QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
21.7K photos
3.75K videos
287 files
8.92K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📍Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyatidagi Qambarota GES-1 qurilish maydonida O‘ZGASHKLITI muhandislari tomonidan muhandislik-geodeziya va topografiya ishlari hamda zamonaviy uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalangan holda (LIDAR) aerotopoxarita va joyning 3D modeli tez hamda yuqori sifatda yaratildi.

Ishlar murakkab baland tog‘ sharoitlarida Qirg‘iziston Respublikasi Energetika vazirligi va “Gidroproyekt” loyiha-qidiruv instituti hamkorligida olib borildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

⚠️ Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Toshkent viloyatida bo‘lib, ijtimoiy soha obyektlarida sifat ko‘rsatkichlarini o‘rgandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏘 Vazir oʻrinbosari T.Alimatov oʻrganish ishlarini Zangiota tumanidagi 390 oʻringa moʻljallab qurilayotgan 27-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi binosini koʻzdan kechirish bilan davom ettirdi.

Mazkur obyektda umumiy holat qoniqarli. Ayrim hollarda ishga befarqlik bilan yondoshilgan. Vazir oʻrinbosari barcha kamchiliklarni chuqur tahlil qilib, mutasaddilarga kechiktirib boʻlmaydigan vazifalarni topshirdi. Joriy yil yakunigacha ya’ni o’z muddatida obyektni topshirish lozimligi ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida hokimliklar va boshqaruv organlari rahbar xodimlari, jamoat tashkilotlari hamda birlashmalari, xoʻjalik tuzilmalari rahbarlari, shuningdek, oʻrta boʻgʻin boshqaruv organlari, tadbirkorlik tuzilmalarining mutaxassislari va rahbarlari uchun navbatdagi seminar bo'lib o'tdi.

🏘 Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri o’rinbosari Toir Alimatov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i o'rinbosari Nodirjon Maksumovlar ishtirok etishdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📍 Sirdaryo viloyatida qurilish sohasidagi islohotlar

Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi hamda viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 2024-yil davomida qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlar

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📍 Navoiy viloyatida qurilish sohasida yuqori natijalar qayd etilmoqda

Joriy yil Navoiy viloyatida uy-joy qurilishi dasturi doirasida 4 000 xonadonli 58 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo etilishi rejalashtirilgan edi. Mazkur dastur ijrosi davomida belgilangan reja ortig‘i bilan bajarilib, qo‘shimcha ravishda 4 339 xonadonli 62 ta uy-joy foydalanishga topshirildi.

🏠 “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurilgan 830 xonadonli 17 ta uydan 530 xonadonli 13 tasi fuqarolarga topshirildi. Shuningdek, uy-joyga talab yuqori bo‘lgan boshqa hududlarda 3 809 xonadonli 49 ta obyekt ishga tushirildi.

Mazkur ko‘rsatkichlar qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini hamda aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan amaliy harakatlarni aks ettiradi.

#NAVOIY

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🚨 Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi yangi binoga ega bo'ldi.

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari Sirojiddin Eshquvvatov Farg'ona viloyatida bo'ldi. Tashrifdan maqsad soha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish va ularni tahliliy o'rganishdan iborat.

Dastlab inspeksiya rahbari Farg'ona viloyati hududiy inspeksiyasi yangi binosining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Barcha zamonaviy satandartlar asosida qurilgan mazkur binoda inspeksiya xodimlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan
.

Yangi binoning ochilish marosimida soha doirasida yil davomida faol ish olib borgan bir necha xodimlar inspeksiya rahbari tomonidan e'tirof etilib, diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📌 Kommunal sohadagi keng islohotlar bugun mamlakatimizning har jabhasida o'zining ijobiy tomonlari bilan namoyon bo'lmoqda. Mazkur rivojlanish yo'lidagi ishlar samaradorligini oshirishda albatta ishchi-xodimlarning malakasini oshirish katta ahamiyatga ega.

Shu ma'noda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi, Bosh prokuratura, hokimlik mutasaddilaridan iborat guruh ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv organlarida faoliyat yuritayotgan elektriklar malakasini oshirish bo'yicha o’quv kursini tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tashkil etilgan o’quv-amaliy mashg’ulotlarida Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi yuzlab elektriklar malakali mutaxassislar ishtirokida o’qitilib, tegishli sertifikatlarga ega bo’lmoqdalar. Shuningdek, tinglovchilarga amaliy mashg’ulotlarda zarur bilimlar berilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, bunday mashg’ulotlar boshqa yo’nalishlarda ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

❗️Ko‘p qavatli uylarning energosamaradorligi ta’minlanadi

Kommunal soha yillar davomida murakkab munosabatlar tizimi sifatida shakllangan, ammo aholining eng zarur sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan sohadir. Shu bois davlatimiz rahbari mazkur tarmoqni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar. So‘nggi yillarda sohada olib borilayotgan tub o‘zgarishlar bugun aholi hayotida ijobiy aks etib, ularni qiynab kelayotgan muammolarini ijobiy hal etilishiga zamin yaratmoqda.

Tizimda amalga oshirish lozim bo‘lgan galdagi muhim vazifa – kommunal xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida energosamaradorlikni ta’minlashdan iborat. Zero, energiya resurslari yildan-yilga cheklanib borayotgan bir sharoitda mamlakatimiz iqtisodiyotning eng muhim yo‘nalishi hisoblangan kommunal sohada ham yangi yondashuvlar talab etilmoqda.

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan bu borada kompleks tadbir, rejalar ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva bugun poytaxtimizning Shayxontohur tumani “Katta Oqtepa” mahallasida bo‘ldi. Mazkur hududda “Demetra kapital development” BSK tomonidan Gulxaniy ko‘chasida joylashgan 11, 12, 37 va 37 uylarni energosamaradorligini oshirish borasida qator ishlarga qo‘l urilmoqda.

Xususan, mazkur uylarning tom qismi kapital ta’mirlanib, profnastil qoplamasi bilan qoplangan, shuningdek, uyning muhandislik tarmoqlari tegishli talablar asosida to‘liq izolyatsiya qilingan. Hozirda uyning fasad qismini bazalt qoplamasi bilan qoplash, deraza-romlar, framuga oynalarini plastik romlariga almashtirish hamda kirish yo‘laklarida ta’mirlash-tiklash ishlari ketmoqda.

-Hurmatli yurtboshimiz 2025-yilga “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”, deb nom berishni tavsiya qildilar. Mazkur ezgu tashabbus bizning oldimizga ham qator vazifalarni qo‘yadi. Shu asnoda kirib kelayotgan yilning eng muhim maqsadlarini belgilab olmoqdamiz. Ulardan biri sohada energiya iqtisodiga erishish, ortiqcha resurs yo‘qotishlarni oldini olishdir. Biz ushbu jarayonga kompleks yondoshishimiz, ya’ni ko‘p qavatli uyning tomidan tortib yerto‘lasigacha bo'lgan har bir jihatni inobatga olishimiz darkor. Chunki bu bir-biriga bog‘liq, murakkab jarayon hisoblanadi, - dedi Ozoda Jo‘rayeva.

Ta’kidlanganidek, mazkur ishlar natijasida bir uyning energosamaradorlik ko‘rsatkichi 50 foizga ortadi. Natijada aholi qulayligi ta’minlanishi bilan bir qatorda, ularning ortiqcha sarf-xarajatlari oldi olinadi.

Ozoda Jo‘rayeva kompaniya tomonidan olib borilgan ishlarni kuzatar ekan, ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda birlamchi e’tibor sifatga qaratilishi, bunda pudrat tashkilotlari mas’uliyatni oshirish lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, aholi orasida tejamkorlikni oshirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda vazir Sherzod Hidoyatovning bayram tabrigini vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva xodimlarga yetkazdi.

Taʼkidlandiki, oxirgi yillarda Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda qurilish va kommunal sohani rivojlantirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. “Pirovard maqsad xalqimizning turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, yurtni obod qilishdir. Albatta bu bilan cheklanib qolinmaydi, hali oʻz yechimini kutayotgan masalalar koʻp va ishonmanki, bu ishlarni siz kabi fidoyi xodimlar bilan birga amalga oshiramiz”, – deyildi tadbirda.

Eʼtirof etildiki, 2024-yil yanvar-noyabr oylarida respublika boʻyicha qurilish ishlari hajmi 205,7 trln soʻmga yetdi, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 109,2 foizga oshganini koʻrsatadi. Bu esa oʻz navbatida qurilish sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyatini yana bir bor namoyon etadi. Uy-joy va kommunal sohalarda ham aholiga sifatli xizmat koʻrsatish, issiqlik taʼminotini yaxshilash va olis hududlarga ichimlik suvi taʼminotini olib borish boʻyicha yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Sohada raqamlashtirish va energosamaradorlikka erishish borasida ham qator muhim loyihalar yoʻlga qoʻyildi.

➡️Ozoda Joʻrayeva vazirlik va uning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan barcha xodimlarning mehnatini eʼtirof etar ekan, ularning soha taraqqiyotidagi oʻrinini alohida taʼkidladi va yangi yil bilan barchani samimiy qutladi.

– 2024-yil qurilish va kommunal sohada sermahsul yil boʻldi. Tizimni takomillashtirish va zamonaviy talablar asosida rivojlantirish borasida yuksak marralar sari yoʻl oldik. Bugun mamlakatimizning har bir jabhasida yuqori oʻsish surʼatlariga guvoh boʻlmoqdamiz. Bu avvalo, davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlar va amalga oshirilayotgan barcha saʼy-harakatlar, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan odilona siyosat natijasidir. Eng quvonarlisi, Oʻzbekistonning rivojlanish koʻrsatkichlari bugun xalqaro maydonda ham yuqori baholanmoqda. Bu eʼtirof bizga faxr tuygʻusini bagʻishlagani kabi, masʼuliyatimizni yanada orttiradi. Yangi ulkan reja va marralarga erishish yoʻlida ishlarni davom ettiramiz, - dedi Ozoda Joʻrayeva.

Tadbirda vazirlik mutasaddilari ham soʻzga chiqib, 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilda rejalashtirilgan maqsad hamda vazifalar haqida soʻz yuritdilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM