QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.9K subscribers
24.4K photos
4.34K videos
293 files
10K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar

Sirdaryo viloyati qurilish va kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi  tomonidan Sirdaryo viloyati Boyovut tumani "Yangi hayot massivida" buyurtmachi “SAIDBEK LOLA” MCHJ tomonidan 9 qavatli uy-joy qurilishi obyekti o'rganildi.

Natijada obyektda  quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

Obyektda texnik, mualliflik va ichki nazorat ishlari yuritilmagan;

Energiya samaradorligi va muqobil energiya texnologiyalari hamda energiya tejamkorlik chora-tadbirlari ko‘zda tutilmagan;

Bajarilayotgan g‘ishtli devorlarning choklari gorizontalligi bo'yicha 12mm, vertikalligi 10mm qilib bajarilmagan;

Ishchi loyihaga ko'ra parda devorlarning metall "peremichkalar"ida zanglashga (korroziya) qarshi izolatsiya ishlari bajarilmagan.

💬 Qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachi tashkilotga qurilishni to'xtatish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berildi hamda Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🔔Sirdaryo viloyati qurilish va kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Guliston shahar "Yangi hayot" MFY hududida tadbirkor M.Aliqulova tomonidan qurilayotgan savdo maishiy xizmat ko'rsatish binosi qurilishi o'rganildi.

Natijada mazkur obyektda hududiy inspeksiyaning ro'yxatidan o'tkazilmasdan, tadbirkor tomonidan o'zboshimchalik bilan qurilish ishlari boshlab yuborilgani aniqlandi.

🔵Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan tadbirkorga yozma ko'rsatmalar berilib, tadbirkor Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 99-moddasi 7-qismi bilan javobgarlikka tortildi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🫥 Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi yoshlarni qisqa muddatli o'quv kursiga taklif etadi!

Bu haqida joriy yilning 24-mart sanasida Sirdaryo viloyatida yoshlar bilan o'tkazilgan ochiq muloqotda so'z bordi.

☯️ Ochiq davra suhbatida viloyat hokimligi, Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi vakillari hamda qator soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Muloqot davomida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash hamda ularga qisqa muddatda kasb o'rganishlari uchun sharoit yaratish maqsadida Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi qoshida tashkil etilgan Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazining qisqa muddatli o'quv kursiga yoshlar taklif etildi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

“Konstitutsiya bizniki, barchamizniki! Unda boʻlayotgan oʻzgarishlar va qoʻshimchalar esa vatanimiz, jamiyatimiz, har birimizning hayotimizda yangi sahifalar ochishi aniq!”

💸 Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga bagʻishlangan targʻibot tadbirida shu singari ishonch bilan yangragan fikrlar koʻp boʻldi.

*️⃣“Konstitutsiya – mening taqdirimda” mavzusidagi ushbu tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi masʼullari hamda qator mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan  umumxalq muhokamasi asosida qabul qilinishi koʻzda tutilgan va  yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati tushuntirildi, xususan, taʼlim sohasiga oid oʻzgartirishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek oliy maqsad yoʻlida yangilanayotgan Konstitutsiyamiz xalqning takliflari, istak-xohishlari ifodasi ekani, uning avvalo inson qadri, huquq va erkinliklarini himoya qilish, yurt taraqqiyotidagi oʻrni xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir ishtirokchilarini xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonunga befarq boʻlmaslikka va referendumda faol ishtirok etishga chorlandi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

⚠️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi 408-sonli qaroriga asosan aholi farovon yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida Sayxunobod tumani mahallalaridagi 13 ta ko‘chada jami 9,6 km uzunlikdagi asfalt yotqizish ishlari rejalashtirilgan edi. Bugungi kunga kelib “Shodlik” mahallasida 2,9 km hamda “Ittifoq” mahallasida 6,7 km uzunlikdagi asfalt yotqizish ishlari to‘liq nihoyasiga yetkazildi.

Shuningdek, aholini to‘liq toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida Sayxunobod tumani hududidagi 3 ta mahallaning 17 ta ko‘chasida yangi ichmlik suvi quvurlarini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda "Paxtaobod" mahallasida 7.4 km hamda “Paxtakon” mahallasida 4.6 km uzunlikdagi suv quvurlari tortilgan. Mazkur jarayonda yakuniy bosqich ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, tez orada aholi ehtiyoji qondiriladi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🔰 Joriy yilning 27-aprel sanasida
Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumiga Germaniya Federativ Respublikasining "Planco Consulting" GmbH kompaniyasi vakili Lyudmila Chikovani tashrif buyurdi.

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi
Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i A.Xudoynazarov, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi sho'ba mudiri S.Qo'ziboyev hamda texnikum mas'ul xodimlari germaniyalik mutaxassis bilan uchrashdi.

Tashrif jarayonida  "Planco Consulting" GmbH kompaniyasi vakili Lyudmila Chikovani texnikum ichki hamda tashqi infratuzulmalari bilan yaqindan tanishdi.


#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🫥 Bugun Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida 2023-2024-o’quv yili qabuliga umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda band bo’lmagan fuqorolarni jalb qilish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazildi.

Tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi Kompitensiyani rivojlantirish va malakani baholash tizimini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i A'zamiddin Qo’ldoshev hamda vazirlik tarkibidagi Toshkent, Buxoro, Navoiy texnikumlari rahbarlari va ish beruvchi kompaniyalar vakillari maktab bitiruvchilari ishtirok etishdi. Tadbir qatnashchilari texnikumda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish barobarida mutaxassislardan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🗺Sirdaryo viloyati qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan noqonuniy obyektlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha monitoring ishlari davom etmoqda

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

☯️ Sirdaryo viloyati Xalq deputatlari kengashining 2023-yil 20-iyundagi qaroriga asosan Yangiyer shahridagi "Ma'rifat" MFY Turkiston ko'chasida joylashgan 27a-29-31-sonli ko'p qavatli uylarning tom qismida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Xususan, tom qismining eskirgan yog'ochlari va shiferlari olib tashlanib, yangilanmoqda.

Shu bilan birga "Ma'rifat" MFY Turkiston ko'chasidagi 27-sonli ko'p qavatli uyning fasad qismida joriy ta'mirlash ishlari boshlab yuborildi hamda mazkur ko'p qavatli uylarning tutash hududlarida joylashgan bolalar maydonchasi "Yangiyer kommunal ta'mirlash servis" BSK tomonidan bolajonlar uchun ta'mirlab berilmoqda.

Yangiyer shahrida amalga oshirilayotgan ko'p qavatli uylarni ta'mirlash va tutash hududlarini obodonlashtirish ishlari fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida olib borilmoqda.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌳#Yashil_makon
#Bir_bolaga_bir_daraxt

Bugun Sirdaryo viloyati Shirin shahri A.Temur nomidagi MFYda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xòjaligi vazirligi tomonidan “Bir bolaga bir daraxt” shiori ostida turli xildagi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

Jarayonda yosh-u qari birdek hamjihatlik bilan ko‘chatlar ótqazishmoqda.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

✔️ Noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi hamda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda Guliston shahri 3-mavze "Bog'ishamol" MFY hududidagi ko'p qavatli uylarni birinchi qavatida joylashgan noturar joy binolarini shaharsozlik norma va qoidalari talablariga zid ravishda binolar konstruksiyasiga ta'sir ko'rsatuvchi o'zgartirishlar kiritib, foydalanib kelinayotgani bo'yicha 11 ta holat aniqlandi.

Xususan, "UZ-DAEWOO" va "RA'NO" savdo do'konlarining ichki devorlariga hech qanday ruxsat (texnik xulosa) olmay turib, o'zboshimchalik bilan oynalarni tag qismi buzilgan va o'rniga eshiklar o'rnatilganligi sababli tadbirkorga nisbatan tegishli qonunchilikka asosan eng kam ish haqining 20 baravari, qolaversa "Avto ehtiyot qismlari" savdo do'koni egasiga eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida inspeksiya xodimlari tomonidan jarima qo'llanildi.

😇O'rganish davomida qolgan 8 ta noqonuniy qurilmalar uchun tadbirkorlarga belgilangan tartibda ogohlantirish berildi.

Qolgan holatlar yuzasidan o'rganish ishlari olib borilmoqda.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

📍Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mas'ul xodimlari va OAV vakillari ishtirokida Guliston shahrida qurilayotgan ko'p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha obyektlarida reyd tadbirlar olib borildi.

Tadbir davomida "Guliston interfutbol" MCHJ, shahar Pedagogika institutining yangi o'quv binosi, Guliston davlat universitetining "Yoshlar markazi" kutubxonasi binosi hamda boshqa obyektlar o'rganildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tez fursatlarda bartaraf etish to‘g‘risida mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

🚨 QURILISHLAR DOIMIY NAZORAT OSTIDA

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan monitoring ishlari davom etadi

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🚨 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov ayni paytda Sirdaryo viloyatida bo'lib turibdi. Jarayonda inspeksiya rahbari viloyatda soha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Dastlabki manzil Guliston shahri hududidagi buyurtmachi "Guliston nihol qurilish" MCHJ tomonidan qurilayotgan birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko'rsatish binosiga ega bo'lgan ko'p qavatli turar joy bo’ldi.

Mazkur qurilayotgan bino belgilangan tartibda hududiy nazorat qilish inspeksiyasi ro'yxatidan o'tgan, ammo buyurtmachi tomonidan o'zboshimchalik bilan noqonuniy tartibda savdo va maishiy xizmat ko'rsatish binosining ustki qismiga yana bir qavat qo'shib olinganligi aniqlangan.

🔴 Holat yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan buyurtmachi hamda pudrat tashkiloti vakillariga bir necha marotaba qurilish ishlarini qonuniy tartibda amalga oshirish bo'yicha yozma ko'rsatmalar berilgan ammo holat bartaraf etilmagan. Undan so'ng belgilangan tartibda ma'muriy jarima choralari qo'llanilgan hamda noqonuniy qavatni bartaraf etish bo'yicha sudga da'vo arizalari kiritilgan.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#REYD

🗺Sirojiddin Eshquvvatov Guliston shahrida amalga oshirilayotgan qurilish-bundyodkorlik ishlari bilan tanishishni ijtimoiy soha obyektlarida ham davom ettirdi.

"Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi buyurtmachiligida qurilayotgan ixtisoslashgan maktab internatida ham bir qator kamchiliklar aniqlandi. Muassasani joriy yil noyabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Biroq obyektda qilinishi lozim bo’lgan kamchiliklar talaygina. Inspeksiya boshlig'i bartaraf etilishi zarur bo’lgan masalalar yuzasidan mas'ullarga vazifalar belgilab berdi.

Sirojiddin Eshquvvatov tomonidan mutasaddilarga maktabni o‘z vaqtida va sifatli qilib foydalanishga topshirish talabi qo‘yildi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🚨 Inspeksiya rahbari boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida bo'ldi va u yerdagi qurilish ishlarining holatini o'rgandi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

🚨 Sirdaryo viloyatida kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, o'rganish ishlari Yangiyer shahri "Yangi O’zbekiston" massivida qurilayotgan ko'p qavatli turar joylarda davom ettirildi.

Jarayonda qurilayotgan 6 ta ko'p qavatli turar joylarning bugungi holati ko'zdan kechirilganda tashqi elektr, ichimlik va oqova suv quvurlari, gaz tarmoqlarini tortish va issiqlik ta'minotini qurish borasida kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi, shu bilan bir qatorda hudud chiqindilardan tozalanmaganligi aniqlandi.

🔴 Ushbu kamchiliklar yuzasidan qurilish mas'ullariga yozma ko'rsatmalar berildi hamda holat inspeksiya xodimlari tomonidan nazoratga olindi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

💧 Shirinda yangi oqova suv tozalash inshooti qurildi

Davlatimiz rahbarining "Islom taraqqiyot banki ishtirokida Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 4,7 mln AQSH dollari hisobiga bunyod etilgan yangi inshootning ishga tushirilishi natijasida 19 mingdan ziyod aholining oqova suv xizmati yaxshilanib, 1 750 ta xonadon ilk marotaba markazlashgan kanalizatsiya tizimiga ulandi.

Loyiha doirasida shuningdek, Farhod, Doʻstlik, Amir Temur va Mirzo Ulugʻbek nomli mahallalarida 14,2 km uzunlikdagi yangi oqova suv kollektorlari qurildi, 2 ta nasos stansiyasi rekonstruksiya qilindi.

Obyektda jarayonlarni samarali monitoring qilish va boshqarishni taʼminlaydigan SCADA va GIS tizimlari joriy etilgan. Bu yerda bir kecha-kunduzda 4 ming metr kub oqova suv tozalanishiga erishiladi.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar
#REYD

📍Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan qurilish obyektlarida nazorat tadbirlari davom etadi.

Xususan, ishchi guruhi Sayxunobod tumani, "Turon"MFY hududida qurilayotgan ko'p qavatli uylarni ko‘zdan kechirdi.

Jarayonda inspeksiya xodimlari obyektning loyiha talablari asosida va sifatli olib borilayotganligi hamda qurilish materiallarining sertifikatlarini ko'rib chiqdilar. Monitoringda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq hamda yozma ko'rsatmalar berildi.


#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM