Digital.uz
11.6K subscribers
14.9K photos
905 videos
1 file
5.49K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Xalqaro investitsiya forumi doirasida Amerika biznes vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkentda boʻlib oʻtgan xalqaro investitsiya forumi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Amerika-O'zbekiston Savdo Palatasi (AUCC) ijrochi direktori Elena V. Son va va Amerika biznesi vakillari “Silver Leaf”, “John Deere”, “Cadillac”, “HP”, "White&Case" kabi kompaniyalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv O‘zbekistonda IT-industriyasini rivojlantirishga ko‘maklashish va bu sohaga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida tashkil etildi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4438

#mitc
#uchrashuv
#AQSh

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🎓 “Ochiq matematika olimpiadasi”da 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan TATU talabalari

2023-yilning 23-28-aprel kunlari Turkmaniston ta’lim vazirligi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida “Ochiq matematika olimpiadasi”(OMOUS-2023)ni tashkil etdi.

Mazkur xalqaro olimpiadada 13 davlatdan talabalar qatnashdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi nomidan qatnashgan TATU talabalari muvaffaqiyat qozonishdi.

TATU Kiberxavsizlik fakulteti talabalari Asadbek Sindarov faxrli 2-o‘rinni, Ixtiyor Teshaboyev, Javoxir Isroilov, Muzaffar Saxidinov esa faxrli 3-o‘rinni egalashdi.

📄 Ma’lumot uchun ushbu olimpiadada O‘zbekiston Respublikasidan 50 ta oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etish uchun taklif etilgan. Dunyo bo‘ylab jami 13 ta davlat oliy ta’lim muassasalari ishtirok etib, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Meksika, Germaniya, Vengriya, O‘zbekiston va Ozarbayjondan 280 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi talabalarni xalqaro arenadagi ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.

#mitc
#tatu
#muvaffaqiyat

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
UNICEF tashkiloti bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov UNICEF tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammadzade bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4439

#mitc
#uchrashuv
#unicef

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Forwarded from Sherzod Shermatov
Кўз тегмасин, биринчи чоракда IT Park резидентларимиз экспорти 3 баравардан кўпроқ ортиб 57 миллион долларга етди, яъни бу йил биринчи чоракни ўзида IT Park резидентлари 2021 тўлиқ йил давомидаги экспортдан (46 млн доллар) кўра кўпроқ натижага эришдилар.

Бирон бир салбий ташқи таъсир бўлмаса, албатта, олдимизга қўйган бу йилги 300 миллион долларлик натижага эришамиз.

Бу эса ёшларимизга чет тиллари ва ахборот технологияларини ўрганиш муҳимлигига яна бир ишорадир. Айнан шу йўл орқали ўз оилалари билан юртимизда яшаб, хорижий давлатларга интернет орқали хизмат кўрсатиб, юқори даромад топишлари мумкин бўлади.
Kelajagingiz o‘z qo‘lingizda!

⌨️ IT juda qiziq va dolzarb sohalardan biri bo‘lishi bilan birga, eng yuqori daromad keltiruvchi kasblardan biri ham hisoblanadi.

Siz uchun O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nufuzli IT Universitetlar haqida batafsil ma’lumotlarni bir joyga jamladik va ushbu IT Universitetlarning barchasida DAVLAT GRANTI ASOSIDA O'QISH imkoniyati mavjud:

▪️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
▪️
Toshkent shahridagi INHA universiteti
▪️ Amiti universiteti
▪️ “IT Park University” (uz) (ru) (eng)
▪️ Yangi O‘zbekiston universiteti
▪️ Toshkent xalqaro ta’lim universiteti

O‘z Universitetingizni tanlang va kelajakda muvaffaqiyatga erishing!

#mitc
#OTM
#IT_talim
#yoshlar
#imkoniyat

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugundan my.gov.uz portalida ipoteka subsidiyasini berish xizmati ishga tushdi

Joriy yil 1-maydan boshlab YIDXP (my.gov.uz)da Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish xizmati yoqildi.

Oʻzbekiston Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq joriy yil yangi tartibdagi ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

❗️Endilikda subsidiya ajratish jarayoniga quyidagi oʻzgarishlar kiritildi:

Subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan vaqtdan boshlab 4 oy ichida amal qiladi, bu muddat tugagandan soʻng qayta ariza berilishi mumkin;

Subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish boʻyicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi, rad etilgan arizalarga 1-dekabrga qadar qayta ariza yuborish mumkin.

#mitc
#mygov

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube