QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.8K subscribers
22K photos
3.86K videos
287 files
9.11K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#MUNOSABAT

😄 Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Chilonzor tumani Novza koʻchasidagi qurilish obyekti boʻyicha kun.uz saytida eʼlon qilingan videolavha yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Ushbu obyektdagi qurilish ishlari “RUNA INTERNATIONAL TRADING INC” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Pastki qavatlari savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmuasidan iborat koʻp kvartirali turar joy obyektida qurilish-montaj ishlari Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qarori talablariga zid ravishda, yaʼni inspeksiyadan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun xabardor qilish tartibi orqali roʻyxatdan oʻtmagan holda boshlab yuborilgan.

🚨 Oʻrganishlar davomida hudud atrofi profnastil bilan oʻralib, yer ishlari tegishli qoida va meʼyorlarga amal qilinmagan holda olib borilayotganligi aniqlangan va bu bo'yicha MCHJ rahbariga qurilish-montaj ishlarini toʻxtatishga doir ogohlantirish xati yuborilgan.

Hozirda mazkur holat nazoratga olingan boʻlib, qoʻshimcha maʼlumot taqdim qilinadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

😄 "Romitanda kotlovan (handaq) qazish paytida tutash binoning bir qismi qulab tushdi" mavzusida kun.uz saytida eʼlon qilingan xabar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

Holat Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Ma’lum bo’lishicha, qulatilgan mazkur savdo do’koni quruvchiga tegishli bo‘lib, u ushbu hududda ko’p qavatli bino qurishni maqsad qilgan. Bundan anglash mumkinki, obyektning buzilishi tasodif emas, balki avvaldan rejalashtirilgan holda amalga oshirilgan.

Umuman olganda, mazkur obyekt inspeksiyadan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va unda nazorat ishlari doimiy olib borilmoqda. Holat yuzasidan yana qo'shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

😄 Kun.uz saytida 9-oktabr kuni “Toshkent tumanida “dom” qurish maqsadida qazilayotgan kotlovan-handaq sabab qoʻshni hovlining bir qismi qulab tushdi”, – deya eʼlon qilingan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

Mazkur holat Toshkent viloyati Toshkent tumani “Bahor” MFY hududida “TOSHKENT MEGA STROY” MCHJ tomonidan qurilayotgan koʻp xonadonli turar joy majmuasi qurilishiga yondosh  hududda sodir boʻlgan. 

Qurilish tashkiloti tomonidan handaq (kotlavan) qazish ishlari  davomida  texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik  oqibatida mazkur holat yuzaga kelgan. 

Yondosh hududdagi uy egasining asosiy turar joyiga hech qanday zarar yetmagan.  Faqatgina oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmaning devor qismi buzilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning 26-sentabrida Fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumani sudining  ichki yoʻlga oʻzboshimchalik bilan  qurib olingan  noqonuniy xoʻjalik binolarini fuqaro hisobidan buzdirish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingan. 

🔗 Yuqoridagi holat yuzasidan inspeksiya tomonidan nizoli holatlar boʻyicha sudning yakuniy qarori chiqqunga qadar obyektda qurilish ishlari toʻxtatildi.

Qurilishi olib borilayotgan obyektga Toshkent tumani Qurilish boʻlimidan ruxsatnoma berilgan.

2023-yil 22-iyundagi Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻiga asosan loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi hamda  ekspertizaning xulosalari taqdim etilgan. Obyekt Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

🗣 Kun.uz saytining telegram kanalida e'lon qilingan "Loydan qurilayotgan "dom" nomli xabar Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o'rganildi.

Andijon viloyatining Izboskan tumanida “Izzatbek savdo kapital” MCHJ tomonidan qurilayotgan 4 ta besh qavatli uy-joylar inspeksiya tomonidan 2020-yilda roʻyxatga olingan. Mazkur uylarning 1 tasi 2020-yil 15-oktabrda foydalanishga qabul qilingan. Qolgan 3 tasida hozirda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda va ular bugungi kunga qadar hududiy inspeksiya tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan.

O’rganishlar davomida 2 va 4-sonli turar-joy binolarining qurilish-montaj ishlarida shaharsozlik norma va qoidalarining buzilishi hamda tasdiqlangan loyiha hujjatlaridan chetga chiqish holatlari aniqlangan.

Qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachi-pudratchi tashkilot rahbariga bir necha marotaba yozma koʻrsatma berilgan. Lekin ushbu koʻrsatmalar ijrosi taʼminlanmaganligi sababli 2-3 va 4-sonli uylarning qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisida qoʻshimcha yozma koʻrsatma taqdim etillgan. Qoidabuzarliklar o’z muddatida va belgilangan tartibda bartaraf etilmaganligi bois MCHJning mas’ullariga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.

Shuningdek, mazkur uy-joylar belgilangan qoidalarga rioya qilinmagan holda qurilayotgani, inson salomatligiga xavf keltirib chiqarishi mumkinligi inobatga olinib, obyektga laboratoriya jalb qilingan hamda sinov tekshiruvlari o’tkazilgan.

⚫️Belgilangan xulosa asosida MCHJga nisbatan Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritilib, 2024-yil 20-avgustdagi hal qiluv qaroriga asosan “Izzatbek savdo kapital” MCHJga 2-uyning 5-qavatini, 4-uyning 5-qavati tashqi devorlarini va 4-uyning 3-4-5-qavatlarida ichki toʻsuvchi gazoblok devor konstruksiyalarini demontaj qilish majburiyati yuklatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda loydan qurilayotgan “dom” deya eʼtirof etilgan 4-sonli turar joy binosining 5-qavatidagi barcha tuproq suvli qorishmadan barpo etilgan devorlari, bundan tashqari 4-uyning 3-4-5-qavatlarida ichki toʻsuvchi gazoblok devor konstruksiyalari toʻliq demontaj qildirilgan.

Albatta hududiy inspeksiya tomonidan mazkur uy-joylarning qurilishi boʻyicha davlat nazorati davom ettiriladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

😎 Ijtimoiy tarmoqlarda “Sergelida 5 yildan beri gazsiz yashayotgan novostroykadagilar”, - deya odamlarning eʼtirozlari aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Yangihayot tumani Yoʻldosh-6 mavzesidagi ushbu turar joy “ERAM QURILISH” MCHJga tegishli boʻlib, obyektda qurilish-montaj ishlari Hukumatning tegishli qarori asosida inspeksiyani xabardor etmagan holda oʻzboshimchalik bilan boshlab yuborilgan. Ushbu holat yuzasidan “ERAM QURILISH” MCHJga nisbatan 2021-yil 7-iyul kuni yozma koʻrsatma berilgan. Biroq belgilangan kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmagach, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi 7-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi sababli MCHJ rahbariga sud organlari tomonidan jazo chorasi bilan bogʻliq qaror chiqarilgan. Xususan, mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasiga xatlar joʻnatilgan.

Shuningdek, 2024-yilning 12-iyulida ushbu obyektga tekshiruv oʻtkazish maqsadida chiqilganida qurilish ishlari toʻxtatilganligi aniqlangan va qurilishga javobgar mansabdor shaxslar joyiga yetib kelmaganligi sababli xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzilgan.

2024-yil 5-noyabrda yana monitoring oʻtkazilgan hamda holat yuzasidan “ERAM QURILISH” MCHJga yozma koʻrsatma yuborilgan. Hozirgi kunda inspeksiya mazkur holat bo'yicha sud organlariga tegishli tartibda chora koʻrilishi yuzasidan daʼvo arizasi kiritmoqda.

😎 Quruvchi tashkilot va fuqarolar (subinvestor) oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlari bajarilishini nazorat qilish hududiy inspeksiya vakolatiga kirmaydi va mazkur qurilish obyekti inspeksiya roʻyxatidan oʻtmaganligi sababli uyning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berilishi tadbirkor “ERAM QURILISH” MCHJning majburiyatidir.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

😎 Ijtimoiy tarmoqlarda “Termizdagi yangi qurilgan domning devori shamoldan koʻchib tushdi” mavzusidagi video tarqaldi. Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan mazkur holat nazoratga olingan.

Maʼlumot uchun, Termiz shahri “Guliston” MFY hududidagi 5 qavatli 20 xonadonli turar joyning tashqi devor yon tomonidan 35-40 m2 qismi kuchli shamol taʼsirida koʻchib tushgan.

Hozirda buyurtmachi-pudratchi tashkilot “Termiz qurilish industriya sanoat” IK tomonidan muammoni bartaraf etish maqsadida barcha kerakli qurilish materiallari olib kelingan va tegishli ishlar olib borilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

😎 Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan “Orient Devise” MCHJ tomonidan qurilayotgan obyekt, Shayxontohur tumani “Ilg’or” MFY 21-uy manzilida joylashgan bo'lib, keltitrilgan vajlar Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

Unga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan Shayxontohur tumani Qurilish bo’limi tomonidan 2022-yil 13-dekabrda “Orient Devise” MCHJga “O‘z foydalanishdagi hududda mehmonxona qurish” uchun ruxsatnoma berilgan.

Shunga asosan Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 19-dekabrdagi Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (ART) tayyorlab berilgan.
To‘plangan hujjatlar asosida “Novate Architecture” MCHJ tomonidan tayyorlangan dastlabki eskiz loyiha-smeta hujjatlari mutasaddi tashkilotlar, ya’ni hududiy Sanitariya-epidemiologiya xizmati, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi, Shayxontohur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hududiy Yong‘inga qarshi nazorat xizmati tomonidan berilgan ijobiy xulosalariga asoslangan holda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2023-yil 19-apreldagi hulosasiga asosan eskiz loyiha hujjatlari kelishib berilgan.

Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda mazkur obyektda qurilish jarayonlari davom etayotgan bo‘lib, ushbu 7 qavatli mehmonxona binosi qurilishi Hukumatning 200-sonli qarori 5-ilovasiga muvofiq 2024-yilning 5-yanvarida qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy Inspeksiyadan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirda Inspeksiya tomonidan obyektda tizimli nazorat o‘rnatilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

😎 Bugun “GENERALISSIMUS” telegram kanali orqali eʼlon qilingan “Tadbirkorlik sohasida kichik bir muammoni bartaraf etish toʼgʼrisida”gi murojaat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Maʼlumki, Kompetensiyani rivojlantirish institutida shaharsozlik va uy-joy kommunal soha mutaxassislarini oʼqitish uchun oflayn va masofaviy taʼlim shakllari joriy etilgan. Masofaviy taʼlim shakli uchun institutda maxsus elektron platforma yaratilgan boʼlib, oʼquv kontentlari ushbu platformaga toʼliq joylashtirilgan. Mazkur taʼlim shakli orqali hududlardan keladigan soha mutaxassislarining ortiqcha ovoragarchiliklarining (Toshkent shahriga kelib-ketish, mehmonxona, oziq-ovqat va boshqa toʼlov xarajatlari) oldi olinmoqda.

Shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy boshqarmalarida tinglovchilarning yakuniy test sinovlarini topshirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Yana shuni maʼlum qilamizki, tegishli qaror ijrosi yuzasidan 2024-yilda Namangan, Fargʼona va Аndijon viloyatlaridagi soha mutaxassislarini oʼqitish uchun Namangan shahrida, Samarqand, Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi mutaxassislar uchun Samarqand shahrida Kompetensiyani rivojlantirish institutining filiallari tashkil etilgan va bugungi kunda oʼz faoliyatini koʼrsatmoqda.

➡️ Ushbu filiallarda buyurtmachi tashkilotlarning texnik nazoratchilari, pudrat tashkilotlarining ichki nazoratchilari, loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislari, shuningdek, loyiha bosh arxitektorlari va bosh muhandislari kabi mutaxassislarni oʼqitish yoʼlga qoʼyilgan.

🗺Yaqin kunlarda Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun Nukus shahrida, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi mutaxassislarni oʼqitish uchun Termiz shahrida filiallarni tashkil qilish boʼyicha ishlar olib borilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

😎 Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida joylashgan "Beshyogʼoch" dehqon bozori buzilib, uning oʼrnida yirik biznes markazi quriladi", - degan xabar tarqaldi.

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi ushbu maʼlumotni mutlaqo haqiqatga toʼgʼri kelmasligini maʼlum qiladi. Gap shundaki, endilikda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan barcha qurilishlarga tasdiqlangan Bosh rejaga muvofiq ruxsat beriladi. Poytaxt Bosh rejasiga koʼra ushbu rennovatsiya hududida 9 qavatgacha bino qurilishi belgilangan. Hozirda mazkur hududda "yirik biznes markazi"ning qurilishiga oid ruxsatnoma yoki Arxitektura rejalashtirish topshirigʼi mavjud emas.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📱 Ijtimoiy tarmoqlarda “Bektemir tumani “Suvsoz” dahasidagi yangi qurilayotgan uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi” mavzusida e’lon qilinayotgan material yuzasidan ma’lumot:

Toshkent shahri Bektemir tumani “Iyk ota” massivida qurilayotgan ko’p qavatli uylarning birini oldida yong’in sodir bo’ldi. Qurilish materiallari (penopleks) va qurilishdan chiqqan ortiqcha chiqindilar yonishi oqibatida kuzatilgan holat tezda bartaraf etilgan. Yong’in natijasida hech kim talofat ko’rmagan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

😄Kun.uz” internet sayti tomonidan eʼlon qilingan “Fargʻonada hovlilar orasida 5 qavatli “dom” qurildi. Aholining shikoyatlari natijasiz qolmoqda” nomli maqola yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Fargʻona shahri “Bahor” mahallasi Sanoat koʻchasi 36-uyda joylashgan yer maydonida tadbirkor tomonidan mavjud bino-inshootlarni buzib, oʻrniga besh qavatli savdo va maishiy xizmat koʻrsatish hamda ofis bino-inshootlarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur obyekt uchun Fargʻona shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan 2023-yil 18-mayda rasmiy ruxsatnoma berilgan. Shundan soʻng Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi tayyorlanib, Shaharsozlik kengashining ijobiy xulosasi asosida loyiha tasdiqlangan va ekspertiza xulosasidan soʻng tegishli ruxsatnoma asosida qurilish ishlari boshlangan.

Inspeksiya mutaxassislari tomonidan ish reja hamda fuqarolarning murojaatiga asosan obyekt monitoringdan oʻtkazilganda qurilish belgilangan maʼmuriy reglament talablariga zid ravishda boshlangani aniqlangan. Xususan, qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisidagi xabarnoma oʻz vaqtida topshirilmagan. Shu bois 2023-yil 12-dekabrda obyektda qurilish ishlari vaqtinchalik toʻxtatilgan va qonunbuzar shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanilgan.

2024-yilning 31-mart kuni tadbirkor qurilish obyektini qayta roʻyxatdan oʻtkazib, ishlarni yana davom ettirgan.

Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi Shaharsozlik kengashi tomonidan Shaharsozlik kodeksiga asosan atrofdagi turar va noturar obyekt egalariga noqulayliklar yetkazmaslik hamda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish va atrofdagi turar hamda noturar obyekt egalari bilan kelishish sharti bilan 2023-yil 12-iyunda ijobiy xulosa berilgan. Ammo tadbirkor 5 qavatli bino qurilishi uchun yon atrofdagi fuqarolarning barchasidan rozilik tilxati taqdim qilmagan va shu bois boshqarmaning 2024-yil 22-apreldagi yigʻilish bayoniga asosan Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2023-yil 12-iyundagi xulosasi bekor qilingan. Shuningdek, inspeksiya tomonidan tadbirkorga 2024-yil 3-may kuni qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma berilib, qurilish ishlari toʻxtatilgan.

Tadbirkor “Hi-Tech Architect” xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini qaytadan Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi huzuridagi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organiga koʻrib chiqish uchun yuborgan.

Mazkur loyiha-taklif koʻrib chiqilib, ma'qullangan. Loyiha-smeta hujjatlari "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” Respublika markazi DM tomonidan ekspertizadan oʻtkazilgan va obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborilib, inspeksiya roʻyxatidan qayta oʻtkazilgan.

Fuqarolar noroziligiga sabab bo’layotgan holat yuzasidan sudga murojaat qilishlari maqsadga muvofiqligini bildiramiz.

Shuningdek, yana o’rganish ishlari yuzasidan qo’shimcha tafsilotlarni ma’lum qilamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM