#MUNOSABAT
😎 Ijtimoiy tarmoqlarda “Termizdagi yangi qurilgan domning devori shamoldan koʻchib tushdi” mavzusidagi video tarqaldi. Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan mazkur holat nazoratga olingan.
Maʼlumot uchun, Termiz shahri “Guliston” MFY hududidagi 5 qavatli 20 xonadonli turar joyning tashqi devor yon tomonidan 35-40 m2 qismi kuchli shamol taʼsirida koʻchib tushgan.
Hozirda buyurtmachi-pudratchi tashkilot “Termiz qurilish industriya sanoat” IK tomonidan muammoni bartaraf etish maqsadida barcha kerakli qurilish materiallari olib kelingan va tegishli ishlar olib borilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT
😎 Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan “Orient Devise” MCHJ tomonidan qurilayotgan obyekt, Shayxontohur tumani “Ilg’or” MFY 21-uy manzilida joylashgan bo'lib, keltitrilgan vajlar Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.
Unga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan Shayxontohur tumani Qurilish bo’limi tomonidan 2022-yil 13-dekabrda “Orient Devise” MCHJga “O‘z foydalanishdagi hududda mehmonxona qurish” uchun ruxsatnoma berilgan.
Shunga asosan Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 19-dekabrdagi Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (ART) tayyorlab berilgan.
To‘plangan hujjatlar asosida “Novate Architecture” MCHJ tomonidan tayyorlangan dastlabki eskiz loyiha-smeta hujjatlari mutasaddi tashkilotlar, ya’ni hududiy Sanitariya-epidemiologiya xizmati, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi, Shayxontohur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hududiy Yong‘inga qarshi nazorat xizmati tomonidan berilgan ijobiy xulosalariga asoslangan holda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2023-yil 19-apreldagi hulosasiga asosan eskiz loyiha hujjatlari kelishib berilgan.
Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda mazkur obyektda qurilish jarayonlari davom etayotgan bo‘lib, ushbu 7 qavatli mehmonxona binosi qurilishi Hukumatning 200-sonli qarori 5-ilovasiga muvofiq 2024-yilning 5-yanvarida qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy Inspeksiyadan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirda Inspeksiya tomonidan obyektda tizimli nazorat o‘rnatilgan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Unga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan Shayxontohur tumani Qurilish bo’limi tomonidan 2022-yil 13-dekabrda “Orient Devise” MCHJga “O‘z foydalanishdagi hududda mehmonxona qurish” uchun ruxsatnoma berilgan.
Shunga asosan Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 19-dekabrdagi Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i (ART) tayyorlab berilgan.
To‘plangan hujjatlar asosida “Novate Architecture” MCHJ tomonidan tayyorlangan dastlabki eskiz loyiha-smeta hujjatlari mutasaddi tashkilotlar, ya’ni hududiy Sanitariya-epidemiologiya xizmati, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi, Shayxontohur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hududiy Yong‘inga qarshi nazorat xizmati tomonidan berilgan ijobiy xulosalariga asoslangan holda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2023-yil 19-apreldagi hulosasiga asosan eskiz loyiha hujjatlari kelishib berilgan.
Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda mazkur obyektda qurilish jarayonlari davom etayotgan bo‘lib, ushbu 7 qavatli mehmonxona binosi qurilishi Hukumatning 200-sonli qarori 5-ilovasiga muvofiq 2024-yilning 5-yanvarida qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy Inspeksiyadan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirda Inspeksiya tomonidan obyektda tizimli nazorat o‘rnatilgan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT
😎 Bugun “GENERALISSIMUS” telegram kanali orqali eʼlon qilingan “Tadbirkorlik sohasida kichik bir muammoni bartaraf etish toʼgʼrisida”gi murojaat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:
Maʼlumki, Kompetensiyani rivojlantirish institutida shaharsozlik va uy-joy kommunal soha mutaxassislarini oʼqitish uchun oflayn va masofaviy taʼlim shakllari joriy etilgan. Masofaviy taʼlim shakli uchun institutda maxsus elektron platforma yaratilgan boʼlib, oʼquv kontentlari ushbu platformaga toʼliq joylashtirilgan. Mazkur taʼlim shakli orqali hududlardan keladigan soha mutaxassislarining ortiqcha ovoragarchiliklarining (Toshkent shahriga kelib-ketish, mehmonxona, oziq-ovqat va boshqa toʼlov xarajatlari) oldi olinmoqda.
Shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy boshqarmalarida tinglovchilarning yakuniy test sinovlarini topshirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Yana shuni maʼlum qilamizki, tegishli qaror ijrosi yuzasidan 2024-yilda Namangan, Fargʼona va Аndijon viloyatlaridagi soha mutaxassislarini oʼqitish uchun Namangan shahrida, Samarqand, Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi mutaxassislar uchun Samarqand shahrida Kompetensiyani rivojlantirish institutining filiallari tashkil etilgan va bugungi kunda oʼz faoliyatini koʼrsatmoqda.
➡️ Ushbu filiallarda buyurtmachi tashkilotlarning texnik nazoratchilari, pudrat tashkilotlarining ichki nazoratchilari, loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislari, shuningdek, loyiha bosh arxitektorlari va bosh muhandislari kabi mutaxassislarni oʼqitish yoʼlga qoʼyilgan.
🗺 Yaqin kunlarda Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun Nukus shahrida, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi mutaxassislarni oʼqitish uchun Termiz shahrida filiallarni tashkil qilish boʼyicha ishlar olib borilmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Maʼlumki, Kompetensiyani rivojlantirish institutida shaharsozlik va uy-joy kommunal soha mutaxassislarini oʼqitish uchun oflayn va masofaviy taʼlim shakllari joriy etilgan. Masofaviy taʼlim shakli uchun institutda maxsus elektron platforma yaratilgan boʼlib, oʼquv kontentlari ushbu platformaga toʼliq joylashtirilgan. Mazkur taʼlim shakli orqali hududlardan keladigan soha mutaxassislarining ortiqcha ovoragarchiliklarining (Toshkent shahriga kelib-ketish, mehmonxona, oziq-ovqat va boshqa toʼlov xarajatlari) oldi olinmoqda.
Shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy boshqarmalarida tinglovchilarning yakuniy test sinovlarini topshirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Yana shuni maʼlum qilamizki, tegishli qaror ijrosi yuzasidan 2024-yilda Namangan, Fargʼona va Аndijon viloyatlaridagi soha mutaxassislarini oʼqitish uchun Namangan shahrida, Samarqand, Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi mutaxassislar uchun Samarqand shahrida Kompetensiyani rivojlantirish institutining filiallari tashkil etilgan va bugungi kunda oʼz faoliyatini koʼrsatmoqda.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT
😎 Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent shahri Chilonzor tumani hududida joylashgan "Beshyogʼoch" dehqon bozori buzilib, uning oʼrnida yirik biznes markazi quriladi", - degan xabar tarqaldi.
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi ushbu maʼlumotni mutlaqo haqiqatga toʼgʼri kelmasligini maʼlum qiladi. Gap shundaki, endilikda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan barcha qurilishlarga tasdiqlangan Bosh rejaga muvofiq ruxsat beriladi. Poytaxt Bosh rejasiga koʼra ushbu rennovatsiya hududida 9 qavatgacha bino qurilishi belgilangan. Hozirda mazkur hududda "yirik biznes markazi"ning qurilishiga oid ruxsatnoma yoki Arxitektura rejalashtirish topshirigʼi mavjud emas.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT
📱 Ijtimoiy tarmoqlarda “Bektemir tumani “Suvsoz” dahasidagi yangi qurilayotgan uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi” mavzusida e’lon qilinayotgan material yuzasidan ma’lumot:
Toshkent shahri Bektemir tumani “Iyk ota” massivida qurilayotgan ko’p qavatli uylarning birini oldida yong’in sodir bo’ldi. Qurilish materiallari (penopleks) va qurilishdan chiqqan ortiqcha chiqindilar yonishi oqibatida kuzatilgan holat tezda bartaraf etilgan. Yong’in natijasida hech kim talofat ko’rmagan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Toshkent shahri Bektemir tumani “Iyk ota” massivida qurilayotgan ko’p qavatli uylarning birini oldida yong’in sodir bo’ldi. Qurilish materiallari (penopleks) va qurilishdan chiqqan ortiqcha chiqindilar yonishi oqibatida kuzatilgan holat tezda bartaraf etilgan. Yong’in natijasida hech kim talofat ko’rmagan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT
😄 “Kun.uz” internet sayti tomonidan eʼlon qilingan “Fargʻonada hovlilar orasida 5 qavatli “dom” qurildi. Aholining shikoyatlari natijasiz qolmoqda” nomli maqola yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi:
Fargʻona shahri “Bahor” mahallasi Sanoat koʻchasi 36-uyda joylashgan yer maydonida tadbirkor tomonidan mavjud bino-inshootlarni buzib, oʻrniga besh qavatli savdo va maishiy xizmat koʻrsatish hamda ofis bino-inshootlarini qurish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur obyekt uchun Fargʻona shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan 2023-yil 18-mayda rasmiy ruxsatnoma berilgan. Shundan soʻng Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi tayyorlanib, Shaharsozlik kengashining ijobiy xulosasi asosida loyiha tasdiqlangan va ekspertiza xulosasidan soʻng tegishli ruxsatnoma asosida qurilish ishlari boshlangan.
Inspeksiya mutaxassislari tomonidan ish reja hamda fuqarolarning murojaatiga asosan obyekt monitoringdan oʻtkazilganda qurilish belgilangan maʼmuriy reglament talablariga zid ravishda boshlangani aniqlangan. Xususan, qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisidagi xabarnoma oʻz vaqtida topshirilmagan. Shu bois 2023-yil 12-dekabrda obyektda qurilish ishlari vaqtinchalik toʻxtatilgan va qonunbuzar shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanilgan.
2024-yilning 31-mart kuni tadbirkor qurilish obyektini qayta roʻyxatdan oʻtkazib, ishlarni yana davom ettirgan.
Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi Shaharsozlik kengashi tomonidan Shaharsozlik kodeksiga asosan atrofdagi turar va noturar obyekt egalariga noqulayliklar yetkazmaslik hamda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish va atrofdagi turar hamda noturar obyekt egalari bilan kelishish sharti bilan 2023-yil 12-iyunda ijobiy xulosa berilgan. Ammo tadbirkor 5 qavatli bino qurilishi uchun yon atrofdagi fuqarolarning barchasidan rozilik tilxati taqdim qilmagan va shu bois boshqarmaning 2024-yil 22-apreldagi yigʻilish bayoniga asosan Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2023-yil 12-iyundagi xulosasi bekor qilingan. Shuningdek, inspeksiya tomonidan tadbirkorga 2024-yil 3-may kuni qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma berilib, qurilish ishlari toʻxtatilgan.
Tadbirkor “Hi-Tech Architect” xususiy korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini qaytadan Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi huzuridagi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organiga koʻrib chiqish uchun yuborgan.
Mazkur loyiha-taklif koʻrib chiqilib, ma'qullangan. Loyiha-smeta hujjatlari "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish” Respublika markazi DM tomonidan ekspertizadan oʻtkazilgan va obyektda qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborilib, inspeksiya roʻyxatidan qayta oʻtkazilgan.
Fuqarolar noroziligiga sabab bo’layotgan holat yuzasidan sudga murojaat qilishlari maqsadga muvofiqligini bildiramiz.
Shuningdek, yana o’rganish ishlari yuzasidan qo’shimcha tafsilotlarni ma’lum qilamiz.

Telegram
Kun.uz | Расмий канал
Фарғонада ҳовлилар орасида 5 қаватли “дом” қурилди. Аҳолининг шикоятлари натижасиз қолмоқда
Тадбиркор Фарғона шаҳри Баҳор маҳалласидаги аҳоли яшаш хонадонлари ўртасида 2 қаватли уй қуриш учун қўшнилардан розилик хати олган. Амалда эса 5 қаватли бино қуришга…

😎 Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv organlarini majburiy tarzda boshqa boshqaruv organlariga biriktirish holatlari kuzatilayotgani, bunda mulkdorlar fikri inobatga olinmayotgani haqida e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
Ko‘p xonadonli uylarga xizmat ko‘rsatish sohasini takomillashtirish, buning asnosida aholiga yanada qulay sharoit yaratishni ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar natijasida bugun sohada sog‘lom raqobat muhiti shakllandi. Aholida ham o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uylarga nisbatan daxldorlik hissi oshib, boshqaruv organidan kerakli xizmatlarni talab qilish, faoliyatini baholash jarayonida faol ishtirok etish madaniyati shakllanmoqda.
Har bir soha davr talabiga mos ravishda doimiy takomillashtirilib borilishi kerak. Bunda sohani yanada qulaylashtirish, undagi ishlamaydigan mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqish, zamonaviy yondashuvlar asosida tizimni tartibga solish muhim ahamiyatga ega.
“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli undagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishida, aholi roziligi asosida belgilanadi.
🏘 Shu bois Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xalq tomonidan tan olinib kelinayotgan boshqaruv organlari faoliyatiga asossiz aralashish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantiradi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Ko‘p xonadonli uylarga xizmat ko‘rsatish sohasini takomillashtirish, buning asnosida aholiga yanada qulay sharoit yaratishni ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar natijasida bugun sohada sog‘lom raqobat muhiti shakllandi. Aholida ham o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uylarga nisbatan daxldorlik hissi oshib, boshqaruv organidan kerakli xizmatlarni talab qilish, faoliyatini baholash jarayonida faol ishtirok etish madaniyati shakllanmoqda.
Har bir soha davr talabiga mos ravishda doimiy takomillashtirilib borilishi kerak. Bunda sohani yanada qulaylashtirish, undagi ishlamaydigan mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqish, zamonaviy yondashuvlar asosida tizimni tartibga solish muhim ahamiyatga ega.
“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli undagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishida, aholi roziligi asosida belgilanadi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT
😎 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Toshkentdagi yangi qurilayotgan binoda yongʻin sodir boʻldi" mavzusidagi holat yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi:
Mazkur qurilish obyektida "Mega Logistics Service" MCHJ buyurtmachi sifatida faoliyat yuritmoqda. Qurilish jarayonida ishchilarning ehtiyotsizligi oqibatida qurilish omboridagi izolatsiya qoplamalari yonib ketgan va mazkur holat yuzasidan hech kimga zarar yetmagan.
Tezkor choralar ko‘rilishi natijasida yong’in darhol bartaraf etilib, qurilish jarayoniga hech qanday jiddiy zarar yetkazilmagan. Hozirda obyektda xavfsizlik choralari yanada kuchaytirilib, ish jarayoni belgilangan talablarga muvofiq davom ettirilishi ko'zda tutilgan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Mazkur qurilish obyektida "Mega Logistics Service" MCHJ buyurtmachi sifatida faoliyat yuritmoqda. Qurilish jarayonida ishchilarning ehtiyotsizligi oqibatida qurilish omboridagi izolatsiya qoplamalari yonib ketgan va mazkur holat yuzasidan hech kimga zarar yetmagan.
Tezkor choralar ko‘rilishi natijasida yong’in darhol bartaraf etilib, qurilish jarayoniga hech qanday jiddiy zarar yetkazilmagan. Hozirda obyektda xavfsizlik choralari yanada kuchaytirilib, ish jarayoni belgilangan talablarga muvofiq davom ettirilishi ko'zda tutilgan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT
😎 Ijtimoiy tarmoqlar orqali Navoiy viloyati Navoiy shahri Islom Karimov ko’chasi 45-uyning issiqlik ta’minoti bilan bog’liq holatlar yuzasidan Navoiy viloyati “Issiqlik manbai” DUK quyidagilarni ma’lum qiladi:
Mazkur manzilda Navoiy viloyati “Issiqlik manbai” DUK hamda mazkur ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan bir necha bor o’rganish ishlari olib borilgan. Hozirda ushbu uylarga issiqlik ta’minotini yetkazib berish sifatini yaxshilash bo’yicha tezkor ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ko’p qavatli uydagi mavjud muammoli holatni tizimli ravishda to’liq modernizatsiya qilish choralari ham muhokama qilinib, bu bo’yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
Navoiy shahri Islom Karimov ko’chasi 45-uy aholisiga keltirilgan noqulaylik tez fursatlarda bartaraf etilishini ma’lum qilamiz.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Mazkur manzilda Navoiy viloyati “Issiqlik manbai” DUK hamda mazkur ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan bir necha bor o’rganish ishlari olib borilgan. Hozirda ushbu uylarga issiqlik ta’minotini yetkazib berish sifatini yaxshilash bo’yicha tezkor ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ko’p qavatli uydagi mavjud muammoli holatni tizimli ravishda to’liq modernizatsiya qilish choralari ham muhokama qilinib, bu bo’yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
Navoiy shahri Islom Karimov ko’chasi 45-uy aholisiga keltirilgan noqulaylik tez fursatlarda bartaraf etilishini ma’lum qilamiz.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT
✈️ Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan “Askiya city” turar joy majmuasida sodir bo‘lgan holat bo‘yicha turli xabarlar tarqalmoqda.
Shu sababli Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
📌 2020-yil may oyida mazkur obyektda olib borilayotgan qurilish ishlari Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga zid ekani aniqlandi. Ya'ni ishlar Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasini xabardor qilmagan holda va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan tarzda boshlangan.
📌 2020-yil 27-mayda inspeksiya tomonidan qurilish ishlarini to‘xtatish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berilgan. Ma'muriy javobgarlikka tortilgan hamda qurilish-montaj ishlari to'xtatilgan.
❗️ Lekin 2024-yil 26-aprel kuni olib borilgan qayta tekshiruv jarayonida ishlar davom etayotgani aniqlangan va qurilish mas'ullari chaqirtirilgan. Ammo ular qurilish obyektiga kelmagan va talab qilingan hujjatlar taqdim etilmagan.
📌 Shu sababli mazkur holat yuzasidan mahalla profilaktika inspektori ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilgan hamda tegishli tekshiruv ishlari yakunlangan. Holatga huquqiy baho berish uchun tegishli huquq-tartibot organlariga da’vo arizalari kiritilgan.
‼️ Bugungi kunda Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan ushbu obyekt bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Shuningdek, obyektda barcha turdagi qurilish va montaj ishlari to‘xtatilgan.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan OAV bilan hamkorlikda obyektning holati bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilgan.