QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.6K subscribers
25.3K photos
4.52K videos
295 files
10.3K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
🌳#Yashil_makon
#Bir_bolaga_bir_daraxt

Bugun Sirdaryo viloyati Shirin shahri A.Temur nomidagi MFYda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xòjaligi vazirligi tomonidan “Bir bolaga bir daraxt” shiori ostida turli xildagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

Jarayonda yosh-u qari birdek hamjihatlik bilan ko‘chatlar ótqazishmoqda.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1👏1
#Hududlardan_xabarlar

✔️ Noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi hamda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda Guliston shahri 3-mavze "Bog'ishamol" MFY hududidagi ko'p qavatli uylarni birinchi qavatida joylashgan noturar joy binolarini shaharsozlik norma va qoidalari talablariga zid ravishda binolar konstruksiyasiga ta'sir ko'rsatuvchi o'zgartirishlar kiritib, foydalanib kelinayotgani bo'yicha 11 ta holat aniqlandi.

Xususan, "UZ-DAEWOO" va "RA'NO" savdo do'konlarining ichki devorlariga hech qanday ruxsat (texnik xulosa) olmay turib, o'zboshimchalik bilan oynalarni tag qismi buzilgan va o'rniga eshiklar o'rnatilganligi sababli tadbirkorga nisbatan tegishli qonunchilikka asosan eng kam ish haqining 20 baravari, qolaversa "Avto ehtiyot qismlari" savdo do'koni egasiga eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida inspeksiya xodimlari tomonidan jarima qo'llanildi.

😇O'rganish davomida qolgan 8 ta noqonuniy qurilmalar uchun tadbirkorlarga belgilangan tartibda ogohlantirish berildi.

Qolgan holatlar yuzasidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

📍Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mas'ul xodimlari va OAV vakillari ishtirokida Guliston shahrida qurilayotgan ko'p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha obyektlarida reyd tadbirlar olib borildi.

Tadbir davomida "Guliston interfutbol" MCHJ, shahar Pedagogika institutining yangi o'quv binosi, Guliston davlat universitetining "Yoshlar markazi" kutubxonasi binosi hamda boshqa obyektlar o'rganildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tez fursatlarda bartaraf etish to‘g‘risida mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨 QURILISHLAR DOIMIY NAZORAT OSTIDA

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan monitoring ishlari davom etadi

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
#REYD

🚨 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov ayni paytda Sirdaryo viloyatida bo'lib turibdi. Jarayonda inspeksiya rahbari viloyatda soha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Dastlabki manzil Guliston shahri hududidagi buyurtmachi "Guliston nihol qurilish" MCHJ tomonidan qurilayotgan birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko'rsatish binosiga ega bo'lgan ko'p qavatli turar joy bo’ldi.

Mazkur qurilayotgan bino belgilangan tartibda hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ro'yxatidan o'tgan, ammo buyurtmachi tomonidan o'zboshimchalik bilan noqonuniy tartibda savdo va maishiy xizmat ko'rsatish binosining ustki qismiga yana bir qavat qo'shib olinganligi aniqlangan.

🔴 Holat yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan buyurtmachi hamda pudrat tashkiloti vakillariga bir necha marotaba qurilish ishlarini qonuniy tartibda amalga oshirish bo'yicha yozma ko'rsatmalar berilgan ammo holat bartaraf etilmagan. Undan so'ng belgilangan tartibda ma'muriy jarima choralari qo'llanilgan hamda noqonuniy qavatni bartaraf etish bo'yicha sudga da'vo arizalari kiritilgan.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🕊2🔥1🤯1
#REYD

🗺Sirojiddin Eshquvvatov Guliston shahrida amalga oshirilayotgan qurilish-bundyodkorlik ishlari bilan tanishishni ijtimoiy soha obyektlarida ham davom ettirdi.

"Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi buyurtmachiligida qurilayotgan ixtisoslashgan maktab internatida ham bir qator kamchiliklar aniqlandi. Muassasani joriy yil noyabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Biroq obyektda qilinishi lozim bo’lgan kamchiliklar talaygina. Inspeksiya boshlig'i bartaraf etilishi zarur bo’lgan masalalar yuzasidan mas'ullarga vazifalar belgilab berdi.

Sirojiddin Eshquvvatov tomonidan mutasaddilarga maktabni o‘z vaqtida va sifatli qilib foydalanishga topshirish talabi qo‘yildi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🚨 Inspeksiya rahbari boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida bo'ldi va u yerdagi qurilish ishlarining holatini o'rgandi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1👏1🕊1💯1
#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

🚨 Sirdaryo viloyatida kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, o'rganish ishlari Yangiyer shahri "Yangi O’zbekiston" massivida qurilayotgan ko'p qavatli turar joylarda davom ettirildi.

Jarayonda qurilayotgan 6 ta ko'p qavatli turar joylarning bugungi holati ko'zdan kechirilganda tashqi elektr, ichimlik va oqova suv quvurlari, gaz tarmoqlarini tortish va issiqlik ta'minotini qurish borasida kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi, shu bilan bir qatorda hudud chiqindilardan tozalanmaganligi aniqlandi.

🔴 Ushbu kamchiliklar yuzasidan qurilish mas'ullariga yozma ko'rsatmalar berildi hamda holat inspeksiya xodimlari tomonidan nazoratga olindi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥21
#Hududlardan_xabarlar

💧 Shirinda yangi oqova suv tozalash inshooti qurildi

Davlatimiz rahbarining "Islom taraqqiyot banki ishtirokida Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 4,7 mln AQSH dollari hisobiga bunyod etilgan yangi inshootning ishga tushirilishi natijasida 19 mingdan ziyod aholining oqova suv xizmati yaxshilanib, 1 750 ta xonadon ilk marotaba markazlashgan kanalizatsiya tizimiga ulandi.

Loyiha doirasida shuningdek, Farhod, Doʻstlik, Amir Temur va Mirzo Ulugʻbek nomli mahallalarida 14,2 km uzunlikdagi yangi oqova suv kollektorlari qurildi, 2 ta nasos stansiyasi rekonstruksiya qilindi.

Obyektda jarayonlarni samarali monitoring qilish va boshqarishni taʼminlaydigan SCADA va GIS tizimlari joriy etilgan. Bu yerda bir kecha-kunduzda 4 ming metr kub oqova suv tozalanishiga erishiladi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1
#Hududlardan_xabarlar
#REYD

📍Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan qurilish obyektlarida nazorat tadbirlari davom etadi.

Xususan, ishchi guruhi Sayxunobod tumani, "Turon"MFY hududida qurilayotgan ko'p qavatli uylarni ko‘zdan kechirdi.

Jarayonda inspeksiya xodimlari obyektning loyiha talablari asosida va sifatli olib borilayotganligi hamda qurilish materiallarining sertifikatlarini ko'rib chiqdilar. Monitoringda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq hamda yozma ko'rsatmalar berildi.


#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri "Yangi O'zbekiston" massivi hududida qurilayotgan ko'p qavatli uy poydevorlarining mustahkamligi qurilish me'yoriy talablariga javob bermasligi aniqlandi.

Aniqlangan ushbu sifatsiz qurilish ishlari joyida inspeksiya xodimlari tomonidan buzdirilmoqda.

📍 Bu tartibdagi kuchaytirilgan reyd tadbirlari respublikamiz bo'ylab davom etmoqda.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝4❤‍🔥2🔥1🕊1
#Hududlardan_xabarlar

🚨 Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan qurilish obyektlarida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jarayonda yangi qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binolarida ishlar loyiha talablari asosida qilinayotganligi va qurilish materiallarining sifati o'rganilyapti.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1👌1
#REYD

🔵Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan qurilish obyektlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, Boyovut tumani "Shirin" mahallasida barpo etilayotgan quvvati 1573 MWT bo‘lgan Issiqlik elektr stansiyasi qurilishi ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

Nazorat tadbirlari davomida qurilish jarayonlarida quyidagi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi:

texnik, mualliflik va ichki nazorat ishlari belgilangan tartibda olib borilmagan;
metall konstruksiyalarga korroziyaga qarshi ishlov berilmagan va bo‘yalmagan;
poydevor osti va poydevor izolyatsiya ishlari bajarilmagan;
nazorat davri mobaynida qurilish uchun keltirilgan materiallarning sifat sertifikatlari taqdim etilmadi.


Inspeksiya xodimlari tomonidan buyurtmachi va pudratchilarga qurilish-montaj ishlarini loyihaga muvofiq sifatli bajarish hamda qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha elektron yozma ko‘rsatmalar berildi hamda uning ijrosi qat'iy nazoratga olindi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1