QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
24.2K photos
4.3K videos
293 files
9.95K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
📹#Onlayn

💐Bayram tadbiri o‘zining qizg‘in pallasiga yetdi. “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” chin ma’noda katta tantanaga aylandi.

Tadbir davomida “Eng yaxshi boshqaruv organi” tanlovi g‘oliblari ham munosib taqdirlandi.

Xabaringiz bor, 3–4-aprel kunlari poytaxtimizda tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘ylab saralangan 16 ta boshqaruv servis kompaniyasi o‘zaro bellashdi.

Bugun esa ushbu tanlov natijalari e’lon qilindi. Faxrli 1-o‘rin “Olmazor Holding Grant” BSKga nasib etdi.

Shunday qilib:
🥇1-o‘rin – “Damas” avtomashinasi,
🥈 2-o‘rin – 2 ta BSK loyiq deb topilib, 2 ta “Labo” avtomashinasi,
🥉3-o‘rin – 3 ta BSK loyiq deb topilib, 3 ta elektromotoroller bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari qolgan barcha ishtirokchilarga elektroveliklar topshirildi.

🔗 Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ko‘p kvartirali uyni boshqarish organlari faoliyatini rivojlantirish, soha vakillarining mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda mulkdorlar o‘rtasida umumiy mulkka mas’uliyatli munosabatni shakllantirishdan iborat.

Bayram tadbiri davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|
🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹#Onlayn

Ta’kidlaganimizdek, vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva va boshqa mutasaddilar Xorazm viloyatida bo’lib, hududdagi uy-joylarga xizmat ko’rsatish sohasini o’rganmoqda.

Navbatdagi manzil “Xorazm shinam uylari” boshqaruv organi bo’ldi. Kompaniya 2024-yil tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda Urganch shahridagi 200 dan ortiq ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatib keladi.

Zamonaviy binosi, bir qator qo’shimcha servis xizmatlari va zaruriy moddiy texnika bazasi bilan kompaniya aholiga talab darajasida xizmat ko’rsatib kelmoqda. Bir necha yillar e’tiborsiz qolgan obyektlar obodligi ta’minlangani, mulkdorlar so’rovlari o’z vaqtida bajarilayotgani sohadagi ayni o’zgarishlarni ko’rsatmoqda.

-Bugun mamlakatimizning barcha hududlari, xususan, Xorazm viloyatida kóp kvartirali uylarga xizmat kórsatish sohasini takomillashtirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholining eng zarur ehtiyojlari bilan bog’liq tizimdagi bunday ishlar eng avvalo turmush tarzimizni yaxshilash uchun xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatli, - deya ta’kidladi O.Jo’rayeva.

Jarayonda obodonlashtirish ishlariga yanada e’tiborni kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

Ayni daqiqalarda AOKAda "Аholini uy-joy bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida  matbuot anjumani boshlandi. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas'ullari ishtirok etmoqda.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/share/v/16HfMdkGr6/?mibextid=wwXIfr

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

Ayni paytda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’ullari ishtirokida “Aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayitgan ishlar” mavzusiga bag’ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda uy-joy bilan ta’minlash borasida izchil va tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida fuqarolar uchun qulay turmush sharoitlarini yaratish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash borasida muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda.

2022–2024-yillarda 4 920 ta ko‘p qavatli uy qurilib, ulardagi 221 mingdan ziyod xonadon aholiga topshirildi. Faqatgina 2024-yilning o‘zida 2 044 ta yangi turar joy barpo etilib, 100 mingdan ortiq xonadon egalariga topshirildi. Shu bilan birga, ehtiyojmand toifa vakillari – nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar, yetim bolalarga ajratilgan uy-joylar soni ortib bormoqda.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/share/v/16HfMdkGr6/?mibextid=wwXIfr

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

Matbuot anjumani davomida qurilishda moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash, aholining ishonchini oshirish hamda xonadon xarid qiluvchilarni himoya qilishga qaratilgan yangi tizim — “eskrou” mexanizmi haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, ushbu tizim joriy yil 1-iyuldan boshlab sinov tariqasida ishga tushiriladi. U asosiy e’tiborni qurilish jarayonida fuqarolar va quruvchi tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro moliyaviy munosabatlarni shaffof va kafolatli asosda yo‘lga qo‘yishga qaratadi.

“Eskrou” tizimida fuqarolar tomonidan xonadon uchun to‘lanadigan mablag‘ bankdagi maxsus hisob raqamda saqlanadi va bu mablag‘ quruvchi kompaniyaga faqatgina uy qurilishi ma’lum bosqichlarga yetib borgach, ya’ni obyekt tayyor holatga kelganda o‘tkaziladi. Bu yondashuv nafaqat xaridorning huquq va manfaatlarini himoya qiladi, balki qurilishni o‘z vaqtida va sifatli yakunlashga ham turtki beradi.

Mazkur mexanizm joriy etilishi natijasida:
💰Qurilishda fuqarolarning mablag‘lari kafolatli saqlanadi;
🏗️ Uy qurilishi yakunlanmagan holatda moliyaviy yo‘qotishlar oldi olinadi;
🏢Ipoteka kreditlari va subsidiya olish jarayoni soddalasadi;
Davlat tomonidan bozor mexanizmlari orqali qurilish jarayoniga nazorat kuchaytiriladi.

Shuningdek, ushbu tizim doirasida fuqarolarga uyni qurilish tugamasidan avval boshqa xaridorga sotish, ipoteka olish yoki subsidiya rasmiylashtirish kabi imkoniyatlar taqdim etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bu esa o‘z navbatida qurilish sohasidagi investorlar va aholi o‘rtasidagi ishonch muhitini mustahkamlash, shuningdek, develloperlarning moliyaviy intizomini oshirishga xizmat qiladi.

Matbuot anjumanini onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/share/v/16HfMdkGr6/?mibextid=wwXIfr

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #Onlayn

Vazir o’rinbosari Surxondaryoda

🏘 Ayni damda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Termiz shahrida bo’lib turibdi.

Xizmat safari chog’ida ko’p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rganish nazarda tutilgan bo’lib, dastlab vazir o’rinbosari Termiz shahridagi 123 ta uyga xizmat ko’rsatuvchi “Sarvar-Termiz servis” boshqaruv kompaniyasi faoliyatini ko’zdan kechirdi.

Xususan, ko’p qavatli uylarni tom va fasad qismlarini ta’mirlash, muhandislik tarmoqlarini sozlash ishlari ko’zdan kechirildi.

Ish sifatini oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #Onlayn

📍 Bugun poytaxtimizda “Seysmik hududlarda baland binolarni loyihalash” mavzusida xalqaro ekspertlar ishtirokida ilmiy anjuman boshlandi

Hilton Tashkent mehmonxonasida tashkil etilgan mazkur tadbirda Yaponiya, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi davlatlardan yetakchi mutaxassislar ishtirok etmoqda. Mavzu bugungi urbanizatsiya jarayonida yuqori qavatli binolar qurilishida xavfsizlik va zilzilabardoshlik talablarini ta’minlash borasida muhim ahamiyatga ega.

🏘 Tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov so‘zga chiqib, bugungi kunda yurtimizda qurilish va kommunal sohada keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilayotgani va shu bilan bir qatorda zamonaviy standartlar, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xalqaro tajribani chuqur o‘rganish muhimligini ta’kidladi.

Ilmiy anjuman davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹 #No_comment 📍 Ayni damda poytaxtimizda “Seysmik hududlarda baland binolarni loyihalash” mavzusida xalqaro ekspertlar ishtirokida ilmiy anjumani bo'lib o'tmoqda Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
📹 #Onlayn

📌 Ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan anjumanda mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan muhim mavzularda taqdimotlar o‘tkazilmoqda

Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Turkiyaning Emir Engineering, Yaponiyaning Kawakin, Germaniyaning Maurer kabi kompaniyalari, shuningdek, Istanbul texnik universiteti, Ajou universiteti va Janubiy Xitoy texnologiya universiteti olimlari tomonidan soha uchun dolzarb masalalar ko‘tarilmoqda.

Ma’ruzalarda seysmik hududlarda baland binolarni loyihalashda gibrid seysmik izolyatsiya tizimlarining roli, ultra-mustahkam betonlardan foydalanish, binolarning dinamik barqarorligini ta’minlash bo‘yicha innovatsion yondashuvlar, real hayotdagi muammolar va ularning amaliy yechimlari keng muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, xorijiy tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish, zilzilabardoshlikni baholash metodikalarini takomillashtirish va zamonaviy qurilish materiallarining afzalliklari yuzasidan ham fikr almashilmoqda.

Tadbir soha mutaxassislari uchun ilmiy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lib, qurilish sifati va xavfsizligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Anjuman davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #Onlayn

Vazir oʻrinbosari Qoraqalpogʻistonda

🏘 Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi. Bugun masʼullar ishtirokida koʻp qavatli uylarni qurishda seysmik xavfsizlik va shaharsozlik talablariga rioya etilishiga oid masalalar muhokamalar markazida boʻldi.

Xususan, zilzilabardoshlikka doir vizual hamda instrumental-texnik tekshiruvlar oʻtkazish boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyotidagi mavjud kamchiliklar hamda muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishning bugungi holati kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mutasaddilari, loyiha-pudrat tashkilotlari, hududiy nazorat inspeksiyasi, Prokuratura organlaridan mas'ullar, Kadastr agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi. Yigʻilishda qurilish qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan subyektlar toʻgʻrisida nazorat inspeksiyasi vakilining hisoboti ham tinglandi.

Muhokamalarda vazir oʻrinbosari tomonidan bino-inshootlarning seysmik mustahkamligi boʻyicha 405-sonli Hukumat qarori talablariga qatʼiy amal qilinishi zarurligi, qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi oʻrinda ekanligi hamda bu yoʻnalishda qonuniylikni taʼminlash, sohaga ilmiy va texnik yondashuvni kuchaytirish lozimligi alohida qayd etildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn

📌 Qoraqalpog‘istonda qurilish obyektlari ko‘zdan kechirildi

Avval xabar berganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Kunning ikkinchi qismida vazir o‘rinbosari Qanliko‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivi, shuningdek, Nukus shahrining “Chimboy guzari” mahallasidagi 5 va 7 qavatli uylar, Qonliko‘l tumanidagi muammoli ko‘p qavatli turar joylarda bo‘lib, o'rganishlar o'tkazdi.

🔠 Mazkur obyektlarda ko‘p qavatli uylar qurilishida seysmik xavfsizlik va shaharsozlik normalariga rioya etilish holati o‘rganildi.

Tashrif davomida bino va inshootlarning zilzilabardoshligi 405-sonli Hukumat qarori talablariga to‘liq mos bo‘lishi shartligi, qurilishda sifat va xavfsizlik eng ustuvor yo‘nalish ekani, sohaga ilmiy va texnik yondashuvni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga mazkur talablarga qat’iy amal qilish orqali qonuniylikni ta’minlash muhimligi alohida qayd etildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM