QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
22.7K photos
3.98K videos
292 files
9.36K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
📹#ONLAYN

🏛 Shahar qurilishi maʼrifatli jamiyat barpo etish gʻoyasining asosi va namunasi sifatida, ilm-fan hamda maʼnaviyat maskanlaridan boshlanishi zarur.

Tadbir loyiha tafsilotlari va maqsadiga bag’ishlagan video taqdimot bilan davom etmoqda.

Ta’kidlanganidek, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini oʻz ichiga olgan majmua xalqaro turizm maskanlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Ushbu majmua jahonga mashhur “Zaha Hadid architects” kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN

🔗 “Zaha Hadid architects” dunyodagi eng nufuzli arxitektura firmalaridan biri sanaladi. U jahon arxitekturasida oʻziga yondashuvga ega innovatsion meʼmor Zaha Hadid nomi bilan ataladi. Uning har bir loyihasi, jumladan, Londondagi “The Serpentine Sackler” galeriyasi, Guanchjoudagi “Opera teatri”, Pekindagi “Dacin xalqaro ayeroporti”, Rimdagi “Milliy sanʼat muzeyi”, Baku shahridagi “Madaniyat markazi” hamda dunyoning eng mashhur shaharlarida joylashgan koʻplab me'moriy san'at asarlarida urbanizm, arxitektura va dizayn uygʻunligining ajoyib namunalari, shuningdek, 30 yildan ortiq tadqiqot, tajriba va izlanishlarning natijasi qalqib turadi.

Ayni damda “Zaha Hadid architects”  kompaniyasi direktori Paolo Matteuzzi so’zga chiqib, loyiha haqida yig’ilganlarga atroflicha ma’lumot bermoqda.

- O’zbekiston azal-azaldan o’zining milliy qadriyatlari hamda ana shu qadriyatlarni bunyodkorlik obyektlari bilan uyg’unlashtira olgan buyuk me’morlar mamlakati hisoblanadi. Biz ham loyihani boshlashda avvalo, shu jihatlarga alohida e’tibor qaratdik. Shuningdek, zamonaviy yondashuv asosida loyihaga yanada optimallik bag’ishlashni maqsad qilganmiz. Ishonamizki, loyiha dunyo miqyosida nodir me’morchilik asariga aylanadi, - dedi Paolo Matteuzzi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN

🔠 Ta’kidlanganidek, Alisher Navoiy ilmiy tadqiqot markazi ham an'anaviy oʻzbek naqshlari va zamonaviy dizayn tamoyillari bilan boyitilgan monumental arxitektura namunasi boʻlishi koʻzda tutilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida ixtisoslashgan maktabning oʻquv binosi yotoqxona, ilmiy tadqiqot markazi, Alisher Navoiy nomidagi muzey, xalqaro anjumanlar saroyi va konferensiyalar kompleks binolari boʻlishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi shahar aholisi va mehmonlariga yigirma toʻrt soat xizmat ko’rsatish, ularning oʻqishi va hordiq chiqarishi uchun barcha qulayliklarga ega bo’lgan maskan boʻlishi nazarda tutilmoqda.

Bu yerda piyodalar bogʻda sayr qilib, sharqdan gʻarbgacha boʻlgan masofani yayov kezishlari va goʻzal tabiat manzarasi hamda toza havodan bahra olishlari mumkin. Shuningdek, ushbu markaz madaniy tadbirlar, musiqiy chiqishlar uchun ham ajoyib maskan boʻlishi kutilmoqda.

Yuksak meʼmoriy yechim va yondashuv bilan barpo etilayotgan obyekt yil davomida qulay ichki iqlimni yaratib, mamlakatimiz meʼmorchiligida muhim obyekt sifatida oʻrin oladi.

Loyiha nafaqat betakror tashqi ko’rinishi, balki energosamaradorlik, aqlli texnologiyalar, landshaft maydonlarini rejali tashkil etish kabi yo’nalishlaridagi optimal yechimlarni o’z ichiga olgan.

Ushbu obyektni bir soʻz bilan madaniy qadriyatlar va zamonaviylikni oʻzida mujassam etgan markaz deyish mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN

Madaniy qadriyatlar va zamonaviylikni oʻzida mujassam etgan markaz loyihasiga bag’ishlangan taqdimot-matbuot anjumani

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢 “Yangi Toshkent – Markaziy Osiyoning yana bir gavhari” mavzusidagi taqdimot-matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari loyiha yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Ochiqlik, xolislik va samaradorlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbir ommaviy axborot vositalari, xorijiy ekspertlar, tadbirkorlar va jamoatchilik a’zolari uchun qulay muloqot maydoni bo’lib xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

🔔 Shahar koʻchalaridagi veloyoʻlaklarga qoʻyilgan talablar haqida bilasizmi? Agar sizga bu qiziq boʻlsa, unda yuqoridagi video shu haqida.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM