QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 📹 Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soha oldida turgan…
#BRIFING
📹 Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlarida Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish, loyihalarni koʻrib chiqish muddatlari optimallashtiriladi. Bu boradagi muammolarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga tegishli qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra Kengash aʼzolari soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn bir ish kuni mobaynida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishadi yoki salbiy xulosa beradi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Kengashning ishchi organi sifatida soʻrovnomani uch ish kunida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishib berishi zarur boʻlgan Kengash aʼzolariga yuboradi.
Kengash aʼzolari oʻz vakolati doirasida besh ish kunida loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini kelishadi va unga eʼtirozlar boʻlmagan holatda QR kod qoʻyilgan ijobiy xulosani yuboradi yoki kelishishni rad etadi. Xulosa beruvchilarning barchasidan ijobiy xulosalar olingandan soʻng tasarrufiy boshqarmalar uch ish kunida yakuniy xulosani arizachiga yuboradi. Bunda ariza beruvchiga elektron tizim orqali avtomatik tarzda QR kod qoʻyilgan xulosa beriladi. Kengash aʼzolarining javoblarida koʻrsatilgan xato va kamchiliklar toʻgʻirlanib, takroriy ariza yuborilganda hududiy boshqarma avval ijobiy javob yuborgan kengash aʼzosiga arizani qayta yubormasligi mumkin. Ushbu jarayon bilan ortiqcha ovoragarchilikning oldi olinadi, muddatlar qisqaradi va xizmatlar koʻrsatish sifati yaxshilanadi.
Endilikda uy-joy sotib olish boʻyicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi. Bunda developerlar oʻzlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish boʻyicha banklar bilan shartnoma tuzadi, bu uylarni olmoqchi boʻlgan odamlar pulini quruvchiga emas, toʻgʻridan-toʻgʻri bankka topshiradi. Banklar esa yigʻilgan pulni quruvchiga resurs sifatida beradi. Shunda banklar quruvchi va xaridor oʻrtasida koʻprik boʻlib, uy-joyni oʻz vaqtida va sifatli qurib, egasiga topshirishga kafil boʻladi. Yangi tizim Samarqand shahri, Yangihayot va Sergeli tumanlarida bir yil davomida tajribadan oʻtkazilishi belgilandi.
Albatta, amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar avvalo, odamlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda turmush farovonligini yanada yaxshilash kabi maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇
➡️ https://www.facebook.com/share/v/oBAXeF7jh239Q4gS/?mibextid=oFDknk
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✅ Telegram| 📹 Youtube|

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BRIFING
📣 DIQQAT! DIQQAT!
📹 Ayni daqiqalarda AOKAda “Qurilish sohasida davlat nazoratini kuchaytirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar” mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirok etmoqda.
🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇
➡️ https://www.facebook.com/share/v/iyPuLZJYjAGggyYo/?mibextid=oFDknk
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✅ Telegram| 📹 Youtube|
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING 📣 DIQQAT! DIQQAT! 📹 Ayni daqiqalarda AOKAda “Qurilish sohasida davlat nazoratini kuchaytirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar” mavzusida brifing bo‘lib o‘tmoqda. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirok etmoqda. 🎚️ …
#BRIFING
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi joriy yilning oʻtgan davri mobaynida qariyb 30 mingga yaqin obyektda qurilish-montaj ishlari ustidan 145 mingdan ortiq nazorat tadbirlarini olib bordi. Bunda bajarilishi majburiy boʻlgan 88 600 ta yozma koʻrsatma berildi, 64 mingga yaqin kamchilik bartaraf etilib, 6 300 dan ziyod maʼmuriy ish hujjatlari asosida tegishli jazo choralari qoʻllanildi.
Shaharsozlik norma va qoidalariga zid ravishda qurilgan 338 ta qurilish obyektida qurilish-montaj ishlarini toʻxtatildi. Tegishli hujjatlarsiz oʻzboshimchalik bilan qurilgan 226 ta qurilish obyektini buzish va demontaj qilish boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritildi. Qurilish normalarga rioya qilmagan 279 ta obyektda buzdirish ishlari olib borildi.
Qurilish ishtirokchilar tomonidan mualliflik va texnik nazoratini buzganligi uchun 678 ta holatda litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarni toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish boʻyicha taqdimnomalar kiritildi. 519 ta qurilish obyektida sifatsiz qurilish materiallari va buyumlardan foydalanganligi uchun tegishli organlarga taqdimnoma yuborildi.
Taʼkidlash kerakki, shu yilning 23-sentabr kuni davlatimiz rahbari raisligida boʻlib oʻtgan qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga oid videoselektor yigʻilishida bu boradagi ishlar tahliliy tanqid qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab berilgan edi.
Shundan kelib chiqqan holda endilikda 30 mingga yaqin obyektga 500 nafar nazoratchi nomma-nom biriktiriladi. Har bir obyekt boʻyicha kundalik nazorat ishlari kuchaytiriladi. Aniqlangan xato va kamchiliklarni joyida bartaraf etish maqsadida hududiy inspeksiyalarda quruvchi-operatorlar shtabi tashkil qilinadi. Bu esa inspeksiyalar mansabdor shaxslari hatti harakati hamda qurilish obyektidagi qurilish-montaj ishlarini onlayn nazorat qilish imkonini yaratadi.
🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇
➡️ https://www.facebook.com/share/v/iyPuLZJYjAGggyYo/?mibextid=oFDknk
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✅ Telegram| 📹 Youtube|
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi joriy yilning oʻtgan davri mobaynida qariyb 30 mingga yaqin obyektda qurilish-montaj ishlari ustidan 145 mingdan ortiq nazorat tadbirlarini olib bordi. Bunda bajarilishi majburiy boʻlgan 88 600 ta yozma koʻrsatma berildi, 64 mingga yaqin kamchilik bartaraf etilib, 6 300 dan ziyod maʼmuriy ish hujjatlari asosida tegishli jazo choralari qoʻllanildi.
Shaharsozlik norma va qoidalariga zid ravishda qurilgan 338 ta qurilish obyektida qurilish-montaj ishlarini toʻxtatildi. Tegishli hujjatlarsiz oʻzboshimchalik bilan qurilgan 226 ta qurilish obyektini buzish va demontaj qilish boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritildi. Qurilish normalarga rioya qilmagan 279 ta obyektda buzdirish ishlari olib borildi.
Qurilish ishtirokchilar tomonidan mualliflik va texnik nazoratini buzganligi uchun 678 ta holatda litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlarni toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish boʻyicha taqdimnomalar kiritildi. 519 ta qurilish obyektida sifatsiz qurilish materiallari va buyumlardan foydalanganligi uchun tegishli organlarga taqdimnoma yuborildi.
Taʼkidlash kerakki, shu yilning 23-sentabr kuni davlatimiz rahbari raisligida boʻlib oʻtgan qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga oid videoselektor yigʻilishida bu boradagi ishlar tahliliy tanqid qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab berilgan edi.
Shundan kelib chiqqan holda endilikda 30 mingga yaqin obyektga 500 nafar nazoratchi nomma-nom biriktiriladi. Har bir obyekt boʻyicha kundalik nazorat ishlari kuchaytiriladi. Aniqlangan xato va kamchiliklarni joyida bartaraf etish maqsadida hududiy inspeksiyalarda quruvchi-operatorlar shtabi tashkil qilinadi. Bu esa inspeksiyalar mansabdor shaxslari hatti harakati hamda qurilish obyektidagi qurilish-montaj ishlarini onlayn nazorat qilish imkonini yaratadi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#BRIFING Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi joriy yilning oʻtgan davri mobaynida qariyb 30 mingga yaqin obyektda qurilish-montaj ishlari ustidan 145 mingdan ortiq nazorat tadbirlarini olib bordi. Bunda bajarilishi…
#BRIFING
Endi nazorat inspektorlari bodikameralar bilan taʼminlanadi. Bundan koʻzlangan maqsad qurilishda davlat nazoratini yanada kuchaytirish, har qanday korrupsiyaviy holatni oʻz vaqtida aniqlash va chek qoʻyishdan iboratdir.
Davlat hisobidan qurilayotgan barcha obyektga toifasiga qarab kamida 2 tadan videokamera oʻrnatiladi. Kuzatuv qurilmasi operatorlar shtabiga maʼlumotlarni onlayn yetkazib turadi. Shu orqali qurilish jarayonlari, buyurtmachining texnik, loyihachining mualliflik, pudratchining ichki nazorat ishlari doimiy davlat nazoratida boʻladi.
Noqonuniy qurilishlar boʻyicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytirilmoqda. Bu orqali shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, hududiy inspeksiyalar roʻyxatidan oʻtmasdan oʻzboshimchalik bilan boshlab yuborilgan qurilishlarni oʻz vaqtida toʻxtatish choralari koʻriladi.
Endilikda har bir qurilayotgan obyekt oldida QR kodli pasport boʻlishi shart. Agar bunday turdagi pasport boʻlmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi. Qurilish pasportida qurilishga taalluqli barcha shaharsozlik hujjatlari boʻlishi shart. Yaʼni, qurilishni joylashtirish, loyihani ishlab chiqish, tasdiqlangan loyiha va shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi, hududiy inspeksiyalardan roʻyxatdan oʻtgan vaqti, qurilishning boshlanish va tugallanish davri, qurilishda buyurtmachi, loyihachi va pudratchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi talab qilinadi.
Ushbu choralarni kuchaytirish, qurilishlarni sifatli boʻlishiga, oʻz muddatida topshirilishiga, noqonuniy va pala-partish qurilishlarga chek qoʻyishga, inspeksiya xodimlari tomonidan turli nojoʻya xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
🎚️ Brifingni onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇
➡️ https://www.facebook.com/share/v/iyPuLZJYjAGggyYo/?mibextid=oFDknk
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|✅ Telegram| 📹 Youtube|
Endi nazorat inspektorlari bodikameralar bilan taʼminlanadi. Bundan koʻzlangan maqsad qurilishda davlat nazoratini yanada kuchaytirish, har qanday korrupsiyaviy holatni oʻz vaqtida aniqlash va chek qoʻyishdan iboratdir.
Davlat hisobidan qurilayotgan barcha obyektga toifasiga qarab kamida 2 tadan videokamera oʻrnatiladi. Kuzatuv qurilmasi operatorlar shtabiga maʼlumotlarni onlayn yetkazib turadi. Shu orqali qurilish jarayonlari, buyurtmachining texnik, loyihachining mualliflik, pudratchining ichki nazorat ishlari doimiy davlat nazoratida boʻladi.
Noqonuniy qurilishlar boʻyicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytirilmoqda. Bu orqali shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, hududiy inspeksiyalar roʻyxatidan oʻtmasdan oʻzboshimchalik bilan boshlab yuborilgan qurilishlarni oʻz vaqtida toʻxtatish choralari koʻriladi.
Endilikda har bir qurilayotgan obyekt oldida QR kodli pasport boʻlishi shart. Agar bunday turdagi pasport boʻlmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi. Qurilish pasportida qurilishga taalluqli barcha shaharsozlik hujjatlari boʻlishi shart. Yaʼni, qurilishni joylashtirish, loyihani ishlab chiqish, tasdiqlangan loyiha va shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi, hududiy inspeksiyalardan roʻyxatdan oʻtgan vaqti, qurilishning boshlanish va tugallanish davri, qurilishda buyurtmachi, loyihachi va pudratchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi talab qilinadi.
Ushbu choralarni kuchaytirish, qurilishlarni sifatli boʻlishiga, oʻz muddatida topshirilishiga, noqonuniy va pala-partish qurilishlarga chek qoʻyishga, inspeksiya xodimlari tomonidan turli nojoʻya xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing
🔴 Mavzu: Qurilish resurslari milliy klassifikatori elektron platformasining joriy etilishidan asosiy maqsadlar
⏰ Vaqti: 15:00
⭐️ Ishtirok etadi: Abulqosim Abduxoliqov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi institut direktori v.b
🗺 Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Brifing 🔴 Mavzu: Qurilish resurslari milliy klassifikatori elektron platformasining joriy etilishidan asosiy maqsadlar ⏰ Vaqti: 15:00 ⭐️ Ishtirok etadi: Abulqosim Abduxoliqov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi institut direktori…
#Brifing
📌 Qurilish resurslari milliy klassifikatori elektron platformasining joriy etilishidan asosiy maqsadlar
AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi institut direktori v.b Abulqosim Abduxoliqov ishtirokida brifing boshlandi.
Quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/550814310903657/
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi institut direktori v.b Abulqosim Abduxoliqov ishtirokida brifing boshlandi.
Quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/550814310903657/
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Brifing 📌 Qurilish resurslari milliy klassifikatori elektron platformasining joriy etilishidan asosiy maqsadlar AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi institut direktori v.b Abulqosim Abduxoliqov ishtirokida brifing boshlandi.…
#Brifing
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ishga tushirilganidan koʻpchilikning xabari bor.
Soʻnggi paytlarda ushbu platforma faoliyatiga oid ayrim mulohaza va eʼtirozlar boʻlayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Xoʻsh, ushbu platforma qanday maqsadlarni koʻzda tutadi va buning zarurati nimalardan iborat?
Gap shundaki, Qurilish resurslari milliy klassifikatori, avvalo, loyiha-smeta hujjatlarida narxning sunʼiy ravishda koʻtarilishining oldini oladi. Shuningdek, qurilishda xufiyona iqtisodiyotga shart-sharoitlar yaratilishiga va obyektlarda sifatsiz materiallar hamda ishlardan foydalanishga barham beradi.
Qurilish resurslarining batafsil tasniflanishi va shu orqali aniq nom hamda kod bilan nomlanishi esa yetkazib beruvchilar orasida sogʻlom raqobat va shaffoflikni taʼminlaydi. Xaridor va sotuvchi oʻrtasida tushunmovchiliklarning oldini oladi. Loyihalash va qurilish jarayonini raqamlashtirishda, qurilishga BIM texnologiyalarini joriy etishda, raqamli boshqaruv tizimlaridan foydalashda resurslarni batafsil tasniflash majburiy talab hisoblanadi.
Qurilish materiallariga ishlatilgan xomashyo, uning oʻlchamlari, mexanik xossalaridan kelib chiqib narxlarni shakllantirishda yagona yondashuvni taʼminlaydi. Mazkur platforma turli ishlab chiqaruvchilar va ularning mahsulotlarini bir joyda jamlab, bazada birlashtiradi. Keng auditoriyani ochiq axborot bilan taʼminlaydi. Bu esa ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga potensial mijozlarni jalb kilish va bozorda yanada samarali raqobatlashish imkonini yaratadi.
Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarining dislokatsiyasi orqali qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati hamda hizmat koʻrsatuvchilarning respublika, viloyatlar va hududlar kesimida tahlil qilish, hududlarning qurilish materiallari ishlab chiqarish salohiyati, quvvati va qurilish materiallari narxini tahlil qilish , shuningdek, investorlar tomonidan joylarda yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish buyicha qaror qabul qilish imkonini beradi.
🟡 Kelgusida platforma yanada takomillashtiriladi. Buning natijasida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari uchun yirik oldi-sotdi platformasi va MDH davlatlari oʻrtasida eksport-import faoliyatini yoʻlga qoʻyish imkoni yaratiladi.
Taʼkidlash oʻrinliki, xalqaro tajriba asosida standartlarga mos boʻlgan nomlarda qurilish resurslari, ularni guruhlarga va boʻlimlarga tasniflagan holda har biri uchun alohida identifikatsiya kodi va nomlanishini nazarda tutuvchi narxlar elektron katalogi shakllantirildi. Hozirgi kunga qadar mazkur katalogda 1 000 ga yaqin ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi tadbirkorlarning 35 000 ga yaqin mahsulotlari joylashtirilgan. Ular oʻzlarining elektron raqamli imzolari orqali platformaning shaxsiy kabinetida onlayn rejimda maʼlumotlarni qoʻshish, tahrirlash va boyitish imkoniga ega.
📌 Qurilish resurslari milliy klassifikatori Soliq qoʻmitasining 190 mingdan ortiq MXIK kodlari bilan uygʻunlashtirildi. Endilikda shartnoma va hisob fakturalarni shakllantirishda tadbirkorlar va xaridorlar avvalgidek umumiy nomdagi emas, balki aniq koʻrsatilgan nomdagi tovar va xizmatlarni koʻrsatishlari mumkin. Bu esa oʻz navbatida aldanib qolish yoki tushunmovchilik holatlarining oldini oladi.
🔺 Hurmatli tadbirkorlar, mazkur platforma Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Tovar-xomashyo birjasi, Oʻzstandart agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Statistika agentligi bilan hamkorlikda ularning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan holda tashkil etilgan.
Albatta vazirlikning Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti va Soliq qoʻmitasining “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi bilan hamkorlikda tadbirkorlar tomonidan berilayotgan takliflar hamda muammolar bilan ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
☎️ Murojaat uchun telefon: 71 210 11 04 ( ichki raqam 60 05; 60 06; 60 07)
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasi ishga tushirilganidan koʻpchilikning xabari bor.
Soʻnggi paytlarda ushbu platforma faoliyatiga oid ayrim mulohaza va eʼtirozlar boʻlayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Xoʻsh, ushbu platforma qanday maqsadlarni koʻzda tutadi va buning zarurati nimalardan iborat?
Gap shundaki, Qurilish resurslari milliy klassifikatori, avvalo, loyiha-smeta hujjatlarida narxning sunʼiy ravishda koʻtarilishining oldini oladi. Shuningdek, qurilishda xufiyona iqtisodiyotga shart-sharoitlar yaratilishiga va obyektlarda sifatsiz materiallar hamda ishlardan foydalanishga barham beradi.
Qurilish resurslarining batafsil tasniflanishi va shu orqali aniq nom hamda kod bilan nomlanishi esa yetkazib beruvchilar orasida sogʻlom raqobat va shaffoflikni taʼminlaydi. Xaridor va sotuvchi oʻrtasida tushunmovchiliklarning oldini oladi. Loyihalash va qurilish jarayonini raqamlashtirishda, qurilishga BIM texnologiyalarini joriy etishda, raqamli boshqaruv tizimlaridan foydalashda resurslarni batafsil tasniflash majburiy talab hisoblanadi.
Qurilish materiallariga ishlatilgan xomashyo, uning oʻlchamlari, mexanik xossalaridan kelib chiqib narxlarni shakllantirishda yagona yondashuvni taʼminlaydi. Mazkur platforma turli ishlab chiqaruvchilar va ularning mahsulotlarini bir joyda jamlab, bazada birlashtiradi. Keng auditoriyani ochiq axborot bilan taʼminlaydi. Bu esa ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga potensial mijozlarni jalb kilish va bozorda yanada samarali raqobatlashish imkonini yaratadi.
Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarining dislokatsiyasi orqali qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati hamda hizmat koʻrsatuvchilarning respublika, viloyatlar va hududlar kesimida tahlil qilish, hududlarning qurilish materiallari ishlab chiqarish salohiyati, quvvati va qurilish materiallari narxini tahlil qilish , shuningdek, investorlar tomonidan joylarda yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish buyicha qaror qabul qilish imkonini beradi.
Taʼkidlash oʻrinliki, xalqaro tajriba asosida standartlarga mos boʻlgan nomlarda qurilish resurslari, ularni guruhlarga va boʻlimlarga tasniflagan holda har biri uchun alohida identifikatsiya kodi va nomlanishini nazarda tutuvchi narxlar elektron katalogi shakllantirildi. Hozirgi kunga qadar mazkur katalogda 1 000 ga yaqin ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi tadbirkorlarning 35 000 ga yaqin mahsulotlari joylashtirilgan. Ular oʻzlarining elektron raqamli imzolari orqali platformaning shaxsiy kabinetida onlayn rejimda maʼlumotlarni qoʻshish, tahrirlash va boyitish imkoniga ega.
Albatta vazirlikning Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti va Soliq qoʻmitasining “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi bilan hamkorlikda tadbirkorlar tomonidan berilayotgan takliflar hamda muammolar bilan ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing
⚫️ Mavzu: Qurilish sohasidagi jarayonlarni samarali va shaffof boshqarish maqsadida yangi qurilishlarda davlat nazorati tizimi takomillashtirilishi
🕒 Vaqti: bugun 10:00 da
💬 Ishtirok etadi: Saidnosir Usmonov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari
🗺 Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Brifing ⚫️ Mavzu: Qurilish sohasidagi jarayonlarni samarali va shaffof boshqarish maqsadida yangi qurilishlarda davlat nazorati tizimi takomillashtirilishi 🕒 Vaqti: bugun 10:00 da 💬 Ishtirok etadi: Saidnosir Usmonov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi…
#Brifing
📌 Qurilish sohasidagi jarayonlarni samarali va shaffof boshqarish maqsadida yangi qurilishlarda davlat nazorati tizimi takomillashtirilishi
AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirokida brifing boshlandi.
Quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.facebook.com/share/v/1Ds5817DW3/?mibextid=WC7FNe
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍 Web| 📸 Instagram|💬 Facebook|😎 Telegram| 📹 Youtube|
AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirokida brifing boshlandi.
Quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.facebook.com/share/v/1Ds5817DW3/?mibextid=WC7FNe
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Brifing 📌 Qurilish sohasidagi jarayonlarni samarali va shaffof boshqarish maqsadida yangi qurilishlarda davlat nazorati tizimi takomillashtirilishi AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirokida…
#Brifing
🔴 2024-yilning 23-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida boʻlib oʻtgan “Qurilish industriyasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish”ga oid videoselektor yigʻilishida qurilish-montaj ishlari sifati masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada bajarilishi shart boʻlgan aniq vazifalar belgilab berilgan edi.
Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash, xususan, mamlakatimiz qurilish sohasidagi jarayonlarni samarali va shaffof boshqarish maqsadida yangi qurilishlarda davlat nazorati tizimi joriy etilmoqda. Mazkur tizim zamonaviy raqamli yechimlar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, qurilish jarayonlarini boshqarish, hujjatlashtirish va nazorat qilishda qulay imkoniyatlar yaratadi. Tizimning asosiy maqsadi qurilish jarayonlarini izchil boshqarish, ortiqcha qogʻozbozlikka yoʻl qoʻymaslik va inson omili taʼsirini kamaytirish orqali sifat va xavfsizlikni taʼminlashdan iborat.
❕ Xoʻsh, tizimning oʻziga xos yangiligi va imkoniyatlari qanday omillarda koʻrinadi?
Dastlab cheklist tizimiga toʻxtalamiz. Ushbu tizim bilan qurilish jarayonlari bosqichma-bosqich tekshiriladi va har bir ish turi uchun toʻldiriladigan cheklistlar orqali sifat nazorati amalga oshirilib, hujjatlashtirish jarayoni soddalashtiriladi. Tizim qurilish korxonalarining holatini avtomatik baholaydi va reytingi past boʻlgan yoki talabga javob bermaydigan korxonalarga ruxsatnoma bermaydi.
Muhim yangiliklardan yana biri har bir obyekt uchun “QR” kodli pasport joriy etilgan boʻlib, ushbu kod orqali obyekt haqidagi barcha maʼlumotlarni real vaqt rejimida olish mumkin. Bu respublikadagi barcha fuqarolar va jamoat nazorati vakillariga qurilish obyektlar holatini qulay tarzda kuzatish imkonini beradi.
Obyektni foydalanishga qabul qilish jarayoni ham ancha soddalashtirildi. Eski tizimdagi 27 ta cheklist bandi oʻrniga, yangi tizimda faqat 7 ta band qoldirilib, jarayonni tezlashtirish va ortiqcha kechikishlarni oldini olishga yordam beradigan tizim ishga tushdi.
Qurilish ishtirokchilari uchun interaktiv va qulay kabinetlar ishlab chiqildi. Har bir kabinet foydalanuvchiga moslashtirilgan boʻlib, bu orqali ichki nazorat, texnik nazorat, mualliflik nazorati va inspektorlar uchun alohida imkoniyatlar taqdim etilmoqda.
Qurilish jarayonlari tizim orqali raqamlashtirilib, qoʻshimcha ravishda obyektlar real vaqt rejimida kuzatib boriladi. Yaʼni, inspektor obyektni joyiga chiqib monitoring qilish bilan birgalikda elektron hujjat va fotosuratlar orqali obyektni holati boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻldi. Barcha xulosa, yozma koʻrsatma va tasdiqlar elektron hujjat aylanishi orqali amalga oshiriladi. Bu esa qogʻoz hujjatlariga boʻlgan ehtiyojni kamaytirib, jarayonlarni tezlashtirishga yordam beradi.
😇 Eng muhimi, qurilish jarayonlari "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimiga integratsiya qilinib, jarayonlarning shaffofligi oshirildi va korrupsiya xavfi kamaytirildi.
Umuman olganda yangi tizim qurilish jarayonlarini shaffoflashtirish, sifat nazoratini kuchaytirish va jarayonlarni soddalashtirishga xizmat qiladi. Bu innovatsion yechimlar quruvchilar va nazorat organlari uchun qulaylik yaratib, obyektni oʻz vaqtida va sifatli tayyorlab foydalanishga topshirishga imkon beradi.