Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kelajakka ishonch bilan boqing!
Orzularingiz, maqsadlaringiz bugungi islohotlar singari ulkan, erishadigan marrangiz, koʻtariladigan shohsupangiz esa osmonoʻpar binolardek baland boʻlsin!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TABRIK
💥 Inson borki, farzandi uchun yashaydi, dilbandlariga umrini baxshida etadi!
Oʻzbek xalqi ham azal-azaldan bolajon. Yurtimizning qaysi bir goʻshasiga bormang, bolalarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklarning guvohi boʻlasiz. Yosh avlodni jismonan va ma'naviy sogʻlom qilib voyaga yetkazish, farzandlarimizni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.
🎉 Bugun ham Oʻzbekistonda bayram. Zero, bolalarni himoya qilish kunidan maqsad keng jamoatchilik diqqatini barcha oʻsib kelayotgan bolajonlarga, ayniqsa, muammoli bolalarga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega boʻlishlariga va oʻz mamlakatining toʻla-toʻkis hamda xotirjam fuqarosi boʻlishlariga ishonch uygʻotishdir.
🏘 💐 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan ertamiz egalari boʻlgan aziz farzandlarimizga sogʻlik va baxt tilaydi!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✅ Telegram| 📹 Youtube|
Oʻzbek xalqi ham azal-azaldan bolajon. Yurtimizning qaysi bir goʻshasiga bormang, bolalarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklarning guvohi boʻlasiz. Yosh avlodni jismonan va ma'naviy sogʻlom qilib voyaga yetkazish, farzandlarimizni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TABRIK
Aziz yurtdoshlar!
🌙 Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida shakllangan yaxshi anʼanaga muvofiq Qurbon hayiti munosabati bilan bu yil ham bir necha kundan iborat dam olish kunlari belgilandi.
Bu esa hayotimizga chinakam bayram kayfiyatini olib kirishga xizmat qilmoqda. Boisi ulug‘ ayyom kunlari muqaddas maskanlar, buyuk ajdodlarimiz qadamjolarini ziyorat qilish, aziz ota-onalarimiz, qarindosh-urugʻlarimiz, yor-u do‘stlarimizni yoʻqlash, yordamga muhtoj, bemor insonlar holidan xabar olish, yurtimiz boʻylab sayohatlarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyat bo‘lmoqda.
Shunday ekan el-yurtimizning bu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ro‘yobga chiqishiga tilakdoshman.
💐 Aziz Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom boʻlsin! Har bir sohadagi ezgu ishlarimiz, intilishlarimizni Yaratganning o‘zi qo‘llasin!
💫 Ushbu ayyom har birimizga sihat-salomatlik, totuvlik va baxt-omad olib kelsin.
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri B.Zakirov
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✅ Telegram| 📹 Youtube|
Aziz yurtdoshlar!
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida shakllangan yaxshi anʼanaga muvofiq Qurbon hayiti munosabati bilan bu yil ham bir necha kundan iborat dam olish kunlari belgilandi.
Bu esa hayotimizga chinakam bayram kayfiyatini olib kirishga xizmat qilmoqda. Boisi ulug‘ ayyom kunlari muqaddas maskanlar, buyuk ajdodlarimiz qadamjolarini ziyorat qilish, aziz ota-onalarimiz, qarindosh-urugʻlarimiz, yor-u do‘stlarimizni yoʻqlash, yordamga muhtoj, bemor insonlar holidan xabar olish, yurtimiz boʻylab sayohatlarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyat bo‘lmoqda.
Shunday ekan el-yurtimizning bu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ro‘yobga chiqishiga tilakdoshman.
💫 Ushbu ayyom har birimizga sihat-salomatlik, totuvlik va baxt-omad olib kelsin.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sizni bugungi kasb bayramingiz munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Hozirgi kunda jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralikni ta'minlash, har sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yo'lidagi mashaqqatli, shu bilan birga sharafli mehnatingiz yuksak e'tirofga sazovor. Siz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlarni inson qadri, uning manfaatlarini himoya qilishga safarbar etishda muhim ahamiyat kasb etasiz.
Jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini xalqimizga tezkor va xolislik bilan yetkazadigan Sizdek uyg‘oq qalb egalariga mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Muhtaram va qadrli vatandoshlar!
Sizlarni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman.
Bugungi xalqchil islohotlar davrida butun jamiyatimizni qamrab olayotgan ezgu ishlarimiz tufayli hayotimizda fayz-u baraka, millatlararo do‘stlik va mehr-oqibat tuyg‘ulari kuchayib bormoqda. Ushbu o‘zgarishlar va yangi loyihalarning barchasi yagona maqsadga qaratilgan bo‘lib, mehnatkash va oliyjanob xalqimizni rozi qilish, yurtdoshlarimizning ishonchini oqlash, og‘irini yengil qilishdan iboratdir.
Fursatdan foydalanib, sizlarni O‘zbekiston davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik,oilaviy xotirjamlik va yangi-yangi yutuqlar yor bo‘lishini tilab qolaman.
Hurmat bilan Sherzod Hidoyatov - Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri v.b
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Muhtaram faxriylar!
Avvalo, siz azizlarni, taʼlim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman.
Dunyodagi eng bebaho boylik – aql-zakovat va ilm, oʻlmas meros – yaxshi tarbiyadir. Sizlar esa dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratish, uni xalqimizga, yangi avlodga yetkazish yoʻlida chinakam fidoyilik koʻrsatib mehnat qilayotgan ulugʻ insonlarsiz!
Jamiyatimizda bogʻcha tarbiyachisi, maktab muallimi, oliygohlarning professor-oʻqituvchilari va ilmiy-ijodiy ziyolilarni bugun biz intilayotgan Uchinchi Renessansning toʻrt tayanch ustuni deb eʼtirof etilmoqda. Shu jihatdan sizlarning hurmat-eʼtiboringizni oshirish, qadringiz, shaʼningiz va gʻururingizni tiklash, mashaqqatli va sharafli mehnatingizni har taraflama ragʻbatlantirish boʻyicha boshlangan ishlar izchil davom etmoqda. Bu – koʻpni koʻrgan, ustozni otadek ulugʻ deb bilgan donishmand xalq minnatdorligining ifodasidir.
Hamisha sogʻ-omon boʻling, aziz ustozlar!
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri v.b
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O’zbek tili - millatimizning ma’naviy boyligi hisoblanadi. Ota-bobolarimizning tanti va samimiy gurunglari, onalarimizning mehr to’la allalari bilan bunyod bo’lgan, qon-qonimizda singgan ona tilining qadri va qimmati har narsadan baland. Zero, til bor - millat bor!
Shubhasiz, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Xalqimiz tafakkurining ko‘zgusi bo‘lgan ushbu bebaho ne’matni asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng katta vazifalarimizdan biridir. Boisi til faqatgina jamiyat bilan birgalikda rivojlanadi.
Sherzod Hidoyatov
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TABRIK
💐O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni muborak bo‘lsin!
Mamlakatimizda “Inson qadri uchun” g‘oyasini umummilliy harakatga aylantirishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan bir qatorda hech shubhasiz, kasaba uyushmalari ham muhim o‘rin tutmoqda. Xususan, kasaba uyushmalari ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida mehnat ahlining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va huquqlarini himoyalash bilan birga, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, bandlikni ta’minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish yo‘nalishlarida ham tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi jamoasi Kasaba uyushmalari faollari va xodimlarini 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Inson manfaatlarini himoya qilish, uning meʼyoriy asoslarini mustahkamlashdagi ishlaringizga rivoj, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilaymiz!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✈️ Telegram| 📹 Youtube|
💐O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni muborak bo‘lsin!
Mamlakatimizda “Inson qadri uchun” g‘oyasini umummilliy harakatga aylantirishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan bir qatorda hech shubhasiz, kasaba uyushmalari ham muhim o‘rin tutmoqda. Xususan, kasaba uyushmalari ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida mehnat ahlining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va huquqlarini himoyalash bilan birga, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, bandlikni ta’minlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish yo‘nalishlarida ham tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
Inson manfaatlarini himoya qilish, uning meʼyoriy asoslarini mustahkamlashdagi ishlaringizga rivoj, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilaymiz!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli yurtdoshlar!
Mamlakatimiz rivoji, xalqimiz farovonligining kafolati va poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz yuksak faxrimizdir.
Sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman. Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi xayrli ishlaringizda omad yor bo‘lsin!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan samimiy tabriklayman. Oʻtib borayotgan yil ham mamlakatimiz tarixida katta yangiliklar, inson qadrini ulugʻlash, uning manfaatlarini qoʻllab-quvvatlashdek ezgu amallar bilan barchamizning yodimizda qoldi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Hurmatli yurtboshimiz tashabbusi bilan boshlangan bunyodkorlik ishlari ushbu yilda ham yangi mazmun-mohiyat bilan boyidi.
Chekka qishloq va ovullardan boshlab, shahar va tuman markazlarini zamonaviy qiyofada rivojlantirish, “Yangi Oʻzbekiston” massivlari, “Yangi Toshkent” loyihasi kabi xalqchil tashabbuslar doirasida qurilish ishlarini takomiliga yetkazish boʻyicha muayyan ishlar qilindi va bu yoʻldagi ezgu saʼy-harakatlar izchil davom ettirilmoqda.
Sizga cheksiz hurmat bilan Sherzod Hidoyatov
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TABRIK
💐 Hurmatli Vatan himoyachilari! Yurtimizning mard va jasur oʻgʻlonlari!
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan samimiy qutlaydi!
Siz borki, hayot yoʻlimiz charogʻon, tinch osmon ostida baxtli bolalar kulgusi jarang sochadi.
😇 Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, biz sizlar kabi botir va dovyurak ona yurt farzandlari – Vatanimizning haqiqiy posbonlari bilan haqli ravishda faxrlanamiz.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor boʻlsin. Yurtimiz taraqqiyoti va tinchligi yo‘lida amalga oshirayotgan zahmatli mehnatingiz yo‘lida hamisha sobit qadam bo‘ling!
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|