QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.3K subscribers
21.5K photos
3.7K videos
287 files
8.83K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

🕐 “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi

Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarini bir yerda jamlagan mazkur elektron platforma qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha uchun birdek manfaatlidir.

Bu:
- 190 mingdan ortiq davlat standartlari asosida ishlab chiqilgan qurilish materiallari, uskuna va jihozlarning turlari;
- davlat tashkilotlari integratsiyasi natijasida narx hamda sifatning muvofiqligi;
- tovar-xomashyo birja katirovkalari;
- muntazam yangilanib boradigan o‘rtacha narxlar - bir so‘z bilan aytganda, keng auditoriya uchun maksimal axborot manbai!

⚫️“Qurilish resurslari milliy klassifikatori” orqali qurilish xizmatlari bozorining ishonchli yetkazib beruvchilariga aylaning va butun O‘zbekiston bo‘ylab yirik qurilish loyihalarida ishtirok eting.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#REYD

📍Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan qurilish obyektlarida nazorat tadbirlari davom etadi.

Xususan, ishchi guruhi Sayxunobod tumani, "Turon"MFY hududida qurilayotgan ko'p qavatli uylarni ko‘zdan kechirdi.

Jarayonda inspeksiya xodimlari obyektning loyiha talablari asosida va sifatli olib borilayotganligi hamda qurilish materiallarining sertifikatlarini ko'rib chiqdilar. Monitoringda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq hamda yozma ko'rsatmalar berildi.


#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

🫥 Energiya resurslaridan oqilona foydalaning!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

🏘 Ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Toir Alimatov boshchiligida Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o'tkazilmoqda.

Tadbirkorlar, BSK rahbarlari va aholi vakillari sohaga oid o'zlarini qiziqtirgan muammolar bilan murojaat qilishmoqda.

Jarayonda asosan ko'p qavatli uyning tomini ta'mirlashda amaliy ko'mak so'raldi. Vazir o'rinbosari bu vaziyat bo'yicha zudlik bilan joyida ishchi guruh tashkil etib, masalani hal qilish yuzasidan ko'rsatma berdi.

Xususan, "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi bilan bog'liq muammolar bo'yicha ham tadbirkorlarga tegishli yo'nalishlar berildi.

Shuningdek, reyting tizimida ballari tushib ketayotgan tadbirkorlarga har bir hujjatni yangi mezon talablaridan kelib chiqqan holda to'g'ri to'ldirishlari, ma'lumotlarni ochiq ko'rsatishlari, texnika va xodimlarga haqqoniy soliqlarni hisoblash reyting ballarini yaxshilanishiga olib kelishi tushuntirildi.

Sayyor qabul davomida Toir Alimatov tomonidan har bir murojaat bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar belgilanmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

🌳 Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi, shahar va tuman bo'limlari hamda viloyatdagi 70 ta boshqaruv kompaniyalari koʻp kvartirali uylarning hududini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida koʻchat ekish tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda.

Jumladan, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tashabbusi bilan Fargʻona shahrida faoliyat olib borayotgan BSKlar tomonidan koʻp qavatli uylarning boʻsh yer maydonida “Bir bolaga bir daraxt” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirlarda 1 400 dan ziyod uylar atrofiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

Eng muhimi, endilikda har bir daraxtning oʻz egasi, ya'ni uning unib-oʻsishi uchun masʼuli belgilanadi. Bu aholi orasida tabiatni asrashga, ekologik xavfsizlikka erishishda katta o‘ringa ega.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

😄 "Yangi O'zbekiston" massivlari bunyod etilmoqda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

🏠 Ko’p kvartirali uylarni boshqarish shartnomasi qay tartibda tuziladi?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Brifing 🔴 Mavzu: Qurilish resurslari milliy klassifikatori elektron platformasining joriy etilishidan asosiy maqsadlar Vaqti: 15:00 ⭐️ Ishtirok etadi: Abulqosim Abduxoliqov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi institut direktori…
#Brifing

📌 Qurilish resurslari milliy klassifikatori elektron platformasining joriy etilishidan asosiy maqsadlar

AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi institut direktori v.b Abulqosim Abduxoliqov ishtirokida brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:


https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/550814310903657/

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Brifing 📌 Qurilish resurslari milliy klassifikatori elektron platformasining joriy etilishidan asosiy maqsadlar AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi institut direktori v.b Abulqosim Abduxoliqov ishtirokida brifing boshlandi.…
#Brifing

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ishga tushirilganidan koʻpchilikning xabari bor.

Soʻnggi paytlarda ushbu platforma faoliyatiga oid ayrim mulohaza va eʼtirozlar boʻlayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Xoʻsh, ushbu platforma qanday maqsadlarni koʻzda tutadi va buning zarurati nimalardan iborat?

Gap shundaki, Qurilish resurslari milliy klassifikatori, avvalo, loyiha-smeta hujjatlarida narxning sunʼiy ravishda koʻtarilishining oldini oladi. Shuningdek, qurilishda xufiyona iqtisodiyotga shart-sharoitlar yaratilishiga va obyektlarda sifatsiz materiallar hamda ishlardan foydalanishga barham beradi.

Qurilish resurslarining batafsil tasniflanishi va shu orqali aniq nom hamda kod bilan nomlanishi esa yetkazib beruvchilar orasida sogʻlom raqobat va shaffoflikni taʼminlaydi. Xaridor va sotuvchi oʻrtasida tushunmovchiliklarning oldini oladi. Loyihalash va qurilish jarayonini raqamlashtirishda, qurilishga BIM texnologiyalarini joriy etishda, raqamli boshqaruv tizimlaridan foydalashda resurslarni batafsil tasniflash majburiy talab hisoblanadi.

Qurilish materiallariga ishlatilgan xomashyo, uning oʻlchamlari, mexanik xossalaridan kelib chiqib narxlarni shakllantirishda yagona yondashuvni taʼminlaydi. Mazkur platforma turli ishlab chiqaruvchilar va ularning mahsulotlarini bir joyda jamlab, bazada birlashtiradi. Keng auditoriyani ochiq axborot bilan taʼminlaydi. Bu esa ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga potensial mijozlarni jalb kilish va bozorda yanada samarali raqobatlashish imkonini yaratadi.

Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarining dislokatsiyasi orqali qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati hamda hizmat koʻrsatuvchilarning respublika, viloyatlar va hududlar kesimida tahlil qilish, hududlarning qurilish materiallari ishlab chiqarish salohiyati, quvvati va qurilish materiallari narxini tahlil qilish , shuningdek, investorlar tomonidan joylarda yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish buyicha qaror qabul qilish imkonini beradi.

🟡 Kelgusida platforma yanada takomillashtiriladi. Buning natijasida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari uchun yirik oldi-sotdi platformasi va MDH davlatlari oʻrtasida eksport-import faoliyatini yoʻlga qoʻyish imkoni yaratiladi.

Taʼkidlash oʻrinliki, xalqaro tajriba asosida standartlarga mos boʻlgan nomlarda qurilish resurslari, ularni guruhlarga va boʻlimlarga tasniflagan holda har biri uchun alohida identifikatsiya kodi va nomlanishini nazarda tutuvchi narxlar elektron katalogi shakllantirildi. Hozirgi kunga qadar mazkur katalogda 1 000 ga yaqin ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi tadbirkorlarning 35 000 ga yaqin mahsulotlari joylashtirilgan. Ular oʻzlarining elektron raqamli imzolari orqali platformaning shaxsiy kabinetida onlayn rejimda maʼlumotlarni qoʻshish, tahrirlash va boyitish imkoniga ega.

📌 Qurilish resurslari milliy klassifikatori Soliq qoʻmitasining 190 mingdan ortiq MXIK kodlari bilan uygʻunlashtirildi. Endilikda shartnoma va hisob fakturalarni shakllantirishda tadbirkorlar va xaridorlar avvalgidek umumiy nomdagi emas, balki aniq koʻrsatilgan nomdagi tovar va xizmatlarni koʻrsatishlari mumkin. Bu esa oʻz navbatida aldanib qolish yoki tushunmovchilik holatlarining oldini oladi.

🔺 Hurmatli tadbirkorlar, mazkur platforma Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Tovar-xomashyo birjasi, Oʻzstandart agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Statistika agentligi bilan hamkorlikda ularning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan holda tashkil etilgan.

Albatta vazirlikning Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti va Soliq qoʻmitasining “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi bilan hamkorlikda tadbirkorlar tomonidan berilayotgan takliflar hamda muammolar bilan ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan.

☎️ Murojaat uchun telefon: 71 210 11 04 ( ichki raqam 60 05; 60 06; 60 07)

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

🌳 “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DAVOM ETMOQDA

Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan Sharof Rashidov tumani "Oqtosh ota" mahalla fuqarolar yig'inidagi "Yangi O‘zbekiston" massivlari hududida 350 tup manzarali ko‘chatlar ekildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM