QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.1K subscribers
21.8K photos
3.79K videos
287 files
8.99K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar

🏗Surxondaryo arxitektura va qurilish texnikumida “Biz kelajakni bilimli yoshlar bilan birga quramiz” mavzusida Respublika oʻquv-uslubiy seminari boʻlib oʻtdi.
Seminarda texnikum oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan ijodiy loyihalar koʻrgazmali tarzda namoyish etildi, shuningdek, taʼlim muassasasi fan oʻqituvchilarining oʻquv meʼyoriy hujjatlari yuritilishi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
Mazkur seminarda Qurilish vazirligining Taʼlim muassasalari foliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Qoʻldashev rahbarligida vazirlik tarkibidagi barcha texnikum va kollej masʼullari ishtirok etishdi.

#SURXONDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
“Нурота СИТИ”: аслида ҳолат қандай бўлган?

Ижтимоий тармоқларда Навоий вилояти Нурота туманида қурилаётган “Нурота СИТИ” кўп қаватли уйлар деворлари ёрилиб кетгани, қурилиш ишлари сифатсиз амалга оширилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Kun.uz мухбири ҳолатни жойига бориб ўрганди, кўп қаватли уйларда яшовчи аҳоли билан суҳбатлашиб, уларнинг фикрини тинглади.

👉 https://kun.uz/11916216

📹👉 ВИДЕОНИ КЎРИШ
Forwarded from e-gov.uz
🌏 Xorij tajribasi

🌇«Aqlli shahar»ning yetti ustuni (tahliliy maqola)

🏃🏻Hozir Yer aholisining katta yarmi — shaharliklar, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, jahon aholisining urbanizatsiyalashuv darajasi 2050-yilda 70 foizga yaqinlashadi. Megapolislardagi singari zamonaviy imkoniyatlardan mosuvo kam aholi yashovchi va olis hududlarni odamlar tark etish jarayoni tezlashib bormoqda.

🌃Chetdan aholining oqib kelishi shaharlarda muammolarni keltirib chiqaradi — transport tiqinlari, shahar xizmatlariga yuklanma, energiya resurslari iste’moli ortishi, ekologiyaning buzilishi. Shu kabi muammolarga barham berish uchun jahon hukumatlari axborot texnologiyalaridan najot qidirmoqda. Boshqacha ifodalaganda, dunyoda Smart City yoki «aqlli shahar» maqomiga da’vogar shaharlar soni ko‘payib boryapti.

Batafsil: 👉https://egov.uz/news/aqlli-shaharning-yetti-ustuni-413

➡️ @eGovUz | @MyGovUz
Forwarded from SAMARQAND | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL (Сарвар БОБОНАЗАРОВ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Oqdaryo tuman Qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi Jahongir Ravshanov ishtirokida "Hududda noqonuniy qurilishlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇👇👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🔴Internetda tarqalgan "ANTIQA BALKON"larga rasmiylar izoh berdi.

Ataylab qilingan ishmi bu yoki...

Savollarga videodan javob topasiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Виждон саратони" фильми — премьера, бугун!

Балки у бизнинг ҳамкасбимиз, дўстимиз, оға-инимиздир. Балки улар билан ҳар кун учрашармиз. Биз уларнинг ҳаракатлари ҳақида биламиз, лекин жиммиз...

Бу сукунат — халққа хиёнат, бу — миллат келажагига хиёнат!

Бугун биз собиқ давлат хизматчисининг эркин, озод ҳаётидан панжара ортидаги қора тақдиригача ҳикоя қиламиз.

... Мен бу ишга биринчи марта қўл урдим, кейин яна, яна, яна ва яна... Курси ҳозир меники, у орқали имкон қадар тезроқ ва кўпроқ мўмай даромад топишим керак, деб ўйлардим...

Кинематография агентлиги, Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги ҳамкорлиги ва тегишли ташкилотлар кўмагидаги "ВИЖДОН САРАТОНИ" ҳужжатли фильми бугун, 26 май, соат 16:00да Агентликнинг YouTubeдаги расмий саҳифаси орқали премьера қилинади.

Фильмни давлат хизматчилари, кенг жамоатчиликка томоша қилишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ҳудудларда махсус иқтисодий ва кичик саноат зоналарини ташкил қилиш ва уларни муҳандислик-коммуникация инфратузилмаси билан таъминлаш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам организации специальных экономических и малых промышленных зон в регионах, обеспечения их инженерно-коммуникационной инфраструктурой.

Facebook|Instagram|Twitter
38 lite.pdf
2.2 MB
«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2022 йил 24 май кунги 38-сонини pdf файли мутолаа учун ҳавола қилинади. 👉 Газетада берилаётган материаллар билан https://t.iss.one/uzbunyodkor телеграм канали орқали танишиб боришингиз мумкин.
#PRESS_TUR

⚡️Ayni paytda Samarqand viloyatida Qurilish vazirligi tomonidan OAV xodimlari ishtirokida press tur o'tkazilyapti. Jurnalistlar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazida bo‘lib, bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqdаlar.

Davlatimiz rahbari viloyatga tashrifi chog‘ida markaz qurilishini zamonaviy va milliy meʼmorlik anʼanalarini uygʻunlashtirgan holda amalga oshirish, bunyodkorlik ishlarida sifatli qurilish materiallaridan foydalanish, hududda ziyorat turizmini keng yoʻlga qoʻyish boʻyicha mas'ullarga zarur topshiriqlar bergan edi.

❗️Press tur davomida OAV xodimlari mualliflik nazorati, quruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda markaz qurilishining bugungi bosqichlari haqida mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#TANLOV

🏆 Bugun 27-may kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutida talaba-yoshlarning bilim va iqtidorlarini, innovatsion loyihalari hamda ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yangi iste’dodlar – 2022” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘z ishini boshladi.

📝 Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi boshchiligida hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.

⚖️ Ko‘rik-tanlov quyidagi 9 ta nominatsiya bo‘yicha tashkil etildi:

Eng yaxshi rang tasvir va amaliy san’at asari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va o‘ymakorlik);

Eng yaxshi arxitekturaviy innovatsion loyiha va maket;

Eng yaxshi me’moriy ta’mirlash, qayta tiklash loyihasi va kompozitsiya;

Eng yaxshi landshaft va interyer dizayni;

Eng yaxshi innovatsion muhandislik-kommunikatsiya loyihalari va ishlanmalari;

Eng yaxshi innovatsion qurilish materiallari va texnologiyalari;

Eng yaxshi innovatsion biznes loyiha;

Eng yaxshi zilzilabardosh binolar va konstruksiyalar;

Eng yaxshi innovatsion energosamarador loyihalar va ishlanmalar.

⚡️Tanlovda ushbu nominatsiyalar bo‘yicha 250 dan ortiq talaba o‘zining loyiha va ishlanmalari bilan qatnashib, g‘oliblik uchun bellashishadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|