QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.2K photos
3.88K videos
288 files
9.15K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar

📍 Shahar bedarvoza emas. Ayrim fuqarolar ko‘p qavatli uylarning tayanch devorlarini o‘zgartirishning  zararli oqibatlarini  bilishsa-da, belgilangan talablarga bepisandlik bilan qarashadi.  Xususan, Samarqand shahrida  o‘zboshimchalik bilan binoning tayanch devorlarini o‘zgartirayotgan holatlar ham uchrab turibdi.

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan shu kabi holatlarni oldini olish maqsadida aholi murojaatlariga asosan reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Shuningdek, Samarqand shahar Rudakiy ko‘chasidagi 120-ko‘p qavatli uyning mulkdori o‘zboshimchalik bilan binoning devor konstruksiyasini buzib, uyning old tutash hududidan qo‘shimcha qurilma qurganligi aniqlandi va ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga holatni bartaraf qilib, oldingi holatiga qaytarish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Xususan, Rudakiy ko‘chasidagi 132-ko‘p qavatli uyning mulkdori ham o‘ziga tegishli xonadonning ichki tayanch va to‘siq konstruksiyalarini hamda uyning fasad qismidagi 2 ta deraza joyini buzib, o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda eshik ochganligi aniqlandi.

Yana bir holatda esa Samarqand shahar Damariq-1 mahallasi Narpay ko‘chasidagi 77-sonli ko‘p qavatli uyning umumiy foydalanishdagi konstruksiyasi ya‘ni zina qismini ushbu uyning mulkdori shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, tegishli tashkilotlarning ruxsatisiz buzib tashlagani ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Inspeksiya tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 159-moddasi 3 qismiga asosan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. Ushbu holatlarni huquqbuzarlar o‘z ixtiyori bilan texnik shartlar asosida oldingi holatiga kuchaytirilgan tartibda qaytarishi yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar taqdim qilindi.

Agarda ko‘rsatmada berilgan muddat ichida huquqbuzarlar holatni bartaraf qilib oldingi holatiga qaytarmasa, majburiy tartibda bartaraf qilish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da'vo arizalari kiritiladi.

Inspeksiya tomonidan viloyat bo‘ylab yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish maqsadida reyd tadbirlari davom etmoqda.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💐#Bayram_shukuhi

🎉 Qurilish sohasi xodimlari taqdirlanmoqda

#Samarqand

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Kuz_qish

🏢 KO‘P QAVATLI UYLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLANMOQDA

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🚨 Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ichimlik suvi inshootlarida isteʼmolchilarga yetkazilayotgan ichimlik suvini zararsizlantirish holati oʻrganilmoqda.

Xususan, o‘tkazilgan monitoringlar davomida Urgut tuman tibbiyot birlashmasida yer ostidan olingan suv zararsizlantirilmasdan hamda  ichimlik suvi sifati kafolatlanmagan holda foydalanilayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, jarayonda inshootning sanitariya muhofaza zonasi himoya devorlari bilan o'ralmagani va yer osti suvlaridan foydalanish bo'yicha ularda maxsus ruxsatnoma mavjud emasligi ma'lum bo'ldi.

🔴 Mazkur holat yuzasidan Inspeksiya tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi masʼuliga nisbatan MJTKning 72-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima choralari qo'llanildi.

#SAMARQAND

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hashar_elga_yarashar

Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib an‘ana bor. Bu odat yillar o‘tsaki, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Boisi unda xalqimizning birdamligi, ahilligi namoyon bo‘ladi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab “Mahalla obod-yurt obod” shiori ostida oʻtkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari ham xayrixohlik bilan ishtirok etishdi. 

Ishchi xodimlar erta tongdan boshqarma hovlisida tozalash ishlarini olib borishdi. Bu yerdagi yo‘l chetlari va ariq bo‘ylari tozalanib, daraxtlar tagi yumshatildi, atrof toza va orasta maskanga aylantirildi.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Самарқандга ташриф буюриб, Имом Бухорий мақбарасини зиёрат қилди, мажмуадаги қурилиш ва пардозлаш ишлари билан танишди.

По прибытии в Самарканд Президент Шавкат Мирзиёев посетил мавзолей Имама Бухари и ознакомился с проводимой в комплексе строительной и отделочной работой.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #ImomBuxoriy

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#REYD

🚨 Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi va “Samarqand suv ta’minoti” AJ xodimlari hamkorlikda suv tarmog’iga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlarini aniqlash bo‘yicha Jomboy tumanida reyd tadbirlarini o‘tkazishdi.

Jumladan, o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida tumanning “Xolvoyi” MFY hududida joylashgan “Chalaqo‘rg‘on” oilaviy shifokorlik punkti ichimlik suvi tarmog‘idan o‘zboshimchalik bilan foydalanayotgani hamda suv hisoblagich uskunasi ro‘yxatdan o‘tkazilmagani va muhrlanmaganligi aniqlandi.

🔴 Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan tashkilot mas'ullariga ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, holatlar joyida inspeksiya xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Bu kabi nazorat tadbirlari viloyatning har bir hududida davom etmoqda.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

⚠️ Investitsiya dasturi doirasida qurilayotgan ijtimoiy soha obyektlarida qurilish ishlarining borishi o‘rganildi

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Umar Mirzayev Urgut tumanida bo‘lib, tegishli mas‘ullar ishtirokida hududda bunyod etilayotgan ijtimoiy soha obyektlari, xususan, umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Asosan olib borilayotgan ishlarning sifatiga e’tibor qaratilib, qurilishni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Kuz_qish

🌧❄️ Hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg’in davom etmoqda.

Xususan, viloyatimizda faoliyat olib borayotgan boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Nurobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Nur sifat kommunal xizmati” BSK tomonidan Amir Temur mahallasidagi 37-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismi ta‘mirlandi.

Shuningdek, Kattaqo‘rg’on shahrida faoliyat yurituvchi “Miyonqul smart” boshqaruv kompaniyasi - MCHJ tomonidan Bobur ko‘chasidagi 2-sonli ko‘p qavatli uyning kirish yo‘laklari ta'mirlanib, yo'laklarga beton qoplamasi yotqizildi.

Bundan tashqari Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Maftunkor kimyogar” BSK tomonidan Narpay ko‘chasidagi 15-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismida ta'mirlash ishlari olib borildi.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Samarqand shahrida o’tkazilgan reyd tadbiri davomida viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Beruniy ko‘chasidagi 44-uyning mulkdorlari oʻzboshimchalik bilan binoning tayanch va to‘siq konstruksiyalarini buzib, orqa tomondan eshik ochgani va tutash hududda qurilish ishlarini olib borganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga tegishli choralar ko‘rilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

😇Agar belgilangan muddatda fuqarolar holatni bartaraf qilib, tayanch devorini avvalgi ko’rinishga keltirmasa, inspeksiya tomonidan tegishli hujjatlar to‘planib, majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da'vo arizalari kiritiladi.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

😄 OAV vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirokida press-tur tashkil qilindi

Bugun Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasi tomonidan OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik faollari ishtirokida press-tur o'tkazilmoqda.

🗺 Unda Urgut tumanidagi “Yangi O’zbekiston” massivi hududida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari to’g’risida ma’lumot berib o’tilyapti.

Ayni paytda press-tur davom etmoqda.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍Inson qadri uchun. Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida yuzlab oilalar yangi yilni yangi uylarda kutib olishadi. Hududda barpo etilgan "Yangi Oʻzbekiston" massivi aholi uchun bayram tuhfasi boʻldi.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd

🚨 Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda viloyat "Suv ta'minoti" xodimlari bilan hamkorlikda ichimlik suvidan besamar foydalanish hamda ichimlik suvi tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish holatlarini oldini olish maqsadida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨 Samarqandda o’tkazilgan reyd tadbirlari davomida ko'p qavatli uyning asosiy konstruksiyalariga zarar yetkazish holatlari aniqlandi

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM