QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.8K subscribers
22K photos
3.86K videos
287 files
9.11K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#MUNOSABAT

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandda qo‘shni yana kotlovan kavlab, qo‘shnisining uyini qulatdi” sarlavhasi ostida tarqalgan video tasvirlar yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni ma'lum qiladi:

Avvalo ta'kidlash joizki, tarqatilayotgan materialda holatning aynan Samarqand viloyatida sodir bo‘lganini izohlovchi biror ma'lumot keltirilmagan. Shuningdek, diqqat bilan tinglansa, tasvir ortida insonlarning chet tilida so‘zlashayotganini ham eshitish mumkin.

Tezkor o‘rganish ishlari davomida Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi tomonidan viloyatning birorta hududida uy-joy qulashi bilan bog‘liq hodisa ro‘y bermaganligi aniqlangan.

Shu o‘rinda yolg'on axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda tegishli jazo choralari belgilanganligini eslatib o'tamiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📱 Bugun telegram ijtimoiy tarmog'ida "Qo‘qon shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi ayol yosh bolasi bilan liftda qamalib qolib, hushidan ketdi" sarlavhasi bilan tarqalgan video murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:

Ayni vaqtda Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi hamda boshqarmaning Qo‘qon shahar bo‘limi, Qo'qon shahar hokimligining mas'ul xodimlaridan iborat tezkor ishchi guruh tashkil etilib, mazkur masala joyida o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

🚨 Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent viloyatidagi turar joy binosi cho‘kdi", - deb talqin qilingan ushbu holat aslida Namangan viloyatida aniqlangan.

Mazkur holat Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan oʻrganib chiqil
gan.

Mazkur holatga ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan. Suv sizib chiqib, binoning ikki yon tomonida to‘planishi natijasida turar joy atrofidagi beton yo‘lak (otmoska)larda cho‘kish hosil bo‘lgan va granit plitalar binoning poydevoridan ko‘chgan.


Asosi va yerto‘la qismi o‘rganilganda esa yon va to‘suvchi devorlarda yorilish hamda pol qismida cho‘kish holatlari kuzatilmagan.

🛑 Quruvchi tomonidan muammo aniqlanishi bilan joyida binoning ikki yon tomon yo‘lagidagi cho‘kish holati bartaraf etilib, beton yo‘laklari qayta taʼmirlangan hamda sokol qismidagi poydevordan ko‘chgan granit plitalar joyiga o‘rnatilib, holat bartaraf etilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

🔴 Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi Chilonzor MFY Chilonzor ko‘chasi 29-uy manzilida joylashgan qurilish obyekti bo’yicha ijtimoiy tarmoq orqali tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

- monitoringlar davomida mazkur manzilda “FUTURE GROWTH” MCHJ tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarisiz, belgilangan tartibda inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtmasdan qurilish ishlarini olib borayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan inspeksiya tomonidan noqonuniy qurilish ishlarini to‘xtatish bo‘yicha 2024-yil 17-mayda bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma berilgan hamda ushbu qonunbuzilish holati bo’yicha MJtKning 99-moddasi 7-qismi bilan ma’muriy jazo qo’llanilgan.

Shundan so’ng ham O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-sonli qaroriga zid ravishda qurilish-montaj ishlari davom ettirilganligi hamda inspeksiyadan belgilangan tartib orqali ro’yxatdan o’tmaganligi bois joriy yilning 8-avgust kuni takroran yozma ko’rsatma rasmiylashtirilganligi ma’lum qilinadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

“GENERALISSIMUS” telegram kanali orqali mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan quruvchilar nomidan e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

🔗 Amaldagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qoshidagi "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi Qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reyting platformasida pudrat tashkilotining tashkil topgan yiliga 5 yil bo‘lganlarga maksimal ball belgilangan.

Elektron reyting platformasining havolasida Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingining yangi mezon talablari loyihasi (hali amalda qo‘llanmagan) joylashtirilgan. Bugungi kunda ushbu mezon talablari bo‘yicha pudrat tashkilotlarining munosabatlari qabul qilinib, asoslangan takliflar inobatga olinmoqda. Mazkur takliflar orasida 5 yil tajribaga ega pudrat tashkilotlari uchun maksimal ball berishni saqlab qolish ham qayd etilgan.

📌 Ma’lumot uchun: Qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari elektron reytingining mezon talablari pudrat hamda loyiha tashkilotlari bilan maslahatlashgan holda, ularning taklif va e’tirozlari o‘rganilgandan so‘ng amaliyotga joriy etiladi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va ularning faoliyatiga ko’maklashish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu ma’noda tadbirkorlar tomonidan yo’llangan murojaatda ko’rsatilgan taklif va mulohazalar qabul qilinishini bildiramiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

📹 “Youtube” platformasi orqali “Qonun doirasida” nomi ostida e’lon qilingan lavhalarda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan sohaga daxldor mas’ullar o’rganish ishlarini olib bordi.

Xorazm viloyatidagi qurilish obyektlari bilan bog’liq asl vaziyat bilan quyidagi havolada batafsil tanishishingiz mumkin.

➡️Havola👈

Ta’kidlash lozimki, murojaatda ko’rsatilgan har bir obyektda qonunchilikda belgilangan tartibda monitoring ishlari amalga oshirilib, nazorat tadbirlariga qat’iy yondoshib kelingan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT
 
Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi joriy yilning 24-avgustida “Troll.uz” telegram kanalida Yunusobod tumani “G'ayratiy” MFY Ahmad Donish ko’chasida joylashgan 7-son shahar klinik shifoxonasini rekonstruksiya qilish obyektining bino ustunlari bo‘yicha qilingan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Holat bo'yicha inspeksiya mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o'rganildi. Jarayonda qurilish obyektida bir qator kamchiliklar aniqlandi va bartaraf etilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi. Xususan, sifatsiz qurilish materiallari yuzasidan tegishli taqdimnoma chiqarildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

Samarqandda ko‘p qavatli uyning  pentxaus qismida o‘zboshimchalik bilan “basseyn” qurilganligi aniqlandi.

Aholi murojaatiga asosan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Samarqand shahri "Sug’diyona" mahallasidagi 67-A sonli ko‘p qavatli uyning 10-qavat pentxaus qismida o‘zboshimchalik bilan “basseyn” qurilganligi aniqlandi.

Ushbu qurilma ko‘p qavatli uyning loyihasida nazarda tutilmagan bo'lib, seysmik hodisa vaqtida binoning tebranishini kuchaytirib, uyning mustahkamligiga zarar yetkazishi mumkin. 

Inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 159-moddasiga asosan ma’muriy jarimalar qo‘llanildi va noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Berilgan vaqt ichida mulkdor holatni oʻz ixtiyori bilan bartaraf qilib, oldingi holatiga qaytarmasa, unga nisbatan tegishli tartibda bartaraf etish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga davo arizasi kiritilishi tushuntirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM