QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.1K subscribers
21.9K photos
3.84K videos
287 files
9.07K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar

🗺Bayramga tuhfa: Surxondaryoda 60 ta obyekt foydalanishga topshirildi

Bugun Konstitutsiyamizning o‘ttiz ikki yilligi arafasida viloyat Bolalar kutubxonasining yangilangan binosi foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida zoom platformasi orqali viloyat bo‘ylab, xalqimizga bayram tuhfasi sifatida 60 ta, xususan, 16 ta maktab, 2 ta bog‘cha, 11 ta tibbiyot muassasalari, 16 ta uy-joylar, 73 kilometr uzunlikdagi 9 ta yo‘l, 1 ta 8,6 kilometrlik ichimlik suvi va 5 ta irrigatsiya obyektlari hamda ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning o‘tgan davrida jami bajarilgan qurilish ishlari hajmi 9,3 trln so‘mni tashkil etdi. Yangi yil bayrami arafasida vohada yana 50 ta qurilish obyektlari foydalanishga topshiriladi.

#Surxondaryo

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🚨 Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ichimlik suvining isrofgarchiligi bilan bog'liq holatlarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari davom etadi.

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tarkibidagi barcha korxona va tashkilotlar hamda boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan 2024-2025-yillar qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida chora-tadbirlar yanada kuchaytirilgan.

Jumladan, viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasi tomonidan Buxoro shahrida 462 ta va Kogon shahrida 55 ta koʻp qavatli uylarga, shuningdek, 24 ta umumtaʼlim maktabi, 26 ta maktabgacha taʼlim muassasasi va jami yuzdan ortiq boshqa turdagi isteʼmolchi-subyektlarga xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Buning uchun viloyat markazidagi 29 ta va Kogon shahridagi 5 ta qozonxona imkoniyatlaridan unumli foydalanilmoqda.

Albatta, mavsum oldidan barcha qozonxonalarda tayyorgarlik, taʼmirlash-tiklash ishlari toʻla-toʻkis bajarilgan. Hozirda korxona balansida 112,6 kilometr uzunlikdagi turli diametr oʻlchamdagi issiqlik tarmogʻi mavjud boʻlib u orqali isteʻmolchilarga barqaror issiqlik energiyasi yetkazib berilmoqda.

#BUXORO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🔎 Fargʻonada “Oʻzbekiston yoshlari forumi -2024” doirasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning “Kasblar tanlovi” va “Yosh quruvchi” yoʻnalishi boʻyicha viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada ishtirokchilar oʻz mahoratlarini namoyish etib, qurilish sohasida egallagan bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazdilar.

“Yosh quruvchi” yoʻnalishi – nafaqat kasbiy mahorat, balki kelajakni barpo etish imkoniyatidir, - dedi bosh boshqarma boshligʻi Lazizxon Pozilov.


Ishtirokchilar hayʼat aʼzolari tomonidan baholanib, esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Eng yaxshi natijani qayd etgan bir nafar ishtirokchi respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍 Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi mutasaddilari G‘allaorol tumani Marjonbuloq shaharcha fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p kvartirali uylar va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik bilan ta’minlash maqsadida qayta rekonstruksiya qilingan qozonxonani ko‘zdan kechirdilar. O'rganishlar davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.

Ma'lumot o'rnida ta'kidlash lozimki, ushbu hududda 17 ta ko‘p kvartirali uy va 716 ta xonadon mavjud bo'lib, qozonxona mazkur uylarni isitishga xizmat qiladi. Ayni paytda boshqarma mas'ullari tomonidan hududlardagi kommunal ahvolni o'rganish ishlari davom etmoqda.

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍 Mutasaddilar Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining "Malikobod" mahallasida bo‘lib, "Yangi O‘zbekiston" massivining ikkinchi bosqich qurilish ishlari rejasi bilan tanishdilar.

Massiv uchun 20 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, bu yerda jami 2 000 dan ortiq xonadonli 60 ga yaqin ko‘p qavatli uylar, maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti, oilaviy poliklinika, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari, istirohat bog‘i, ichimlik suvi, elektr, tabiiy gaz, issiqlik ta’minoti obyektlari, kanalizatsiya tarmog‘i hamda ichki yo‘llar qurilib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

🏢 Loyihaning birinchi bosqichida 200 xonadonli 8 ta uy qurilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichida 7 ta 9 qavatli uylar aholiga taqdim etiladi.

Mas'ullar ishlarni sifatli bajarish, massiv hududidagi bo‘sh turgan yer maydonlarida "Yashil makon" loyihasi doirasida qo‘shimcha bog‘ barpo etish kabi vazifalarni belgilab olishdi.

#NAVOIY

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍Bayramga tuhfa: Sherobodda ko‘p qavatli turar joy majmuasi foydalanishga topshirildi

Aholini turar joylar bilan ta’minlash maqsadida Sherobod tumanida 70 ta xonadonli uy-joylar majmuasi foydalanishga topshirildi. Tumanning "Do‘stlik" mahallasida qad rostlagan ushbu uylarning ochilish marosimida tuman mutasaddilari, nuroniylar va faollar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar barchani Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, bu kabi loyihalarningamalga oshirilishi tuman ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishi bilan birga aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qilishini aloihida ta'kidladilar.

#SURXONDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍Inson qadri uchun. Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida yuzlab oilalar yangi yilni yangi uylarda kutib olishadi. Hududda barpo etilgan "Yangi Oʻzbekiston" massivi aholi uchun bayram tuhfasi boʻldi.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍 Jizzax shahri “Zargarlik” MFY hududidagi ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash va atrofni obodonlashtirish borasida samarali ishlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, mahalladagi 4 ta 4 qavatli uyni mukammal ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish, infratuzilma obyektlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Qishloqqurilishloyiha” DM Jizzax filiali tomonidan namunaviy shaklda ishlab chiqilgan loyiha doirasidagi ta’mirlash ishlarida 100 nafarga yaqin ishchi xodimlar mehnat qilmoqda.

Bugungi kunda uylarning fasad qismlari bazalt bilan qoplanmoqda. Shuningdek, yo‘laklarni betonlash, bordyurlarni yangilash ishlari davom ettirilyapti. Qolaversa, turli infratuzilma obyektlari, jumladan bolalar va sport (work out) maydonchalari ham tashkil etilmoqda.

Shuningdek, mahalla hududidagi elektr xo‘jaligi obyektlari - transformatorlar va qavatlararo elektr taqsimlovchi shitlar mukammal ta’mirlanyapti.

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍“Qirguli issiqlik manbai” MCHJ
yangi binosi foydalanishga topshirildi


Yangi obyekt 1 milliard 394 million soʻmlik mablagʻ evaziga qurib bitkazildi va hudud aholisiga yanada qulay xizmat koʻrsatish imkoniyatini yaratdi.

Maʼlumot oʻrnida: “Qirguli issiqlik manbai” MCHJ hududdagi 317 ta koʻp qavatli uylarda joylashgan 1 ming 735 ta xonadonlarga xizmat koʻrsatib, 35 mingdan ziyod aholiga xizmat koʻrsatadi.

Yangi maʼmuriy binoda ishchi-xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratildi va unda zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan boʻlib, boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish maqsadida yangi uskunalar oʻrnatildi.

💐 Binoning ochilish marosimi bayramona ruhda oʻtkazildi. Tadbirni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Avazbek Madaminov ochib, oʻz nutqida mazkur bino hudud aholisi uchun qulayliklar yaratishi bilan birga sohaning rivojlanishiga katta turtki berishini taʼkidladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM