QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15K subscribers
24K photos
4.26K videos
293 files
9.89K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📍Xorazmda qurilish, suv tizimlari va aholi bandligi yangi darajaga koʻtarilmoqda

Xorazmda 12 trillion soʻmlik qurilish loyihalari boshlanadi.

Bu loyihalar viloyatning infratuzilmasini zamonaviylashtirib, aholiga yangi ish oʻrinlari va imkoniyatlar yaratadi.

🏢 Qurilish sohasidagi oʻzgarishlar

🏗️ 200 ta koʻp qavatli uy, 7 ming xonadon quriladi;
🛣️1,500 km yoʻl va 20 ta koʻprik taʼmirlanadi;
🚞80 ta yangi avtobus va 6 ta yangi marshrut ishga tushiriladi.

Yangi ish oʻrinlari

Loyihalarga koʻra 20 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi, bu esa aholi bandligini taʼminlashga xizmat qiladi.

💧 Yarim asr avval qurilgan suv va kanalizatsiya tizimlari yangilanadi

⚙️ Urganch, Xiva va Pitnak shaharlarida suv va kanalizatsiya tizimlari toʻliq yangilanadi;
💰Bu ishlarga 1,1 trillion soʻm ajratildi.
📅 Yil yakunigacha

101 km yangi suv va kanalizatsiya tarmogʻi, 6 ta yangi suv inshooti quriladi;

Xalqaro moliya tashkilotlaridan 85 million dollar investitsiya jalb qilinadi.

Mazkur loyihalar aholi uchun zamonaviy infratuzilma va ish oʻrinlari yaratishga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📌Poytaxtda xalqaro qurilish va ko’chmas mulk ko‘rgazmasi boshlandi

Bugun poytaxtimizda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ko‘magida “Tashkent Build Pro Expo 2025” xalqaro qurilish materiallari ko‘rgazmasi, ko‘chmas mulk yarmarkasi va qurilish yo‘nalishidagi biznes-forum o‘z ishini boshlamoqda.

🏘 Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi apparat rahbari Vosit Imomov ishtirok etyapti. U o‘z nutqida sohada amalga oshirilayotgan yirik islohotlar, xususan, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, zamonaviy loyihalash yondashuvlari va raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Mazkur ko‘rgazma qurilish sanoatining yetakchi kompaniyalari, yirik investorlar va mutaxassislar uchun yangi texnologiyalar, zamonaviy loyihalar va innovatsion yechimlar bilan tanishish hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi kutilyapti.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#JARAYON 📌Poytaxtda xalqaro qurilish va ko’chmas mulk ko‘rgazmasi boshlandi Bugun poytaxtimizda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ko‘magida “Tashkent Build Pro Expo 2025” xalqaro qurilish materiallari ko‘rgazmasi, ko‘chmas mulk yarmarkasi…
#JARAYON

🔗 “Qurilish sohasi — Prezident tashabbuslari natijasida izchil rivojlanmoqda”

Ko‘rgazma doirasida so‘zga chiqqan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi apparat rahbari Vosit Imomov sohadagi jadal o‘zgarishlarga e’tibor qaratdi. U o‘z nutqida shunday dedi:

“Bugungi kunda qurilish sohasi davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Faqat 2024-yilda 59 ta shahar va shaharchalar hamda 94 ta qishloq aholi punktining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqildi. 2025-yilda esa bu raqam 161 taga yetkazilishi rejalashtirilgan. So‘nggi uch yilda esa 221 mingdan ortiq xonadondan iborat 4 920 ta ko‘p kvartirali uylar foydalanishga topshirildi.”

☺️ Shuningdek, u sohadagi muhim islohotlardan biri — raqamlashtirish jarayonlariga alohida to‘xtaldi. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi asosida bugunga kelib 20 dan ortiq elektron platforma — “Reyting”, “Tender”, “Davlat nazorati” kabi tizimlar ishga tushirilgani ta’kidlandi.

Tadbir davomida ushbu platformalar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan alohida ma’ruzalar taqdim etilishi va mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkinligi ham eslatib o‘tildi.

“Ushbu ko‘rgazma- yarmarka ishtirokchilar uchun innovatsiyalar, yangi texnologiyalar va foydali hamkorlik bitimlariga eshik ochadigan maydonga aylanadi,” — deya yakunladi nutqini Vosit Imomov.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan litsenziyalash va akkreditatsiyalash sohasida koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarining ochiqligini taʼminlash, sohaga oid qonunchilik hujjatlarini tushuntirish hamda litsenziya oluvchilarning ariza, taklif va shikoyatlarini real vaqtda qabul qilish maqsadida haftaning seshanba hamda juma kunlari shaxsiy qabullar oʻtkazib kelinmoqda.

📍Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi binosida tashkil etilayotgan bu kabi qabullarda hozirgacha 20 nafarga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, litsenziyalanadigan faoliyat turlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan 50 dan ortiq savollarga javob olishdi.

Mazkur savollarga vazirlikning Litsenziyalash va akkreditatsiyalash, Murojaatlar bilan ishlash va dispetcherlik xizmati boʻlimlari hamda Qurilish sohasida tender, reyting va buyurtmachi tizimini metodologik taʼminlash boʻlimi mas'ullari batafsil javob berishyapti.

Jumladan, bugungi qabul jarayonida “TIME ENERGY” jamiyat rahbari T.Sadullayevning хavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial ishlab chiqarishni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish faoliyatiga oid savollariga mas’ullar tomonidan tegishli javoblar berildi.

Xususan, “INTEGRO” MCHJ rahbariga arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalashda litsenziya talablari va shartlarining mazmuni-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, onlayn tarzda Surxondaryo viloyatidan qatnashgan “SURXON QURILISH, NAZORAT VA OʻLCHOV” MCHJ rahbari hamda vakilining qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish talablari borasida bergan savollariga javob berilib, arizani rad etishga asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ham maslahatlar berildi. Shu bilan birga Litsenziyalash va akkreditatsiyalash bo‘limi xodimlari tomonidan litsenziya olish uchun arizalarni to‘ldirish va tegishli hujjatlarni ilova qilishda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlarga alohida to'xtalib o'tildi.

Shu tarzda hafta davomida o‘tkazilib kelinayotgan shaxsiy va onlayn qabullar davomida tadbirkorlar o'z faoliyatida uchrayotgan tushunmovchiliklar va ularni qiynab kelayotgan muammolarning yechimi bo‘yicha malakali tavsiyalar olishmoqda.

📌 Eslatib o'tamiz, qabul har seshanba va juma kuni vazirlik binosida soat 10-00 da bo'lib o'tadi. Shaxsiy qabulga kelish imkoniyati boʻlmaganlar zoom platformasi orqali onlayn ishtirok etishlari mumkin.

Onlayn qabul uchun havola 👉 https://us06web.zoom.us/j/3427366761?pwd=bjyFXnifMWCjl8k3HnvAvG2mc3SmM6.1

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🔠 Shaharsozlik bu faqat bino qurish emas, balki kelajak avlodlar uchun yashash muhitini yaratishdir. Zamonaviy yondashuvlar orqali ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan uyg‘un rivojlangan shaharlarni barpo etish imkoniyati.

Xususan, Jizzax shahrining markaziy ko‘chalaridagi bino va inshootlarning me’moriy qiyofasini yangilash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i B.Mamatov Jizzax shahrining Islom Karimov va "Mustaqillik" ko‘chalarida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga zaruriy ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🔗 Davlatimiz rahbarining joriy yil 1-2-may kunlari Xorazm viloyatiga tashriflari doirasida belgilangan muhim vazifalarga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantiirsh va sanoat masalalari qo’mitasi, Budjet va iqtisodiy masalalar qo'mitasi hamda Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva ham ishtirok etdi.

🏘 Vazir o'rinbosari Xorazm viloyatining qurilish va kommunal sohalarini yaxshilash yo'lida amalga oshirilayotgan ishlarga bog'liq raqamlarga to'xtalib o'tdi:

- Hurmatli Prezidentimiz ko‘rsatmalari bilan Urganch shahrida tashkil etilayotgan Al Xorazmiy shaharchasida Al Xorazmiy nomidagi universitetni barpo etish va uning ro‘parasida buyuk allomaning haykalini o‘rnatish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Bugungi kunda vazirlik huzuridagi “O‘zshaharsozlikLITI” instituti tomonidan obyektlarning loyihasi ishlab chiqilmoqda.

⚫️ Aholini uy-joy bilan ta'minlash ham bugungi islohotlarimizning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shu ma'noda joriy yil Xorazm viloyatida 7 000 ta xonadondan iborat 200 ta uy-joylar qurilishi belgilangan. Natijada 8 mingga yaqin oila qulay va shinam uylar bilan ta'minlanadi. Shu bilan birga 12 trillion so‘mlik pudrat ishlarini bajarish va qurilish sohasida 20 ming nafar aholini band qilish bo‘yicha belgilangan vazifalar ham hududda aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi,- dedi O.Jo‘rayeva

Shuningdek, hudud miqyosida ichimlik va oqova suv tizimini modernizatsiya qilish, issiqlik ta'minoti sohasini takomillashtirish, ma'nan eskirgan uy-joylar o'rnida zamonaviy uylarni qurish bo'yicha renovatsiya dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan rejalashtirilgan ishlar hisoboti berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📌 Kompetensiyani rivojlantirish institutida yangi mavsum tinglovchilari uchun darslar boshlandi!

Darslarda tinglovchilarga ko'p kvartirali uylar boshqaruvida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish,kommunal sohada ish hujjatlarini yuritish, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablari asosida tutash hududlarni obodonlashtirish, muloqot etikasi asoslari va manfaatlar to'qnashuvi, qurilishda energiya samarador vositalardan foydalanish, yashil qurilish hamda xalqaro standartlar kabi dolzarb mavzularda darslar o'tilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏘 Vazir oʻrinbosari Andijonga yetib bordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Buloqboshi tumani Sarvontepa mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi Janubiy Fargʻona kanali qirgʻogʻi shikastlanib, natijada aholi xonadonlariga suv kirib borgani haqida xabarlar tarqaldi.

Maʼlumot uchun, hozirda Janubiy Fargʻona magistral kanalining bosh qismida suv oqimi toʻliq toʻxtatilgan. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan barcha zarur xavfsizlik choralari koʻrilgan va suv oqimini xavfsiz oʻtkazish taʼminlanmoqda. Holat toʻliq nazoratga olingan.

🟣Shu bilan birga Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi ham mazkur hududga yetib bordi.

Ayni paytda mutaxassislar aholi xonadonlarida boʻlib, yetkazilgan zararni oʻrganish va aniqlash ishlarini olib bormoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📍Kompetensiyani rivojlantirish institutida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Unda qurilish va kommunal sohalarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, soha oldida turgan ustuvor vazifalar hamda yosh mutaxassislarning bu boradagi roli haqida atroflicha fikr yuritildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari hamda taklif va tashabbuslarini institut rahbariyatiga bildirishdi. Albatta, institut mas'ullari tomonidan barcha fikr va takliflar e’tibor bilan tinglandi hamda ularni amaliyotda qo‘llab-quvvatlash mumkinligi bildirildi.

Bu kabi ochiq muloqotlar yoshlarning faolligini oshirish, ularni sohaga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlash hamda salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🏆 Jahon chempionati sovrindori va uning murabbiyiga sovg‘alar topshirildi

🏘 Bugun og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan Hikmatillo Haydarovga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri – O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi raisi Sherzod Hidoyatovning sovg’alari topshirildi. Shuningdek, murabbiy Akobir Usmonov ham taqdirlandi. Tabrik so’zlari va sovg’alarni o’z egalariga vazir o‘rinbosari Toir Alimatov yetkazdi.

Tadbirda soʻz olganlar oʻzbek sportining kelajagi boʻlgan yoshlarimizni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qutlab, ularga kattalar oʻrtasidagi dunyo birinchiliklari va Olimpiya oʻyinlarida ham shohsupaga koʻtarilishlarini tiladilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM