT Park rezidentlari va frilanserlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“NamanganTechSummit” doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Namangan shahar hokimi G‘ofir Jamalov va rezident hamda frilanserlar uchrashuvi tashkil etildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1688/

#digital
#mitc
#yoshlar
#uchrashuv

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
🏆 “Yil brendi 2022”da munosiblar aniqlandi

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida “Yil brendi 2022” mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida:

UZTELECOM “Telekommunikatsiyalar, internet” nominatsiyasi bo‘yicha iste’molchilar tanlovining g‘olibi bo‘ldi;

My.gov.uz portali oʻtgan yilda Oʻzbekiston bozorida yuqori samarali marketing yutuqlariga erishgan eng muvaffaqiyatli brendlardan biri bo‘ldi;

Toshkent shahridagi Inha universiteti oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ta’lim yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi;

“Yagona integrator UZINFOCOM” faoliyati haqida ko‘plab iliq fikrlar bildirilib, tashkilotchilar tomonidan“Yil brendi – 2022” milliy mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi mukofotlangan barcha tashkilotlarni tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaydi.

#digital
#mitc
#uztelecom
#mygovuz
#inha
#uzinfocom

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM