QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.6K subscribers
25.2K photos
4.52K videos
295 files
10.3K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
#BRIFING

📣 DIQQAT! DIQQAT!

✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda “Xavfsiz lift”  yagona idoralararo elektron platformasi joriy qilinishi yuzasidan brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirok etmoqda.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/share/v/1AMTMrV1it/?mibextid=wwXIfr

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤‍🔥1🔥1
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 📣 DIQQAT! DIQQAT! ✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda “Xavfsiz lift”  yagona idoralararo elektron platformasi joriy qilinishi yuzasidan brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirok etmoqda. 🎚️ Brifingni onlayn…
#BRIFING

🟢 “Respublikadagi koʻp kvartirali uylarning lift uskunalarini taʼmirlash va yangilashda belgilangan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Ushbu hujjat bilan koʻp kvartirali uylarda yashovchi aholi xavfsizligini taʼminlanash, lift uskunalarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldi olish maqsadida maʼnan eskirgan va foydalanishga yaroqsiz boʻlgan 2 383 ta lift uskunalari yangilanadi va taʼmirlanadi.

Shuningdek, lift uskunalarini foydalanishga qabul qilishdan oldin ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi subyektlarga respublika hududida kafolatlangan servis xizmatini tashkil qilish talabi qoʻyilmoqda.

🔼 Qolaversa, lift uskunalarida avariya-qutqaruv va aloqani kuchaytirish qurilmasi, kuzatuv kamerasi, avariya holati toʻgʻrisida xabar beruvchi moslamaning mavjud boʻlishi  belgilab qoʻyildi.

Bugungi kunda koʻp kvartirali uylardagi lift uskunalarini 2025-2028-yillarda yangilash va taʼmirlash dasturi tasdiqlandi.
Endilikda yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan koʻp kvartirali uylardagi lift uskunalari  Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tomonidan “Xavfsiz lift”  yagona idoralararo elektron platformasi negizidagi elektron reyestrga kiritilgandan keyingina foydalanishga qabul qilinadi.

Dispetcherlik xizmatini boshqarish, lift uskunalarining texnik holatini monitoring qilish  va avariya holatlarini real vaqt rejimida qayd etadigan “Xavfsiz lift” yagona idoralararoelektron platformasi joriy yil 1-mayidan toʻliq joriy qilinadi.
Ushbu platforma ishga tushirilgach, barcha koʻp kvartirali uylardagi lift uskunalarini real vaqt rejimda kuzatib borish imkoni yaratiladi.
Aholi tomonidan foydalanuvda boʻlgan liftlarning qachon oʻrnatilganligi, qaysi tashkilot tomonidan texnik xizmat koʻrsatilishi,  texnik koʻrikdan oʻtganligiga oid maʼlumotlar kuzatib borish mumkin boʻladi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan respublikadagi 4 427 ta koʻp kvartirali uylardagi 11 428 ta lift uskunalari toʻliq xatlovdan oʻtkazildi. Natijada ekspluatatsiya muddati oʻtab boʻlgan 2 001 ta liftni yangilash va 382 taliftni taʼmirlash kerakligi aniqlandi. Ushbu maqsadlar uchun mahalliy byudjetlar hisobidan 854,6 mlrd soʻm ajratish belgilandi.

Umuman olganda bu boradagi amaliy chora-tadbirlar koʻp kvartirali uylardagi lift uskunalarining texnik holatini tubdan yaxshilash, avariyalarning oldini olish, aholiga havfsiz sharoit yaratish va lift uskunalarini monitoring qilish, shuningdek, zamonaviy dispetcherlik xizmatini koʻrsatish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/share/v/1AMTMrV1it/?mibextid=wwXIfr

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥21
#Brifing

🔴 Mavzu: Vazirlar mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 110-sonli qaroriga muvofiq qurilish obyektlarini roʻyxatga olish muddati 2025-yilning 1-iyuliga qadar uzaytirilishi yuzasidan

Vaqti: 12:00

⭐️ Ishtirok etadi: Saidnosir Usmonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati rahbari 

📍Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1
#BRIFING

📣 DIQQAT! DIQQAT!

✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda Vazirlar mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 110-sonli qaroriga muvofiq qurilish obyektlarini roʻyxatga olish muddati 2025-yilning 1-iyuliga qadar uzaytirilishi yuzasidan brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirok etmoqda.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/share/v/1ALb2HQ8f1/?mibextid=wwXIfr

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤‍🔥1🤩1
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 📣 DIQQAT! DIQQAT! ✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda Vazirlar mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 110-sonli qaroriga muvofiq qurilish obyektlarini roʻyxatga olish muddati 2025-yilning 1-iyuliga qadar uzaytirilishi yuzasidan brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda…
#BRIFING

🟢 Obyektlar loyihalari belgilangan tartibda kelishilmagan va hududiy inspeksiyalar roʻyxatidan oʻtkazilmagan, shuningdek, qurilish-montaj ishlari qisman yoki toʻliq bajarilgan bino va inshootlar boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va hududiy inspeksiyalar roʻyxatidan oʻtkazish hamda shu asosida foydalanishga ruxsat berish Vazirlar mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 110-sonli qaroriga muvofiq qurilish obyektlarini roʻyxatga olish muddati 2025-yilning 1-iyuliga qadar uzaytirildi.

Gap shundaki, bugungi kunda respublika boʻyicha 2 500 dan ortiq ijtimoiy, infratuzilma va ishlab chiqarish obyektlari, koʻp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylarda qurilish-montaj ishlari roʻyxatdan oʻtmagan holda amalga oshirilgan.

Vazirlar mahkamasining 200-son qarori 5-ilovasiga muvofiq qurilish ishlarini roʻyxatga olish jarayonlari davrida qurilish obyektining kengash xulosasi, qurilish ishlari loyiha talablari asosida bajarilganligi, ijobiy ekspertiza xulosasi, shu bilan birga binoning texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi ijobiy xulosalar oliganligi obyektni roʻyxatga olish uchun asos boʻlishi belgilangan.

Yuqoridagi ushbu tartib 2025-yil 24-fevral sanasidan keyin oʻzboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilish obektlariga tadbiq etilmaydi va ushbu qurilish obyektlari roʻyxatga olinmasligini eslatib oʻtamiz.

📌 Inspeksiyani xabardor qilmasdan oʻzboshimchalik bilan noqonuniy tartibda qurilish-montaj ishlarini olib borganlik uchun "Maʼmuriy javobgarlik togʻrisida"gi kodeksning tegishli bandlariga asosan jarima choralari belgilangan. Buyurtmachi hamda pudratchi tashkilot vakillari diqqatiga, ushbu qisqa muddat mobaynida berilgan imkoniyatdan foydalanilgan holda qurilish obyektlarini belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalaridan roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻrab qolamiz.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/share/v/1ALb2HQ8f1/?mibextid=wwXIfr

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 🟢 Obyektlar loyihalari belgilangan tartibda kelishilmagan va hududiy inspeksiyalar roʻyxatidan oʻtkazilmagan, shuningdek, qurilish-montaj ishlari qisman yoki toʻliq bajarilgan bino va inshootlar boʻyicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va…
#BRIFING

Shu oʻrinda sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida mulohaza. Mamlakatimiz qurilish sohasidagi jarayonlarni samarali va shaffof boshqarish maqsadida yangi qurilishlarda davlat nazorati tizimi joriy etilganidan xabaringiz bor. Xoʻsh, tizimning oʻziga xos yangiligi va imkoniyatlari qanday omillarda koʻrinadi?

Dastlab savolnoma tizimiga toʻxtalamiz. Ushbu tizim bilan qurilish jarayonlari bosqichma-bosqich tekshiriladi va har bir ish turi uchun toʻldiriladigan savolnomalar orqali sifat nazorati amalga oshirilib, hujjatlashtirish jarayoni soddalashtiriladi. Tizim qurilish korxonalarining holatini avtomatik baholaydi va reytingi past boʻlgan yoki talabga javob bermaydigan korxonalarga ruxsatnoma bermaydi.

Muhim yangiliklardan yana biri har bir obyekt uchun “QR” kodli pasport joriy etildi. Ushbu kod orqali obyekt haqidagi barcha maʼlumotlarni real vaqt rejimida olish mumkin. Bu respublikadagi barcha fuqaro va jamoat nazorati vakillariga qurilish obyektlari holatini qulay tarzda kuzatish imkonini beradi.

🏠 Obyektni foydalanishga qabul qilish jarayoni ham ancha soddalashtirildi. Eski tizimdagi 27 ta savolnoma bandi oʻrniga, yangi tizimda faqat 7 ta band qoldirilib, jarayonni tezlashtirish va ortiqcha kechikishlarni oldini olishga yordam beradigan tizim ishga tushdi. Qurilish ishtirokchilari uchun interaktiv va qulay kabinetlar ishlab chiqildi. Har bir kabinet foydalanuvchiga moslashtirilgan boʻlib, bu orqali ichki, texnik va mualliflik nazorati hamda inspektorlar uchun alohida imkoniyatlar taqdim etilmoqda.

Qurilish jarayonlari tizim orqali raqamlashtirilib, qoʻshimcha ravishda obyektlar real vaqt rejimida kuzatib boriladi. Yaʼni, inspektor obyektni joyiga chiqib, monitoring qilish bilan birgalikda elektron hujjat va fotosuratlar orqali uni holati boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻldi. Barcha xulosa, yozma koʻrsatma va tasdiqlar elektron hujjat aylanishi orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa qogʻoz hujjatlariga boʻlgan ehtiyojni kamaytirib, jarayonlarni tezlashtirishga yordam beradi.

☺️ Eng muhimi, qurilish jarayonlari "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimiga integratsiya qilinib, jarayonlarning shaffofligi oshirildi va korrupsiya xavfi kamaytirildi. Umuman olganda yangi tizim qurilish jarayonlarini shaffoflashtirish, sifat nazoratini kuchaytirish va jarayonlarni soddalashtirishga xizmat qiladi. Bu innovatsion yechimlar quruvchilar va nazorat organlari uchun qulaylik yaratib, obyektni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlab foydalanishga topshirishga imkon beradi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/share/v/1ALb2HQ8f1/?mibextid=wwXIfr

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
#Brifing

🔴 Mavzu: Qurilish va kommunal sohadagi ishlar samaradorligini oshirishda korrupsiya holatlarining oldini olish va tizimni raqamlashtirish jarayonlari

Vaqti: 14:00

⭐️ Ishtirok etadi: Saidnosir Usmonov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati rahbari 

📍Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1👍1🕊1
#BRIFING

📣 DIQQAT! DIQQAT!

✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda qurilish va kommunal sohadagi ishlar samaradorligini oshirishda korrupsiya holatlarining oldini olish va tizimni raqamlashtirish jarayonlari yuzasidan brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirok etmoqda.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/share/v/15mhNpn4ma/?mibextid=wwXIfr

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 📣 DIQQAT! DIQQAT! ✍️ Ayni daqiqalarda AOKAda qurilish va kommunal sohadagi ishlar samaradorligini oshirishda korrupsiya holatlarining oldini olish va tizimni raqamlashtirish jarayonlari yuzasidan brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda vazirlik axborot xizmati…
#BRIFING

🟢 Xabaringiz bor, joriy yilning 5-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yigʻilishi oʻtkazilib, unda yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish boʻyicha qilingan ishlarga baho berilar ekan, kelgusidagi vazifalar ham belgilab berildi.
Xususan, boshqa sohalar qatori qurilish va kommunal sohadagi ishlar samaradorligini oshirishda korrupsiya holatlarining oldini olish va tizimni raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga doir aniq tashabbuslar ilgari surildi. Shundan kelib chiqqan holda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan Bosh prokuratura bilan birgalikda korrupsiyaga barham berish, inson omilini qisqartirish va raqamlashtirish boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqildi.

Bunda arxitektura, qurilish va kommunal xoʻjaligi tizimlarini takomillashtirish, jumladan, mavjud byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, inson omilini qisqartirish va raqamlashtirish kabi jihatlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

1. Unga koʻra loyiha hujjatlarini kelishish jarayonlarini shaharlarning “raqamli egizak”lari orqali amalga oshirish tizimi joriy etiladi. Bunda barcha bosh rejalar geoaxborot tizimiga raqamli formatda yuklanadi va shaharlarning “raqamli egizak”lari yaratiladi. Xususan, 2025-yilda 12 ta shahar, 46 ta shaharcha va 94 ta qishloq aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini geoaxborot tizimga joylashtirish rejalashrtirilgan.
2. Arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tizimi ham takomillashtiriladi. Hukumat qarorini qabul qilgan holda dastlab ekspertiment tariqasida, “Litsenziya” axborot tizimida I va II toifali obyektlarni loyihalashtirish faoliyati uchun litsenziya berish jarayonlarini raqamli formatga oʻtkazish maqsad qilingan.
Litsenziya talabgori boʻlgan tashkilotning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq tizimidan, mutaxassislar haqidagi tegishli maʼlumotlarni oliy taʼlim va mehnat tizimlaridan integratsiya orqali olish yoʻlga qoʻyiladi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/share/v/15mhNpn4ma/?mibextid=wwXIfr

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 🟢 Xabaringiz bor, joriy yilning 5-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yigʻilishi oʻtkazilib, unda yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish boʻyicha qilingan ishlarga baho berilar ekan, kelgusidagi…
#Brifing

3. Loyihalash topshiriqlarini ishlab chiqish va kelishish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqiladi. Jumladan, loyihalash topshiriqlarini ishlab chiqish va kelishish boʻyicha elektron platforma yaratish hamda test rejimida ishga tushirish maqsad qilinmoqda.
4. Obyektlarga texnik shartlar berish jarayoni ham toʻliq raqamlashtiriladi. Xususan, elektr, gaz, kanalizatsiya, ichimlik suvi, issiqlik taʼminoti va aloqa tarmoqlari toʻgʻrisidagi barcha zaruriy maʼlumotlar GIS formatda “Shaffof qurilish” tizimiga integratsiya qilinadi.
5. Loyihalashtirilayotgan obyektlar boʻyicha gidrogeologiya xulosalarini tayyorlash va taqdim etish jarayonlari ham raqamlashtiriladi. Shuningdek, ushbu xulosalarning yagona elektron reyestri yaratilib, uni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi ekspertiza elektron platformasiga integratsiya qilgan holda ishga tushirish koʻzda tutilmoqda.
6. Instrumental-texnik tekshiruv oʻtkazish va xulosalarni taqdim etishning barcha jarayonlari raqamlashtiriladi va elektron reyestri yaratiladi. Mazkur reyestrni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi ekspertiza elektron platformasiga integratsiya qilgan holda ishga tushirish jarayonlari jadallashtiriladi.
7. IV toifaga mansub obyektlarning loyiha hujjatlarini zilzilabardoshlik nuqtai-nazardan koʻrib chiqish va ilmiy xulosa berish jarayonlari ham raqamlashtiriladi va yagona elektron reyestri yaratiladi.
8. Obyektlarning loyiha hujjatlarini sanoat xavfsizligi nuqtai-nazardan koʻrib chiqish va ilmiy xulosa berish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqiladi. Xususan, zilzilabardoshlik xulosalarining yagona elektron reyestri yaratiladi.
9. Ekspertiza koʻrigiga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlar, koʻrsatkichlar va maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tegishli vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan integratsiya usuli orqali qabul qilish yoʻlga qoʻyilmoqda.
10. Manzilli dasturlarni shakllantirish va limitlarni belgilash jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha texnik topshiriqlar ishlab chiqiladi. Ushbu jarayonda elektron platforma ishga tushirilib, tegishli axborot-dasturiy tizimlar bilan integratsiya qilinadi.
11. “Xavfsiz lift” yagona idoralararo elektron platformasi yaratiladi. Bunda liftlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ularga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning onlayn reyestrini yuritish, texnik xizmat koʻrsatilgan maʼlumotlarning tarixini saqlash, yilda bir marta oʻtkazilishi kerak boʻlgan sinov natijalarini tahlil qilish imkoniyatlari yaratiladi.
12. Uylarning texnik pasportlari, qurilgan yili, oxirgi taʼmirlangan vaqti va moliyalashtirish manbasi, taʼmirlangan qismlari, geolokatsiya koordinatalari, muhandislik kommunikatsiyalari holati va boshqa koʻrsatkichlarni oʻzi ifoda etgan “Turar joy” milliy axborot tizimi elektron platformasi ishlab chiqiladi.

🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/share/v/15mhNpn4ma/?mibextid=wwXIfr

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1🤩1