QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
21.8K photos
3.81K videos
287 files
9.02K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Samarqand shahrida o’tkazilgan reyd tadbiri davomida viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Beruniy ko‘chasidagi 44-uyning mulkdorlari oʻzboshimchalik bilan binoning tayanch va to‘siq konstruksiyalarini buzib, orqa tomondan eshik ochgani va tutash hududda qurilish ishlarini olib borganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga tegishli choralar ko‘rilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

😇Agar belgilangan muddatda fuqarolar holatni bartaraf qilib, tayanch devorini avvalgi ko’rinishga keltirmasa, inspeksiya tomonidan tegishli hujjatlar to‘planib, majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da'vo arizalari kiritiladi.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Navoiy viloyatida maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining qurilishi to'xtatildi

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Karmana tumani "Talqoq" MFY hududida "Yagona buyurtmachi xizmati" IK buyurtmachiligida qurilayotgan 120 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti binosining ikkinchi qavati "G" o'qining uchinchi hamda to'rtinchi qatorlaridagi g'isht terish ishlari va beton o'zaklar sifatsiz hamda loyiha talablari asosida bajarilmaganligi aniqlandi.


🔴 Mazkur qoidabuzarliklar sabab inspeksiya xodimlari tomonidan obyektda qurilish ishlari vaqtinchalik to'xtatildi hamda sifatsiz bajarilgan ishlar joyida buzdirildi.

#NAVOIY

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri "Yangi O'zbekiston" massivi hududida qurilayotgan ko'p qavatli uy poydevorlarining mustahkamligi qurilish me'yoriy talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Aniqlangan ushbu sifatsiz qurilish ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan buzdirilmoqda.

📍 Bu tartibdagi kuchaytirilgan reyd tadbirlari respublikamiz bo'ylab davom etmoqda.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd

📍 Davlatobod tumanida qurilish sifati ustidan nazorat kuchaytirilmoqda

Aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan taʼminlash maqsadida Namangan viloyati Davlatobod tumanida yangi qurilayotgan va mavjud turar joy binolari oʻrganilyapti.

Viloyat ishchi guruhi tomonidan oʻtkazilayotgan mazkur oʻrganishlar doirasida qurilish sifatini oshirish, loyihalarning oʻz vaqtida va belgilangan tartibda bajarilishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrilmoqda.

Qurilish ishlarida aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olib, infratuzilmani takomillashtirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Monitoringlar jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, nazorat kuchaytirildi.

😇 Mutasaddilarning maʼlum qilishicha, uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha Davlat dasturi doirasidagi ishlar izchillik bilan davom ettiriladi. Bunda qurilish jarayonlarini yuqori sifat bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mazkur tadbirlar natijasida minglab oilalar zamonaviy va barcha qulayliklarga ega boʻlgan yangi turar joylarga ega boʻlishi kutilyapti. Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan bunday tizimli yondashuv nafaqat aholi manfaatlariga xizmat qiladi, balki uy-joy infratuzilmasini yangi bosqichga koʻtarishga ham turtki beradi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 NOQONUNIY QURILISHLAR BUZDIRILMOQDA

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida o'zboshimchalik bilan noqonuniy tartibda qurilgan obyekt inspeksiya xodimlarining yozma ko'rsatmalari asosida tadbirkor tomonidan o'z ixtiyori bilan bartaraf etilmoqda.

🎥BATAFSIL VIDEODA
.

#TOSHKENT_VILOYATI

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan respublika bo'ylab boshqaruv servis kompaniyalarining 24 soat faoliyat yuritadigan avariya-dispetchirlik xizmati faoliyatini o'rganish maqsadida reyd tadbirlari olib borilmoqda.

🗺 Xususan ishchi guruhi poytaxtimizning Yashnobod tumanida bo'lib, aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha tashkil etilgan texnik chora- tadbirlar, qish mavsumini betalofat o’tkazish yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar bilan tanishdi. Bu boradagi mavjud muammolar va ularni hal etishga oid ko’rsatmalar berildi.

#TOSHKENT_SHAHRI

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiya xodimlari tomonidan reyd tadbirlari jarayonida ko'p qavatli uyning yerto'lasini noqonuniy o'zlashtirib olib, ko'ngilochar maskanga aylantirgan mulkdor aniqlandi.

🎥 BATAFSIL VIDEODA


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Reyd tadbirlari davomida Jizzax viloyatida ichimlik suvi tarmog'iga o'zboshimchalik bilan ulanganlar aniqlandi

💧 Xususan, Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Paxtakor tumani Buyuk ipak yo'li MFY hududida o'tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 3 ta holatda fuqarolar tomonidan ichimlik suvi tarmog'iga noqonuniy ulanib, foydalanib kelayotganlar ma'lum bo'ldi.

Shu bois hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan huquqbuzarlarga ma'muriy jarimalar qo'llanildi hamda qonuniy tartibda ulangunga qadar ichimlik suvi tarmog'idan vaqtinchalik uzib qo'yildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori ijrosini ta'minlash bo‘yicha Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Navoiy shahridagi  boshqaruv servis kompaniyalarining 24 soat faoliyat yuritadigan avariya-dispetchirlik xizmati faoliyatini o'rganish maqsadida reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Nazorat inspeksiyasi xodimlarining navbatdagi manzili Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan "Navoiy innovatsion kommunal servis" boshqaruv kompaniyasi bo’ldi. Shuningdek, mas’ullar tomonidan aholini issiqlik manbai bilan taʼminlash qozonxonalarining dispetcherlik avariya xizmatida tashkil etilgan tungi 24/7 rejimidagi faoliyati ham ko’zdan kechirildi.

O‘rganish ishlari viloyatning boshqa hududlarida davom etmoqda.

#NAVOIY

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 NOQONUNIY QURILISHLAR BUZDIRILMOQDA

Toshkent viloyatining O'rtachirchiq tumanida o'zboshimchalik bilan noqonuniy tartibda qurilgan obyekt inspeksiya xodimlarining yozma ko'rsatmalari asosida tadbirkor tomonidan o'z ixtiyori bilan bartaraf etilmoqda.

🎥 BATAFSIL VIDEODA


#TOSHKENT_VILOYATI

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Koʼp qavatli uyning ustuniga zarar yetkazib, qurilish olib borayotgan mulkdorning noqonuniy harakatlariga chek qoʼyildi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd

🚨 Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda viloyat "Suv ta'minoti" xodimlari bilan hamkorlikda ichimlik suvidan besamar foydalanish hamda ichimlik suvi tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish holatlarini oldini olish maqsadida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

💧 Jarqo‘rg‘onda suvdan noqonuniy foydalanganlar ma’muriy jarimaga tortildi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda xizmatlardan foydalanish qoidalariga rioya etish holatlari o‘rganildi.

Tadbir davomida "Matonat" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ichimlik suviga noqonuniy ulanish bilan bog'liq 4 ta holat aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan MJtKning 163/1-qismiga asosan ma’muriy jarima rasmiylashtirildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM