QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.5K subscribers
24.9K photos
4.43K videos
294 files
10.2K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

Samarqand viloyatida navbatdagi shaharsozlik kengashi muhokamasi o'tkazildi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍 Xoʻjaobod tumanida aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul oʻtkazildi

Xoʻjaobod tumanida Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi F.Alijonov tomonidan navbatdagi sayyor qabul oʻtazildi. Unda aholining sohaga oid muammolari hamda tadbirkorlarning murojaatlari batafsil oʻrganildi.

Viloyatning turli hududlaridan kelgan fuqarolar va tadbirkorlarga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatildi.

Ayrim masalalar esa joyiga chiqib oʻrganildi va ularni ijobiy hal etish choralari koʻrildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd
#Hududlardan_xabarlar

🚨 Namangan viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Davlatobod tumanida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida tumanning "Yuksalish" mahallasi hududida "Vostok trade invest" MCHJ tomonidan inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tmasdan ko‘p qavatli turar joy binosi qurilayotganligi aniqlandi.

🔴MCHJ mutasaddilariga Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 110-sonli qarorida belgilangan talab bo‘yicha joriy yil 1-iyuliga qadar kamchiliklarni bartaraf etgan holda meʼyoriy hujjatlarni tayyorlab, obyektni inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tkazishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi va ushbu talablar bajarilgunga qadar qurilish-montaj ishlari to‘xtatildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Seminar

📌 Vazirlar Mahkamasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha maʼmuriy reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida” 2024-yil 18-dekabrdagi 853-son qarori yuzasidan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida o‘quv seminari tashkil etildi.

Unda vazirlikning Koʻp xonadonli uy-joy fondini boshqarish va ekspluatatsiya qilish tizimini muvofiqlashtirish hamda renovatsiya loyihalarini umumlashtirish departamenti boshlig'i Obidjon Mo'minov hududlardagi viloyat boshqarmalarining tegishli masʼullari bilan qaror mazmun-mohiyatini muhokama qildi.

⚠️ Seminar davomida qarorda belgilangan vazifalar, xususan, ko‘p kvartirali uylarni elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish va biriktirish uchun hujjatlarni topshirish hamda ko‘rib chiqish tartibi yuzasidan batafsil tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek, sohada raqobat muhitini yanada kuchaytirish, shaffoflikni oshirish borasidagi mazkur ishlarni jadallashtirish lozimligi qayd etildi.

Tadbir yakunida mas'ullar seminar ishtirokchilarining barcha savollariga javob berdilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd
#Hududlardan_xabarlar

🚨 Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan qurilish ishlari bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha monitoring davom etmoqda.

Navbatdagi nazorat tadbiri Yangi Namangan tumanida “Proyekt servis” MCHJ loyihasi asosida quruvchi “Olmos Uychi” XK tomonidan bunyod etilayotgan Onkologiya markazi Namangan filiali binosida o‘tkazildi.

Nazorat tadbirida quruvchi tomonidan ishchilar maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanmagani, o‘rnatilgan beton plitalarni ora yopma qismini yopishda sifatsiz ish bajarilgani sababli teshik va yoriqlar borligi hamda monolit temir betonlarning mustahkamlik parametri bo‘yicha ijobiy laboratoriya xulosalari olinmaganligi aniqlandi.

🔴 Mazkur kamchiliklar joyida bartaraf ettirilib, beton plitalarning ora yopma yoriqlari qayta montaj qildirildi, ishchilarni maxsus forma bilan taʼminlash va tegishli laboratoriya xulosasini olish bo‘yicha mas'ullarga yozma ko‘rsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍Kuni kecha Surxondaryo viloyatida mutasaddilar tomonidan Termiz shahri "Manguzar" mahallasi "Yangi Termiz city" massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar va mehmonxona binosi, xususan, Abdulla Avloniy mahallasida "Bilol Lider Sales" MCHJ tomonidan barpo etilayotgan 12 qavatli turar joy ko'rib chiqildi.

O'rganish ishlari davomida "Saxovat" mahallasida joylashgan "Termiz biznes city" majmuasidagi ko‘p qavatli uylar loyihasiga start berildi.

🤔 Shuningdek, Termiz tumani "Yangiobod" mahallasida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massividagi Termiz davlat pedagogika institutining 1 500 o‘rinli o‘quv binosi bilan ham tanishildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍Qo'qon shahrining "Aziztepa" mahallasida 33,57 gektar maydonda "Yangi O'zbekiston" massivi barpo etilmoqda

Prezidentimizning "Xalqimiz ertaga emas, bugun yaxshi yashashi kerak", degan g'oyasi asosida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida shahar qiyofasi tubdan yangilanmoqda.

Massivda jami 6 335 xonadonga mo'ljallangan 83 ta ko'p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Ulardan 70 tasi 10 qavatli, 13 tasi esa 16 qavatli uylardir. Bugungi kunda qurilish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda.

Loyiha doirasida 1 ta biznes markazi, 1 650 o'rinli umumta'lim maktabi, institut (yotoqxonasi bilan), mehmonxona, savdo va ko'ngilochar markaz, ko’p qavatli avtoturargoh, BSK binosi hamda markaziy sayilgoh barpo etiladi.

Ilk 8 qavatli uy qurib bitkazilib, hozirda pardozlash ishlari olib borilmoqda. Yana 2 ta uyda ham qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

📌 Ma'lumot uchun, massivning bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyihachi etib “Qishloqqurilishloyiha” DM biriktirilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📚 KUTUBXONA QURILISHI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

Navoiy shahrining Mahmud Torobiy ko‘chasida qad rostlayotgan zamonaviy tipdagi yangi, kreativ dizayndagi kitobsevarlar uchun qulay kutubxonada qurilish ishlari davom etmoqda.

📊3 qavatli mazkur ziyo maskani bir vaqtda 230 nafar kitobxonni qabul qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda barcha yoshdagi kitobsevarlar, shuningdek, imkoniyati cheklangan kishilar uchun ham to‘liq qulayliklar yaratilmoqda. Maskan umumiy hisobda 171 000 adabiyotni o‘z fondiga joylashtirish imkoniga ega. Bundan tashqari elektron kutubxona ham kitobxonlarga xizmat ko‘rsatadi.

Obyekt "Zarafshon Best Building" qurilish shirkati tomonidan joriy yil yakunida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

💐 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan mini futbol boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur musobaqa Boshqarmaning Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tashabbusi bilan oʻtkazilib, unda viloyatning turli tumanlaridan jamoalar ishtirok etdi.

Natijalarga koʻra 1-oʻrinni viloyat boshqarmasi jamoasi, 2-oʻrinni Mingbuloq va Namangan tumanlari jamoalari, 3-oʻrinni esa Chortoq va Yangi Namangan tumanlari jamoalari qoʻlga kiritdi.

Gʻolib va sovrindor jamoalar diplom va pul mukofoti hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Musobaqa doʻstona ruhda oʻtib, sport orqali sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

⭕️ Sayyor qabul: fuqarolar murojaatlariga yechim topilmoqda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM