QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.4K subscribers
24.9K photos
4.44K videos
294 files
10.2K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6 A-uy
Download Telegram
#JARAYON

🏢 Ko’p qavatli uylarga tutash hududlarning obodligi har bir shaxsning mas’uliyatidir. Zero, e’tiborsizlik tufayli paydo bo’lgan qoniqarsiz muhit eng avvalo, o’sha yerda istiqomat qiluvchilar uchun salbiy ta’sir o’tkazadi.

🏘 Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva bugun poytaxtimizning Chilonzor tumani 16-mavzesida joylashgan “Zarqo’rg’on” va “Fidokor” mahallalarida bo’ldi. Afsuski, ikkala mahalladagi ko’p qavatli uylar atrofida mulkdorlar e’tiborsizligi, o’zi yashaydigan xonadoniga nisbatan daxldorlikni tuymasligi oqibatida ayanchli manzara yuzaga kelgan.

Ozoda Jo’rayeva jarayonda mahalla raisi hamda mazkur uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organi faoliyatini keskin tanqid qildi.
Aholida to'lov qobiliyatining pastligi, kommunal madaniyatning yetishmasligi ular orasidagi targ'ibot masalalari olib borilmasligidan dalolat berishi aytib o'tildi. Bunday holatlar davlat va jamiyat uchun xiyonat ekanligi alohida qayd etildi.

- Shubhasiz, mulk aholiniki. Ammo bu umumfoydalanish obyektlarini bunday qoniqarsiz holatda qoldirish mumkinligini anglatmaydi. Har bir inson mulk mas’uliyatini his qilishi shart! Aks holda, qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko’riladi,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

O’rganishlar davomida boshqaruv organiga mazkur holatni bartaraf etish va aholi bilan ishlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, o’zboshimchalik bilan o’rab olingan joylar, noqonuniy qurilmalarni darhol bartaraf etish choralari ko’rilishi shartligi ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasida uzoq yillar davomida samarali va halol mehnatlari, o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati hamda qurilish sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ikki nafar faxriy Shuhrat Qurbonov va Zamira Urunbayevalarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda so‘z olganlar boshqarma tomonidan erishilayotgan yutuqlarda mazkur xodimlarning hissasi beqiyos ekanligini, uzoq yillik faoliyatlari davomida ko‘plab shogirdlar va yetuk mutaxassislar yetishtirganliklari haqida taʼkidlab, o‘zlarining ezgu tilaklarini izhor qildilar.

💐 Fursatdan foydalanib barcha jamoa a’zolari faxriy ustozlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlariga fayz-u baraka, hamisha oila qurshovida tinchlik va xotirjamlikda, el-u yurt ardog‘ida yurishlarini tilashdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

🏘 Ta'kidlaganimizdek, vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva va boshqa mutasaddilar Toshkent viloyati Ohangaron tumanida amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirmoqda.

"Elvalak" mahallasidagi 24 ko'p qavatli uy endilikda issiqlik bilan ta'minlanadi. Uzoq yillar davomida issiqlik ta'minotidan uzilgan mahalla aholisi uchun bu katta yangilik. Davlat budjeti hisobiga mazkur hududda yakka tartibdagi qozonlarni o'rnatish ishlari 90 foizga yakunlangan, hozirda gaz tarmog'iga ulash ishlari olib borilmoqda.

🔹 Ozoda Jo'rayeva mazkur tizim boshqaruv organlari tomonidan to'g'ri ekspluatatsiya qilinishi lozimligini qayd etdi. Bunda tegishli mutaxassislik sertifikatiga ega ishchi xodimlarni jalb etish va ularning malakasini doimiy oshirib borish kerakligi alohida ta'kidlandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🇺🇿🇨🇳 “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi direktori Davronjon Adilov hamda China State Construction Engineering Corporation boshqaruv raisi Zheng Xuexuan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Davlat san’at muzeyini barpo etish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

✍️ Uchrashuv davomida muzey loyihasining arxitektura konsepsiyasi, ekologik yondashuvlar hamda xalqaro tajriba asosida barpo etilishi yuzasidan fikr almashildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📍Oʻzbekiston quruvchilari assotsiatsiyasida tadbirkorlar muammolari tinglandi.

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston quruvchilari assotsiatsiyasi masʼullari ishtirokida qurilish-pudrat va loyiha tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📌 Avval xabar berganimizdek, bugun Oʻzbekiston Quruvchilari Assotsiatsiyasida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mutasaddilari, loyihachilar hamda soha vakillari ishtirokida qurilish loyihalarini kelishish va ma’qullash jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Muloqotda shaharsozlik kengashi faoliyatini soddalashtirish, loyihachilar bilan ishlash tizimini maqbullashtirish va amaliy yondashuvlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, quyidagi yoʻnalishlarda fikr va takliflar bildirildi:

🔹loyihaviy hujjatlarni kelishish va maqullash jarayonlarini soddalashtirish hamda ortiqcha bosqichlarni qisqartirish;
🔹zamon talablaridan kelib chiqib, bino-inshootlarga nisbatan insolyasiya me’yorlarini qayta koʻrib chiqish;
🔹avtoturargoh hajmini hisoblashda yangi yondashuvlarni joriy etish;
🔹obodonlashtirish va yashil hududlarga oid talablarni takomillashtirish.

Muloqot davomida bildirilgan taklif va fikrlar sohadagi amaliy ishlar samaradorligini oshirishda muhim ekani qayd etildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🚨 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida joriy yilning may oyi davomida olib borilgan nazorat tadbirlari natijalari muhokama qilindi.

Yigʻilish inspeksiya rahbari boshchiligida oʻtkazilib, unda qator muammolar, nazorat tadbirlarining samaradorligi, ijro intizomi masalalari hamda joylardagi nazorat ishlari holati keskin tanqid qilindi.

Ayniqsa, ayrim hududiy inspeksiyalarda qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilish jarayonida belgilangan talab va me’yorlarga rioya etilmayotgani, nazorat tadbirlari talab darajasida tashkil
qilinmayotgani, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaat hamda arizalar oʻz vaqtida koʻrib chiqilmayotganligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻz xizmat burchiga loqayd munosabatda boʻlgani, nazorat ishlarida sustkashlikka yoʻl qoʻygani sababli Sirdaryo viloyati hududiy inspeksiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Samarqand va Fargʻona viloyatlari inspeksiya rahbarlariga faoliyati davomida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.

Yigʻilish davomida hududiy inspeksiyalarning 20 nafar masʼul xodimi, shuningdek, ichki nazorat boʻyicha masʼul boʻlgan 14 nafar mutaxassis oʻz vazifalaridan ozod etildi. Bundan tashqari
18 nafar masʼul xodimga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.

Inspeksiya rahbari tomonidan quyidagilar taʼkidlab oʻtildi: “Nazorat tizimida masʼuliyatsizlik va loqaydlikka mutlaqo oʻrin yoʻq. Bu tizimda faqat oʻz ishiga vijdonan, sidqidildan yondashadigan, javobgarlikni his qiladigan, bilimli, masʼuliyatli va fidoiy xodimlar faoliyat yuritishi zarur.”

Yigʻilish yakunida barcha rahbar va masʼullarga nazorat ishlarini kuchaytirish, ijro intizomini mustahkamlash, faoliyatda aniq natijalarga erishish yuzasidan qatʼiy topshiriq va vazifalar yuklatildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📍 Davlatobod tumanidagi 78-sonli maktabda qurilish va taʼmirlash ishlari boshlandi

Davlatobod tumani "Shishaki" mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 78-sonli umumtaʼlim maktabida taʼlim sifatini oshirish hamda oʻquvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator ishlar amalga oshiriladi.

🏘 Qurilish va taʼmirlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi homiyligi asosida olib borilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha doirasida mavjud 380 oʻrinli oʻquv binosi joriy taʼmirlanib, qoʻshimcha 420 oʻrinli zamonaviy yangi oʻquv binosi quriladi.

Ushbu ishlar natijasida maktabda umumiy oʻrin soni 800 nafarga yetib, taʼlim muassasasining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi, oʻquv jarayoni sifatli va samarali tashkil etilishi taʼminlanadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

📌 Nazariy bilimlar amaliyot bilan mustahkamlanmoqda

Ta’kidlab kelayotganimizdek, Kompetensiyani rivojlantirish institutida ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi rahbarlarining amaliy ko’nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Xususan, 77-mavsum tinglovchilari uchun amaliy mashg'ulotlar boshlab yuborilgan. Ishtirokchilar poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida joylashgan "Classik building kommunal" boshqaruv servis kompaniyasida bo’lib, amaliy bilimlarini oshirdilar.

⭕️ Kompaniya tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyatlari, qo’shimcha servis xizmatlar hamda boshqaruv binosida aholi hamda ishchi xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko’zdan kechirildi. Shu bilan birga hujjatlar bilan ishlash, murojaatlarni qayd etish va bartaraf etish jarayonlari o’rganildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

🗺Samarqand viloyati Qurilish bosh boshqarmasida qurilish sohasi vakillari – pudrat va loyiha tashkilotlari, shuningdek, qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirda ishtirokchilarga loyiha va pudrat tashkilotlarining elektron reyting tizimi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Ushbu tizim tashkilotlarning texnik imkoniyatlari, kelishuvlarga rioya etish va ish sifati kabi koʻrsatkichlar asosida baholanishini taʼminlaydi. Bu esa sohaga shaffoflik va raqobat muhitini kuchaytirishga xizmat qiladi.

🔠 Shuningdek, “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tadbirkorlarga ushbu platformadan foydalanish tartibi, maʼlumot joylashtirish imkoniyatlari hamda narxlarni aniq belgilashdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Yigʻilishda tender jarayonlarining toʻliq raqamlashtirilgani, inson omilini kamaytirish orqali tenderlarda shaffoflik va haqqoniy raqobat yaratilayotgani taʼkidlandi. Xususan, tadbirkorlar tenderlarda qatnashish boʻyicha oʻz taklif va fikrlarini ham bildirishdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎 Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM