QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
21.8K photos
3.78K videos
287 files
8.98K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etiladi

“Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim sohasi obyektlarini barpo etishda buyurtmachi xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-65-son, 08.02.2024-y.) qabul qilindi.

🏢 Qarorga koʻra Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etiladi (Kompaniya).

2024–2026-yillarda Oʻzbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Kompaniya maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.

📝Unga obyektlar uchun markazlashgan holda asosiy qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni (qurilish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan mebel jihozlari va asbob-uskunalar bundan mustasno) xarid qilish huquqi beriladi.

🔍Kompaniya obyektlarning sifatini muntazam nazorat qilib borish maqsadida hududlar kesimida har beshta obyektga kamida bitta texnik nazorat xodimini biriktiradi.

📁Kompaniyaga mahalliy va xorijiy boshqaruvchi, maslahatchilarni (PMC – Project Management Consultancy) tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali jalb qilish huquqi beriladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ipoteka kreditiga birlamchi uy-joy bozoridan olingan ipoteka predmetini sugʻurta qilish talabi bekor qilinadi

🏢 Farmonga koʻra Ipotekani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (Jamgʻarma) tashkil etiladi.

🗓 2024-yil 1-maydan quyidagi tartiblar oʻrnatiladi:

🔹birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini sugʻurta xavflaridan sugʻurta qilish talabi bekor qilinadi;

🔹koʻp qavatli uy-joylarni qurish huquqi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi elektron reyting bahosi “C” va “CC” boʻlgan qurilish tashkilotlariga ham beriladi.

Bunda elektron reyting bahosi “C” boʻlgan tashkilotlarga 5 qavatdan yuqori boʻlmagan, “CC” boʻlgan tashkilotlarga – 9 qavatdan yuqori boʻlmagan uy-joylarni qurishga ruxsat etiladi;

🔹2025-yil 1-yanvargacha belgilangan yangi qurilish va maxsus texnikalarning importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi;

🔹“Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun byudjetdan 500 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.

🔹qurilish tashkilotlariga Toshkent shahrida – 9 va undan yuqori, boshqa shaharlarda – 7 va undan yuqori, qishloq joylarda – 5 va undan yuqori qavatli uy-joylar qurish uchun ajratilgan milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha 24 oydan ortiq boʻlmagan muddatga “1+1” tamoyili asosida hududlarning toifasidan kelib chiqib kafillik va kompensatsiyalar taqdim etiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-960-son, 10.09.2024-y.) bilan Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

🔰 Unga koʻra Shaharsozlik kodeksiga Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining nomi va vakolatlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

🏢 Shuningdek, Oʻzbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini ishlab chiqish yoʻli bilan aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtirilmoqda.

📌 Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM