Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati
5.67K subscribers
38.8K photos
3.48K videos
17 files
13.8K links
Мурожаат учун: [email protected]
Download Telegram
#Obod mahalla

📌 Mirobod hokimi tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlarida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari sifatini nazorat qildi

➡️ Mirobod tumani hokimi Shuhrat Pulatov ijtimoiy soha ob’ektlarida amalga oshirilayotgan ishlar sifatini ko‘zdan kechirdi.

➡️ Hokim jumladan, Yangi Qo‘yliq mahallasidagi 125-sonli maktab, 126 hamda 183-sonli DMTTlarda bo‘ldi.

➡️ Barcha ob’ektlarda pudratchi tashkilotlarga amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari tanqidiy ko‘rib chiqildi hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa fursatda tuzatish vazifasi qo‘yildi.

➡️ Shuningdek, ta’mirlash ishlari deyarli yakuniga еtib qolgan DMTTlarni topshirish bo‘yicha jarayonni tezlashtirishga ko‘rsatma berildi. Mukammal ta’mirlash ishlari olib borilayotgan 125-sonli maktab joriy yilning dekabr oyi oxirida topshirilishi rejalashtirilgan.

🟢 Ushbu ijtimoiy soha ob’ektlari O‘zbekiston prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Obod mahalla” dasturi tufayli mukammal ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy holatga keltirilmoqda.

—————

💠 Миробод ҳокими тумандаги ижтимоий соҳа объектларида олиб борилаётган мукаммал таъмирлаш ишлари сифатини назорат қилди

➡️ Миробод тумани ҳокими Шуҳрат Пулатов ижтимоий соҳа объектларида амалга оширилаётган ишлар сифатини кўздан кечирди.

➡️ Ҳоким жумладан, Янги Қўйлиқ маҳалласидаги 125-сонли мактаб, 126 ҳамда 183-сонли ДМТТларда бўлди.

➡️Объектларда пудратчи ташкилотларга улар томонидан амалга оширилган таъмирлаш ишлари бўйича танқидий кўриб чиқилди ҳамда аниқланган камчиликларни қисқа фурсатда тузатиш вазифаси қўйилди.

✔️ Шунингдек, таъмирлаш ишлари якунига етган ва айни вақтда топшириш жараёнига тайёргарлик кўрилаётган ДМТТларни топширишни тезлаштиришга кўрсатма берилди.

🚛 Мукаммал таъмирдан чиқарилаётган 125-сонли мактаб жорий йилнинг декабрь ойи охирида топширилиши режалаштирилган.

Ушбу ижтимоий соҳа объектлари Ўзбекистон Президенти томонидан илгари сурилган “Обод маҳалла” дастури туфайли мукаммал таъмирдан чиқарилиб, замонавий ҳолатга келтирилмоқда.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣Hurmatli fuqarolar!

⚡️Jamoatchilik fikri asosida "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini amalga oshirish jarayoni bilan tanishing.

Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Obod qishloq” va Obod mahalladasturlariga respublika bo‘yicha jami ajratilgan tegishli mablag‘lar hududlarga mavjud mahallalar va aholi sonidan kelib chiqib taqsimlanadi;

Har bir mahalla fuqarolar yig‘ini raislari umumiy qiymati 8 mlrd so‘mdan oshmagan takliflardan iborat loyihalar paketini shakllantiradi hamda “Ochiq budjet” axborot portaliga kiritadi;

Shakllantirilgan loyihalarni tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etilgan maxsus komissiya o‘rganib chiqib, saralagan holda ovoz berish jarayoniga o‘tkazadi;

Fuqarolar “Ochiq budjet” portaliga kirgan holda shaxsiy kabinetlari orqali ovoz berishda loyiha bilan bir vaqtda tadbirlar uchun ham ovoz beradi.

#obod_qishloq #obod_mahalla

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM