QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.8K subscribers
22K photos
3.85K videos
287 files
9.09K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
Photo
#Ona_tilim_faxrim

🔴  Til har bir millatning koʻzgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Davlatimiz rahbarining “Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin”, - degan fikrlarida ham tilimizning bor goʻzalligi namoyon boʻladi.

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda vazirlik mas'ullari, tizim tashkilotlari, xususan, Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi DM va uning hududiy boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirga ekspertlar sifatida taklif etilgan Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining katta ilmiy xodimi Feruza Musayeva va kichik ilmiy xodimi Muxlisa Saidaliyevaning  o‘zbek tilini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi innovatsion loyihalar, o‘zbek lug‘atshunosligidagi o‘ziga xos jihatlar  mavzulariga bag‘ishlangan qiziqarli ma’ruzalari tinglandi va o‘zaro fikr almashildi. Tadbir qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan javob oldi. Xususan, ekspertlardan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o'tkazish jarayonida hujjatlarda keltirilgan sohaga oid atamalarni noto'g'ri qo'llanilishi yuzasidan savolga mutaxassislar batafsil to'xtalib o'tdilar.

Ta’kidlash lozimki, vazirlik va uning tizim tashkilotlarida davlat tili ustuvorligini ta’minlash ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, sohaga doir rus tilida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar xatlovdan o‘tkazilib, ularni davlat tilida ishlab chiqilishi ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi. Vazirlik tizimidagi barcha xat va hujjatlar davlat tilida, ya’ni  lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlanishi ta’minlanib kelinmoqda.

Shuningdek, vazirlikda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi  sohasiga oid yangi so‘z va atamalarning o‘zbekona muqobillari hamda ularni bir xilda qo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruhi tashkil qilinib, faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda atamalar yuzasidan dastlabki takliflar tegishli tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilindi.

➡️ Vazirlik rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallarini davlat tilida, ya’ni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi, imloviy va uslubiy xatolarsiz bo‘lishi ta’minlanib, Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan  yangilanib borayotgan shaharsozlik normalari va qoidalari davlat tilida tayyorlanishi, imloviy va uslubiy xatolarsiz bo‘lishi hamda atamalardan o‘z o‘rnida va to‘g‘ri foydalanilishiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Vazirlik xodimlarining Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida tashkil etilayotgan malaka oshirish o‘quv mashg‘ulotlaridagi ishtiroki taʼminlanmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

🫥 Ona tilimiz rivojiga barchamiz birdek mas’ulmiz!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Ona tili bu o‘zlikni anglashdir

📍 Joylarda ona tilimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir, adabiy kecha, mushoiralar bo‘lib o‘tmoqda. Bugun erta tongda poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidagi muazzam Alisher Navoiy haykalining poyi anvoyi gullarga to‘ldi. Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, adib-u shoirlar jam bo‘ldilar.

📌 Xususan, tadbirda Qurilishi va uy-joy kommunal xo'jaligi markaziy apparati, tizim tashkiloti xodimlari ham ishtirok etib, o‘zbek tili bayrami munosabati bilan ulug‘ shoir haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Ona_tilim_faxrim Ona tili bu o‘zlikni anglashdir 📍 Joylarda ona tilimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir, adabiy kecha, mushoiralar bo‘lib o‘tmoqda. Bugun erta tongda poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidagi muazzam Alisher Navoiy haykalining poyi anvoyi…
#Ona_tilim_faxrim

📌 Bugungi bayram doirasida Adiblar xiyobonida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, "Do'stlik" ordeni sohibi Bobur Bobomurod bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Unda taniqli shoir yig'ilganlarga o'zining sara she'rlaridan o'qib berdi. Xususan, davlat tili mavzusidagi hamda xalqimizning sevimli qo'shiqlariga aylanib ulgurgan ijod namunalari vazirlik xodimlarida katta taassurot qoldirdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM