QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.1K photos
3.87K videos
287 files
9.13K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

📍 Bugun Samarqand shahrida BUILD PRO EXPO 2024 - Qurilish va pardozlash materiallari, qurilish uskunalari va texnikalariga ixtisoslashtirilgan xalqaro ko'rgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

🏘 Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov so'zga chiqib, mazkur tadbir soha mutaxassislari uchun muhim voqea ekanligini, ko‘rgazma qurilish, dizayn va arxitektura sohasidagi innovatsiyalarni namoyish etish va ularni rivojlantirishga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim maydonga aylanishini ta'kidladi.

Xususan, ko'rgazmada qurilish materiallari, mebel, sanitariya-texnik vositalar, yoritish moslamalari va boshqa zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha yetakchi kompaniya va ishlab chiqaruvchilarning ishlari namoyish etilmoqda. Ularda dizayndagi so‘nggi yutuqlar, jumladan, BIM texnologiyalari va aqlli uylarni yaratish bo‘yicha yechimlar aks etyapti.

😇Markaziy Osiyo qurilish bozoridagi soʻnggi tendensiyalardan xabardor boʻlishni xohlovchilar va oʻz biznesini xalqaro miqyosda kengaytirishni istaganlar uchun mazkur ko'rgazma keng imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Joriy yilning 20-22-noyabr kunlari bo'lib o'tayotgan tadbir har yili minglab tashrif buyuruvchilar va yuzlab ishtirokchilarni jalb etib, tajriba almashish hamda biznes aloqalarini o‘rnatish uchun zarur platformaga aylangan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🔠 Bugun O‘zbekiston va Turkiya Ishbilarmonlar uyushmasi hamkorligida “Zilzila va Zamin: Tabiiy ofatlar oqibatlarini kamaytirish va barqaror rivojlanish” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga xalqaro ekspertlar, tadbirkorlik subyektlari va ilmiy soha vakillari taklif etilgan. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Anjumanda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. Seysmik xavfsizlikni kuchaytirish: Qurilish sohasida xalqaro standartlar asosida zilzilabardosh infratuzilma yaratish;
2. Innovatsion yechimlar: Zilzila oqibatlarining oldini olish va yumshatish uchun zamonaviy texnologiyalar hamda ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish yo‘llari;
3. Hamkorlikni rivojlantirish: Xorijiy rivojlangan davlatlar tajribasi asosida zilzilaga tayyorgarlik bo‘yicha kooperatsiyani mustahkamlash.

🗺Tadbirda turkiyalik mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zilzila xavfini kamaytirish bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni taqdim etdi. Shuningdek, yangi loyiha va tashabbuslar ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o’rinbosari Toir Alimatov Vyetnam Respublikasining “Rox Group” kompaniyasi asoschisi Tuan Chan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o’tkazdi. O'zaro samimiy kechgan muloqotda sohada hamkorlikni rivojlantirish va qurilish loyihalarini amalga oshirishda tajriba almashishga oid masalalarga e’tibor qaratildi.

- Sir emas, O‘zbekistonda qurilish industriyasi mamlakat iqtisodiyotining asosiy lokomotivlaridan biriga aylandi. Shu ma’noda Vyetnamda ham ushbu soha iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlaridan biri desak, ayni haqiqat bo’ladi. Iqtisodiy o‘sish, urbanizatsiya va investitsiyalarning ortishi hisobiga har ikki davlatda qurilish jadal sur’atlar bilan rivojlanishda davom etmoqda. Bugungi uchrashuvimiz ham mamlakatlarimizning bu boradagi boy tajribasini ommalashtirishda va tajriba almashishda muhim qadam bo’lishiga ishonch bildiraman, - dedi Toir Alimatov.

😇 Muzokaralarda delegatsiya a'zolari qurilishda yashil texnologiyalar va ilg’or texnik yechimlarni birgalikda amalda qo’llashdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi. Tomonlar yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🟥 Tadbirda ta’kidanganidek, yuqori togʻli hududlar va murakkab geologik sharoitlarda inshootlarni loyihalash hamda zilzilabardosh yechimlarni ishlab chiqish sohalarida xalqaro hamkorlik ustuvor yoʻnalishlardan biridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bu borada xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish orqali sohani yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Shu bilan birga xalqaro hamkorlikning eng muhim tomoni shundaki, bu bizga xorijiy tajribalarni oʻrganish hamda eng soʻnggi ilm-fan yutuqlari bilan tanishish imkonini beradi.

Hozirda qiyaliklar va tunnellarning barqarorligini oshirish, yangi monitoring tizimlarini joriy etish va milliy standartlarni zamonaviy talablar asosida takomillashtirishni rejalashtirilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🗺 Fargʻona viloyati va Dushanbe shahri oʻrtasida arxitektura va shaharsozlik boʻyicha hamkorlik aloqalari yanada kengayadi

Fargʻona viloyatida arxitektura va shaharsozlik sohasini yanada takomillashtirish, qoʻshni davlatlarning shaharsozlik va kommunal sohadagi tajribalari, yutuqlari bilan tanishish, shaharsozlik sohalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlash, ijtimoiy va iqtisodiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish maqsadida joriy yil 17-19-dekabr kunlari Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi Lazizxon Pozilov boshchiligida davlat xizmatchilari, tuman va shahar arxitektorlari bosh arxitektorlari hamda yetakchi loyiha tashkilotlaridan iborat delegatsiya qoʻshni Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida boʻlib turishibdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi vakillaridan iborat delegatsiya Moskva shahrida uchrashuvlar o’tkazdi.

Maqsad Rossiya Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda buyurtmachi xizmati faoliyatini va arxitektura-qurilish nazorati jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat.

☺️ Uchrashuvda sohada shaffoflikni ta’minlash va raqamlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#XALQARO_HAMKORLIK 🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi vakillaridan iborat delegatsiya Moskva shahrida uchrashuvlar o’tkazdi.…
#XALQARO_HAMKORLIK

🔗 Xabaringiz bor, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi vakillaridan iborat delegatsiya Moskva shahrida uchrashuvlar o’tkazmoqda.

Bugun Rossiyaning Omskning viloyatida amalga oshirilgan raqamlashtirish ishlarining o‘ziga xosligi, Moskva viloyatida davlat nazorati yuritish va raqamlashtirish borasida erishilgan yutuqlar muhokama qilindi.

🟢 Kun tartibidagi masalalar orasida obyektlarning qurilish narxini belgilash tartibi, turlari, qurilish materiallariga indekslarni shakllantirish va qo‘llash yo‘nalishlarida ham tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

☯️ Turk ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya ayni paytda Fargʼona viloyatida boʼlib turibdi. Xususan, ular ishtirokida turli sohalarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasida uchrashuvlar oʼtkazilmoqda.

Bugun Belgin Taniverdi boshchiligidagi sanoat va qurilish sohasi delegatsiyasi vakillari hamda viloyat Qurilish va uy-joy Kommunal xoʼjaligi boshqarmasi boshligʼi Laziz Pozilov ishtirokida muhokamalar boʼlib oʼtdi. Unda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Oʼzbekiston-Turkiya munosabatlari yangi bosqichda davom etayotganligi, buning natijasida hududlararo aloqalar faollashayotgani taʼkidlandi. Jumladan, viloyatda sanoat va qurilish sohasi yoʼnalishida bir qator loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida soʼz yuritildi.

Mehmonlar Fargʼona shahrida barpo etilayotgan Eko shahar - "Yangi Oʼzbekiston" massivida boʼlib, u yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XALQARO_HAMKORLIK

Yangi Toshkent – yangi imkoniyatlar

🔵 Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi mutasaddi rahbarlari va China state construction engineering corporation vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik, qurilish jarayonlarini yanada jadallashtirish va ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash masalalarini muhokama qildi. Xususan, Yangi Toshkentning infratuzilmasini rivojlantirishda xalqaro tajribani tatbiq etish va resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi rejalarga oid yo‘nalishlarni belgilab olishdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM