QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.8K subscribers
22K photos
3.85K videos
287 files
9.1K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

📌 Xususan, 2024-yilda Toshkent shahrida 452 ta, Andijonda 3 ta, Buxoroda 2 ta, Navoiyda 29 ta, Samarqand viloyatida 42 ta, jami 528 ta lift uskunalarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan yangilash ishlari yakunlanmoqda.

🏠 Ko’p kvartirali uylardagi lift uskunalaridan samarali foydalanish, ularni saqlash va liftlardan xavfsiz foydalanish bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etishning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, aholining lift uskunalariga nisbatan daxldorlik hissini oshirish maqsadida “Xavfsiz lift” yagona idoralararo platformasi ishlab chiqildi. Platforma ishga tushgandan soʻng respublikadagi barcha liftlarni real vaqt rejimida monitoring qilib borish hamda zamonaviy dispetcherlik xizmati koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Kelgusi yillar davomida respublikadagi 2 001 ta liftni yangilash hamda 382 tasini taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Matbuot anjumanini
onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1152350192914525/

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#ONLAYN
#MATBUOT_ANJUMANI

🔗 AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hamda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Bahs-munozaraga boy tarzda o’tgan anjumanda OAV vakillari ham oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan masʼullarga murojaat qilishdi.

Matbuot anjumanini
onlayn tarzda ko‘rish uchun havola👇

https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1152350192914525/

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

📍Inspeksiya rahbari Xorazm viloyatida tadbirkorlar hamda fuqarolar bilan uchrashdi.

Ayni paytda Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi binosida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i Sirojiddin Eshquvvatov hamda boshqa masʼullar viloyatdagi qurilish, kommunal hamda ichimlik suvi bilan bogʻliq murojaatlarni oʻrganishyapti.

Jarayonda fuqarolarning soha doirasidagi takliflari tinglanib, muammolar
ni bartaraf etishga kirishilmoqda.


Sayyor qabulda sohaga doir har bir masala hamda taklif atroflicha muhokama etilyapti
.

#XORAZM

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

🇺🇿 Ayni damda Nukus shahridagi "Yoshlar markazi"da "Shaffof qurilish" tizimida reyting baholash bo'yicha kiritilgan o'zgartirishlarga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

💻 Yig'ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mas'ullari, qurilish-pudrat va loyiha tayyorlash yoʻnalishidagi tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul
#Onlayn

📌 Boshqaruv organlari xalq oldida hisobdorlikni his qilishi shart!

🏘 Bugun haftaning juma kuni va odatdagidek, vazirlikda aholining kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilinmoqda. Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida o’tkazilayotgan tadbirda Toshkent shahrining bir qator tumanlaridan kelgan yuridik va jismoniy shaxslarning muammolari o’rganilmoqda.

Hozirga qadar ko’p qavatli uylarning elektr shitlari, boshqaruv organlarining mulkdorlar oldidagi majburiyatlariga amal qilmaslik, asossiz qarzdorlik hamda noqonuniy qurilmalarga oid 5 ta murojaat qayd etildi.

- Boshqaruv tashkiloti aholi oldida hisobdor, belgilangan talab asosida bir yilda bir marta qat’iy tartibda yig’ilish o’tkazishi, unda bajarilgan ishlar va kelgusi vazifalar muhokama qilinishi shart. Fuqarolarimiz majburiy badal to’lovlari qaysi ishlar uchun sarflanayotganini bilishi kerak. Biz aholimiz huquqlari ta’minlanishini nazorat qilamiz, - dedi Ozoda Jo’rayeva.

Qabul davom etmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹#Onlayn

Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari uchun amaliy seminar tashkil etildi

🏘 Ayni damda mazkur seminar doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirining o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tmoqda.

Tanqidiy ruhda o’tkazilayotgan yig’ilishda boshqaruv organlarining aholi oldidagi mas’uliyatiga alohida urg’u berildi. Bu borada so’nggi paytlarda Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida sustkashliklar kuzatilayotgani, bu esa bevosita sohada olib borilayotgan islohotlarga zid ekanligi ta’kidlandi.

- Davlatimiz rahbari tomonidan yurtdoshlarimizning turmush tarzini yaxshilashga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Shu asnoda sizlarga qator imkoniyatlar, imtiyozlar berilmoqda. Sohani takomillashtirish, bor resurslarimizdan oqilona foydalanish orqali biz ko’zlagan maqsadimizga erishamiz, - dedi Ozoda Jo’rayeva.

Ta’kidlash lozimki, seminar bugun Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlarida davom etadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi vakillari va Xitoyning O‘zbekistondagi Tadbirkorlari uyushmasi raisi Liu Yu rahbarligidagi Tianjin provinsiyasining yetakchi qurilish va loyiha tashkilotlari vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazilmoqda.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Xitoy o'rtasidagi hamkorlik munosabatlari ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuv va muloqotlari asosida turli sohalarda rivojlanib borayotganligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Jumladan, qurilish sohasida ham hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilib, yurtimizda Xitoyning Shanxay Construction, CAMCE, CITIC, China State Construction va boshqa qator yetakchi pudrat tashkilotlari ishtirokida yirik loyihalar amalga oshirilayotganligi e’tirof etildi.
 
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

🏘 Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi. Ishchi guruhining dastlabki manzili Termiz tumanidagi “Yangiobod” MFY hududida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi boʻldi.

Vazir oʻrinbosari hududni koʻzdan kechirish davomida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni koʻrsatib oʻtdi. Shuningdek, obyekt masʼullariga qurilish madaniyati va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish hamda binolarni oʻz vaqtida, sifatli topshirish zarurligi yana bir karra tushuntirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

🚨 Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ichimlik suviga noqonuniy ulanish holatlarini oldini olish yuzasidan reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Ishchi guruh hamda jurnalistlar poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumani "Iqtidor" mahallasida bo'lib turibdi.

#TOSHKENT_SHAHRI

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 #ONLAYN

🏘 Avval xabar berganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Buxoro viloyatida boʻlib turibdi.

Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruhi Buxoro tumani “Bogʻidasht” mahallasi hududida qad rostlayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilish jarayonlarini koʻzdan kechirmoqda.

Mazkur massivda 111 ta ko‘p qavatli turar-joy binosini qurish rejalashtirilgan. Ulardan 88 tasi lotlar bo‘yicha ajratilgan. Shundan 69 tasi sotilgan. Shuningdek, bu yerda 990 o‘ringa mo‘ljallangan 2 ta maktab binosi, 3 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 250 qatnovli oilaviy shifoxona, 1 ta eko bozor, 1 ta mahalla binosi qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda 55 ta lot hududida qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qurilish obyektini oʻrganish jarayonida vazir oʻrinbosari Toir Alimatov “Yangi O‘zbekiston” massivida amalga oshirilayotgan qurilish loyihalari mamlakatimizda urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, aholi uchun zamonaviy va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanini ta’kidladi.

Ishlarni sifatli tashkil qilish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM