QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
12K subscribers
22.6K photos
3.95K videos
291 files
9.3K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: minstroy2@exat.uz
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar
#reyd

🔗 Qoidabuzar iste’molchilarga qariyb 100 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar qo‘llanildi

Kuni kecha viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ xodimlari hamkorlikda reyd tadbirlarini o‘tkazishdi.

Xususan, viloyatning Termiz shahri, Sho‘rchi, Oltinsoy va Boysun tumanlarida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 29 ta holatda iste’molchilar ichimlik suvidan noqonuniy hamda o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelganliklari aniqlanib, 98,6 mln so‘m miqdorda ma’muriy jarimalar rasmiylashtirildi.

Ularning jamiyatga yetkazgan zarar miqdori mutaxassislar tomonidan hisob-kitob qilinmoqda.

Reyd tadbirlari hududlar bo'ylab davom etmoqda.

#SURXONDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 14, 2024
June 14, 2024
📈 Шаҳарсозлик норма ва қоидаларига киритилаётган ўзгартиришлар

АОКАда Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги тадқиқот институти директори Шерзод Содиқов иштирокида шу мавзуда брифинг бошланди
.

Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин
:

➡️ Жонли эфир
〰️〰️〰️〰️〰️〰️


Telegram
| Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 14, 2024
#Hududlardan_xabarlar
#PRESS_TUR

🗺 Toyloq tumani “Yangi Oʻzbekiston” massivida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi

Unda sohaga masʻullar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Taʻkidlanganidek, “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishi 3 bosqichda amalga oshirilmoqda:

I bosqichda 2024-yilda 12 ta koʻp xonadonli uy-joy, II bosqichda 2025-yilda 16 ta koʻp xonadonli uy-joylar, 1 ta 360 oʻrinli DMTT, mahalla markazi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi, III bosqichda 2026-2027-yillarda 15 ta koʻp qavatli uy-joylar, 1 ta 990 oʻrinli maktab, 100 qatnovli oilaviy poliklinika, 1 ta yoshlar markazi hamda savdo markazi va xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi rejalashtirilgan.

Press-turda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oldilar.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 14, 2024
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Joriy yilning 14-iyun holatiga koʻra 20 ta shaharsozlik normalari va qoidalariga Adliya vazirligining ekspertiza xulosalari olindi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan
brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi tadqiqot instituti direktori Sherzod Sodiqov maʼlum qildi.

Shuningdek:

4 ta shaharsozlik normalari va qoidalari Adliya vazirligida koʻrib chiqilmoqda;

21 ta shaharsozlik normalari va qoidalari idoraviy kelishuvdan oʻtkazilmoqda;

2 ta shaharsozlik normalari va qoidalari idoraviy kelishuvdan oʻtkazildi, vazirlik buyrugʻi rasmiylashtirilmoqda;

2 ta shaharsozlik normalari va qoidalari qayta koʻrib chiqilmoqda.

Standartlashtirish boʻyicha joriy yilning ish rejasiga kiritilgan 18 ta standartlar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Standartlashtirish boʻyicha milliy organning rasmiy veb saytida oltmish kalendar kun davomida jamoatchilik muhokamasiga joylandi hamda uning natijasiga koʻra STQ 21 “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” Standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitaning ijobiy xulosasi olinib, bugungi kunda Standartlashtirish boʻyicha milliy organga texnik ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritildi.

📌 Batafsil

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 14, 2024
😇🥰😇😇🥰🥰😇

Ogoh bo’ling. Barchasi nazorat ostida!

Koʼp kvartirali uylarga xizmat koʼrsatish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va berilayotgan imkoniyatlarga qaramay, baʼzi boshqaruv tashkilotlari tomonidan qonunbuzilish holatlari kuzatilmoqda. Gap shundaki, hanuzgacha mulkdorlar haqqiga xiyonat qilishga urinayotganlar uchrab turibdi. Ammo har bir qing'ir ishning javobi bor.

🏠 Xususan, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati o’rganilganda ularning ba’zilari belgilangan qoidalarni buzib, o'z vazifalariga bepisandlik bilan qarayotganliklari ko'zga tashlanmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan MJtKning 159-moddasi 2-qismiga asosan 45 ta boshqaruv organi mansabdor shaxslariga nisbatan jami 224,4 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo’llanildi.

Jumladan:

- aholining majburiy badal to‘lovlarini “Mening uyim” billing tizimiga kiritmagan holda qabul qilgan 33 ta boshqaruv organiga jami 168,3 mln so‘m;

- avariya dispetcherlik xizmatini tashkil etmagan 11 ta boshqaruv organlariga esa 56,1 mln so‘m miqdorda jarima jazosi qo'llanildi.

🔴 Shu o’rinda boshqaruv organlariga muhim eslatma!

Sohada shaffoflikni oshirish, raqamlashtirish yo’lidagi muhim islohotlarimiz davom etar ekan, qoidabuzarlik qilishga uringanlar jazosiz qolmaydi. Unutmang, majburiy badal to’lovlarini billing tizimiga kirim qilmagan holda qabul qilish javobgarlikka sabab bo’ladi!


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 14, 2024
#XALQARO_HAMKORLIK

🔎 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davronjon Adilov Xitoy Xalq Respublikasining qurilish sohasidagi yirik putratchi tashkiloti China CAMC Engeenering Co.,Ltd. kompaniyasi prezidenti janob Li Xaysin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda kompaniya tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Xususan, Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasini barpo etishning bugungi bosqichi ko'rib chiqildi.

Kompaniya prezidenti janob Li Xaysin Toshkent shahrida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasi loyihasi katta ahamiyatga ega loyiha ekanligini taʼkidlab, uni oʻz vaqtida hamda sifatli topshirish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinayotganligini ma'lum qildi. Vazir oʻrinbosari ushbu majmuada ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini hisobga olib, alohida situatsion markaz qurish taklifini ilgari surdi. Kompaniya mas'ullari mazkur masalani ekspertlar darajasida koʻrib chiqishni ta'kidladilar.

🏠 Uchrashuvda Yangi Toshkent loyihasi doirasida “Ijodkorlar hududi” ning bosh rejasini ishlab chiqishda ushbu kompaniyaning ilgʻor tajribasi ham koʻrib chiqildi.

Konstruktiv va qiziqarli ruhda oʻtgan uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga bo'yicha bor imkoniyatdan unumli foydalanishga kelishib oldilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 14, 2024