QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
24K photos
4.26K videos
293 files
9.87K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹 #Onlayn Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva poytaxtimizning Mirzo Ulug’bek tumanida bo’lib, boshqaruv organlari faoliyatini o’rganmoqda. Xususan, dastlabki manzilda “Oqqo’rg’on servis” BSK faoliyati ko’zdan kechirildi. Boshqaruv organi tomonidan ko’p qavatli…
📹 #Onlayn

📌 Ikkinchi manzil Mirzo Ulug’bek tumanidagi 17 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi “Billurabonu” boshqaruv organi bo’ldi.

Ozoda Jo’rayeva boshqaruv organining binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Xizmatlar, xodimlar uchun maxsus xonalar va moddiy texnika bazasini bino ichida kompleks joylashtirish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, boshqaruv organiga qarashli hududlar ko’zdan kechirilib, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Ko’p qavatli uylarning yerto’lasi, kirish yo’laklari ham o’rganildi. Ishni tizimli tashkil etish va xizmat ko’rsatish salmog’ini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

- Agar boshqaruv organi faoliyatida tartib bo’lsa, ish samarasi ortib boraveradi. Bugungi raqobat muhitida muvozanatni to’gri boshqarish muhim ahamiyatga ega,- dedi O.Jo’rayeva.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #Onlayn

📌Mirobod tumanidagi keyingi manzil “Servis uyutniy dom” BSK

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 #Onlayn

➡️Obodonlashtirish tadbiri — birligimiz ramzi!

Bugun Olmazor tumanida “Qoraqamish yuksalish servis” kompaniyasi tashabbusi bilan navbatdagi obodonlashtirish hashari tashkil etildi.

Tashabbuskor kompaniya xodimlari va mahalla aholisi birgalikda hududni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, atrof-muhitni yanada chiroyli qilish ishlarini amalga oshirdi.

Bunday tadbirlar nafaqat atrof-muhitni obod qilish, balki aholi o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Tabiatni asraylik — kelajakka beg‘ubor muhit qoldiraylik!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹 #Onlayn 📌 Ikkinchi manzil Mirzo Ulug’bek tumanidagi 17 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi “Billurabonu” boshqaruv organi bo’ldi. Ozoda Jo’rayeva boshqaruv organining binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Xizmatlar, xodimlar uchun maxsus…
📹 #Onlayn

📍Mirzo Ulug’bek tumanidagi 112 ta ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi “Imona baraka” BSK faoliyati ham vazir o’rinbosari tomonidan o’rganildi.

Kompaniyaning ish faoliyati, aholiga yaratilgan qator sharoit va qulayliklar ijobiy baholandi. Shu bilan birga ish samaradorligini oshirish yuzasidan qo’shimcha topshiriqlar berilib, servis xizmatlarni oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Kirish yo’laklaridagi eshiklarga kompaniyaga oid zarur ma’lumotlarni joylashtirish, aholi bilan doimiy kommunikatsiya olib borish tizimini yo’lga qo’yish kerakligi qayd etildi.

Shuningdek, kompaniyaning zamonaviy boshqaruv binosini qurish, aholi va ishchilarga qulay sharoit yaratish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #Onlayn

🏘 Ayni damda vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi vakillari, Yashnobod tumani hokimi hamda boshqa mutasaddilar poytaxtimizning Yashnobod tumanida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishmoqdalar.

Mas’ullar tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlar, ko’p qavatli uylarning texnik holati va galdagi muhim vazifalar muhokama qilinmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

Mutasaddilar Yashnobod tumani “Uysozlar” mahallasidagi holat bilan tanishmoqdalar.

32 ta ko’p qavatli uydan iborat mazkur mahallada olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar qatori mavjud kamchiliklar ham aniqlandi.

Xususan, hududda mulkdorlar tomonidan ta’mirlashdan keyingi chiqindilarni olib chiqib tashlash holatlari ko’p kuzatildi. Ozoda Jo’rayeva aholi bilan kommunikatsiya yetishmasligi, targ’ibot ishlari pastligini tanqid qildi.

- Mana hududlarda shuncha o’zgarishlar bo’lyapti, ammo, ba’zi mulkdorlar haligacha oddiy yashash qoidalarini o’zlashtira olmayapti. Shu bois ko’proq targ’ibot ishlarini olib borishimiz kerak. Ogohlantirishlarga qaramay, qoidabuzarlik qilayotganlaga chora ko’rish mexanizmini ishlab chiqishimiz lozim, - dedi Ozoda Jo’rayeva.

Administratsiya va hokimlik vakillari ham tizimni yaxshilash yuzasidan mas’ullarga o’zlarining tavsiyalarini berib o’tdilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

🏘 Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda hokimlik vakillari bilan monitoring ishlarini Yashnobod tumani Amir Temur nomidagi mahallada davom ettirmoqdalar.

Mazkur mahalladagi 90 ta ko’p qavatli uyga “Lmm eco” boshqaruv organi tomonidan xizmat ko’rsatiladi. Kompaniyaning ish faoliyati o’rganilar ekan, uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish bo’yicha qator kamchiliklar aniqlandi. Xususan, hudud bòylab o’tgan ariqlar va ko’kalamzorlashtirish obyektlarida chiqindilar mavjud. Bugun hashar e’lon qilinganiga qaramay, e’tiborsiz qolgan joylar juda ko’p.

Mutasaddilar mazkur holatlarni oldini olish yuzasidan kompaniya vakillariga qat’iy topshiriqlar berdilar.

Shuningdek, hududda “Obod mahalla” dasturi asosida olib borilayotgan ta’mirlash-tiklash ishlari ham ko’zdan kechirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

🏘 Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva bugungi o’rganish ishlarini poytaxtimizning Uchtepa tumanidan boshladi.

Ta’kidlab kelayotganimizdek, vazirlik mutasaddilari tomonidan joylarda aholiga xizmat ko’rsatish tizimi, boshqaruv organlaring bugungi talablarga qanchalik javob berilayotgani monitoring qilinmoqda. Shuningdek, obodonlashtirish hashari doirasidagi ularning faoliyati ko’zdan kechirilmoqda.

Ilk manzil - “Yosh avlod build servis” BSK. Bugungi kunda 40 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatadi. Har tomonlama qulay binosiga ega kompaniya aholiga 24/7 ish rejimida xizmat ko’rsatmoqda.

Hozirda kompaniya tomonidan uylar atrofida xavfsizlik va tartibni oshirish choralari ko’rilmoqda. Aynan Ozoda Jo’rayeva topshirig’i asosida kirish yo’laklariga kuzatuv kameralari, energotejamkor yoritgichlar, domofon qurilmalari hamda zarur e’lonlar taxtasi joylashtirilmoqda.

Hududlarni obodonlashtirish bo’yicha ham belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda. O.Jo’rayeva mazkur faoliyatni yanada kuchaytirish barobarida qo’shimcha servis xizmatlarini oshirish hisobiga moliyaviy erkinlikka erishish lozimligini qayd etdi:

- Zamon rivojlangani sari servis xizmatlarga bo’lgan talab ham ortib boraveradi. Biz aholining mana shunday ehtiyojlaridan oqilona foydalanishimiz va xizmatlar qamrovini oshirishimiz lozim, - dedi vazir o’rinbosari.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

📍Keyingi manzil - “Dream house” BSK, bugungi kunda Uchtepa tumanidagi 45 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatib kelmoqda.

O’rganish jarayonlari tanqidiy kechdi. Chunki hududlarda yetarlicha obodlikka qaralmagan, tutash yo’llar bo’ylab o’tga ariqlar tozalanmagan. Ozoda Jo’rayeva mazkur kamchiliklarni keskin tanqid qildi va boshqaruv organlari saranjomlikka e’tibor qaratishi lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, uylarning texnik holatidagi kamchiliklar va kirish yo’laklarida mavjud ta’mirtalab joylarni tez fursatlarda bartaraf etish bo’yicha topshiriqlar berildi.

Uylarning energosamaradorligini oshirishning birlamchi qoidalariga amal qilish kerakligi alohida eslatib o’tildi. Jumladan, energotejamkor lampalar o’rnatish, farmuga oynalarini yangilash, kirish eshiklari zich yopilishini ta’minlash kerakligi qayd etildi.

Aholi bilan hamjihatlikda ishlash, ular bilan kommunikativ aloqalarni mustahkamlash bo’yicha tavsiyalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM