QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
22.7K photos
3.98K videos
292 files
9.36K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹 #ONLAYN 🏘 Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida dastlab Dang‘ara tumanining "Targ'ova" mahalla fuqarolar yig‘ini “Yoshlik”ko'chasi…
📹 #ONLAYN

🏘 Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruhning o'rganish ishlari davom etmoqda. Xususan, T.Alimatov “Targ‘ova” mahallasida istiqomat qiluvchi Rahmatjon Abdullayev xonadonida bo‘ldi. Bu oila mazkur mahallaning drayveri bo‘lgan ko‘chatchilik bilan shug‘ullanadi. Shu orqali yiliga yaxshigina daromad topadi.

Oila boshlig‘i bilan bo’lib o‘tgan suhbatda vazir o'rinbosari ularning muammolari va rejalari bilan qiziqdi. Har bir ishda mahalla raisi hamda mahalla yettiligi namuna bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur mahallalarda infratuzilma, tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash, elektr energiyasini barqaror yetkazib berilishini taʼminlash, ichki yo‘llarni taʼmirlash kabi ishlar maqsad qilib olingan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹 #ONLAYN 🏘 Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruhning o'rganish ishlari davom etmoqda. Xususan, T.Alimatov “Targ‘ova” mahallasida istiqomat qiluvchi Rahmatjon Abdullayev xonadonida bo‘ldi. Bu oila mazkur mahallaning drayveri bo‘lgan ko‘chatchilik…
📹 #ONLAYN

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi Qo'qon shahar "G'ishtli masjid" mahallasi "Guzar" ko'chasida joylashgan ko'p qavatli uyni ko'zdan kechirdi. 266-sonli mazkur uyning yerto'la qismida kommunikatsiya tizimlari nosozligi va chiqindilar tozalanmagani tanqid qilindi. Ushbu uyga xizmat ko'rstuvchi "Qo'qon inshoot qurilma" BSK tomonidan mavjud kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etishga kirishildi.

⭕️ Shundan so'ng "G'ishtli masjid" mahallasining "Mavorounnahr" ko'chasida renovatsiya asosida barpo etilayotgan ko'p qavatli uyning holati o'rganildi. Natijada loyiha tashkilotchisi tomonidan mualliflik nazorati, pudratchi tomonidan esa texnik nazorat yo'lga qo'yilmagani aniqlandi. Bundan tashqari bu yerda betonlash ishlari ham sifatsiz ekani tanqid qilindi.

Muammolarni tezda bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga ko'rsatmalar berildi. O'rganish ishlari davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

"Karkidon"da 15 turdagi 100 mingdan ortiq daraxt ekiladi

🏘 Farg‘ona viloyatida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish masalasiga bag‘ishlangan Respublika koʻrgazmali seminari boshlandi. Ushbu seminar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan yangi tizim doirasida tashkil etilgan bo‘lib, tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov ham ishtirok etmoqda.

Seminar doirasida dastlab ishtirokchilar Quva tumani "Karkidon" suv ombori hududida barpo etilayotgan "Yashil belbog'" loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirida qatnashdi. Ushbu tashabbus atrof-muhit musaffoligini saqlash va yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi uchun ajratilgan 3 gektar yer maydoniga manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.

📍 “Karkidon” suv ombori hududida 270 gektar maydonda 108 mingta 15 turdagi daraxt koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan.

Ushbu seminar qishloq xo'jaligi yerlari va tabiiy resurslaridan samarali foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash hamda aholining daromadlarini oshirish bo‘yicha muhim tashabbuslardan biri bo‘lib, uning natijalari kelgusi yillarda o‘z samarasini berishi kutilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

☯️ Samarqandda “Turkiy dunyo shaharsozlik qurultoyi” bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Samarqand shahrida “Turkiy dunyo shaharsozlik qurultoyi” o‘z ishini boshladi. Mazkur nufuzli anjuman “Turkiy dunyo muhandislari va arxitektorlar ittifoqi” tashabbusi bilan tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi esa turkiy davlatlar o‘rtasida shaharsozlik, me’morchilik va qurilish sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

🏘 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Savdo-sanoat palatasi vakillari, shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan yuqori martabali mehmonlar ishtirok etmoqda.

Mazkur anjuman turkiy davlatlar o’rtasida ilmiy, texnologik va amaliy tajriba almashinuvini kuchaytirish, shuningdek, mintaqaviy shaharsozlik loyihalarini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #Onlayn
#Xalqaro_hamkorlik

Ayni daqiqalarda mamlakatimizda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini rivojlantirish strategiyasini ishlab yuzasidan uchrashuv bo’lib o’tmoqda. Unda xalqaro moliya institutlari, rivojlanish agentliklari hamda sohaga oid tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqdalar.

🏘 Tadbirni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ochib, sohaga qaratilayotgan e’tibor va amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o’tdi.

Shuningdek, uchrashuvda sohada hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar ham muhokama qilinmoqda. Xususan, iqtisodiy samaradorlik, tarif siyosatini takomillashtirish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, raqamlashtirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi masalalar dolzarbligi alohida ta’kidlandi.

- Sohadagi muammolar bir-biriga bog‘liq bo‘lib, ularning har biri strategik yondashuvni talab etadi. Shu sababli biz sohaga oid aniq tashxis qo‘yishimiz va xalqaro tajriba asosida takomillashtirish yo‘llarini belgilashimiz zarur,- deya ta’kidladi vazir o'rinbosari.

Bu borada xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish masalasi muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.

Muzokaralar davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
📹 #Onlayn
#Xalqaro_hamkorlik

📍 Pekinda aholiga qulaylik yaratishning kompleks chora-tadbirlari

Ta’kidlaganimizdek, mamlakatimiz kommunal sohasiga daxldor mas’ullar, boshqaruv organlari vakillari Pekin shahrida faoliyat yurituvchi bir qator boshqaruv kompaniyalari ishi bilan tanishmoqdalar.

Pekinda kompaniyalar aholining ko’p qavatli uylarda qulay yashash sharoitini ta’minlash uchun barcha choralarni ko’radi. Xususan, uylarni issiqlik bilan ta’minlash, holatini zarur talablar asosida saqlash, yerto’lada joylashgan suv nasoslari, shuningdek, lift qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish, uylarga tutash va obodonlashtirish obyektlarini tozalash hamda ko’kalamzorlashtirish, shu bilan birga 40 dan ortiq servis xizmatlar ko’rsatib keladi.


Mazkur ishlarni amalga oshirish maqsadida kompaniya 260 nafar ishchi o’rni tashkil etgan. Aholining majburiy badallarni to’lash ko’rsatkichi 99 foizni tashkil etadi. Bu esa o’z navbatida xizmat sifatiga ijobiy ta’sir o’tkazib kelmoqda.

Shu bilan birga kompaniya tomonidan qariyalar uchun turli ko’ngilochar to’garaklar tashkil etilgan bo’lib, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilib kelinadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN

📌 “Qurilish – UzBuild-2025” 26-O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmasi start oldi

Ko‘rgazmada mahalliy va xorijiy qurilish materiallari, texnologiyalari va maxsus texnika ishlab chiqaruvchilarning eng yaxshi yutuqlari va ilg'or tajribasi namoyish etilmoqda.

Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tadbirda “aqlli uylar”, yashil texnologiyalar va energiya samarador ishlanmalar kabi innovatsion yechimlarga alohida e'tibor qaratiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM