QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.3K subscribers
21.6K photos
3.71K videos
287 files
8.86K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar

💸 “NEW STORY"  BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI  XALQ XIZMATIDA

         Namangan viloyati Davlatobod tumani "Davlatobod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilgan “NEW STORY” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
        Jumladan, 6-kichik nohiya hududida joylashgan 26, 27, 33-ko‘p qavatli uylarning tom qismlari joriy taʼmirlanmoqda.  
       Shuningdek, kompaniyaning  kun-u tun ishlovchi dispetcherlik xizmatiga aholi tomonidan kelib tushayotgan muammolar o‘z vaqtida bartaraf etib, aholiga keng qulayliklar yaratib kelinmoqda.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍 Yangi Namangan tumanida aholining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qaroriga asosan Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

◀️ Xususan, tumanning "Axsikent" mahalla fuqarolar yig‘inida jami 1 800 metr uzunlikda bo'lgan D-315 mm diametrga ega polietilen tarmoq tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 1 650 m qismida ishlar to'liq amalga oshirildi.
Shuningdek, “Maʼnaviyat” mahalla fuqarolar yig‘inida ham 200 m tarmoq tortish ishlari yakuniga yetkazilishi natijasida 170 ta xonadonning ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanishiga erishiladi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🔎 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-sonli qaroriga asosan Yangi Namangan tumanida ham keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan. Xususan, tumandagi “Axsikent” mahallasining “Saxovat 3” ko‘chasidagi aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, yo‘llarni soz holatga keltirish hamda elektr taʼminotini yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

🫥 Shuningdek, Yangi Namangan tumani “Yoshlik”, “Mingterak” mahallalaridagi ko‘chalarda ham asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida tuzilgan ishchi guruh tomonidan yo‘llarni sifatli taʼmirlanishini nazorat qilish, ichimlik suvi, elektr va gaz taʼminotlaridagi kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etilishi bo‘yicha zaruriy topshiriqlar berildi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📔 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-408-sonli qaroriga asosan Namangan tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida aholini ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash masalasiga ham alohida ahamiyat berilmoqda.
Xususan, Namangan tumanining Bo‘ston mahallasidagi “Bo‘ston-1”, “Bo‘ston-2” , “Shodiyona” va “Shukrona” ko‘chalarida “Olmos Uychi” MCHJ tomonidan 12 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 1 ta suv inshooti qurilmoqda.
Shuningdek, “Olaxamak” mahallasidagi “G‘uncha”, “Ziyokor” va “Nurafshon” ko‘chalarida istiqomat qiluvchi aholining ham quvonchi cheksiz. Chunki mahallaga suv tarmog‘ini tortish bilan bir qatorda yaroqsiz holatga kelgan eski yo‘llarda asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

❗️ Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan og‘ir ahvoldagi uy-joy mulkdorlari shirkatlarini boshqaruv servis kompaniyalariga o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mutasaddilar, shirkat va boshqaruv servis kompaniya vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman boshqarma xodimlaridan tarkib topgan ishchi guruh aʼzolari tomonidan ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar va shirkat raislariga boshqaruv servis kompaniyalarining qulaylik va afzalliklari, shaffof tanlov asosida shirkatlarni bosqichma-bosqich boshqaruv tashkilotlariga biriktirib borilishi to‘g‘risida atroflicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholi bilan mavzu doirasida suhbatlar olib borildi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🔎 Xabar berib kelayotganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qarori asosida joylarda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti. Yangi Namangan tumanida ham bu borada samarali ishlar tashkil etilmoqda.
Qaror asosida tumanda o‘tkazilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida aholining ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, "Istiqbol" mahallasining 5-Kamalak ko‘chasida 2,5 km uzunlikdagi suv tarmog‘ini yangilash ishlari bajarilmoqda.
Tumanning “Maʼnaviyat” mahallasida ham "Murodil vaqt invest" MCHJ tomonidan 12 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmog‘i yangilanmoqda. Bu esa hudud ahlining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanishiga xizmat qiladi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍 Davlatobod tumanida boshqaruv-servis kopmaniyalaridan aholi minnatdormi?

Davlatobod tumani hokimligi binosida tumandagi ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan tanqidiy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tumanda 22 363 ta xonadondan iborat 481 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, shundan 400 tasi 7 ta boshqaruvchi tashkilot tomonidan, 81 tasi esa quruvchi-pudratchi tashkilotlar tomonidan boshqariladi.
Bugungi kun holatiga ko'ra tumandagi o'zini oqlamagan 165 ta shirkat faoliyati to‘xtatilib, tarkibidagi barcha uylar boshqaruv kompaniyalari qamroviga o‘tkazilgan. Boshqaruv kompaniyalari tomondan aholiga sifatli kommunal xizmatlar ko‘rsatish maqsadida 24 soat faoliyat ko‘rsatuvchi avariya-dispetcherlik xizmatlari tashkil etilib, aholiga qo‘shimcha 20 dan ortiq turdagi kommunal xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.
Sifatli ish tashkil etgan BSKlar qatorida kamchilklarga yo‘l qo‘yayotganlari ham yo'q emas. Aholini rozi qilish ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar taqdimoti ko‘rib chiqilib, shu yerning o'zida muhokama qilindi. Boshqaruv tashkilotiga keyingi ish faoliyati davomida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi tushuntirildi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

MUAMMOLAR MANZILLI O‘RGANILMOQDA

😇Ayni kunlarda Namangan viloyatida Prezident maslahatchisi boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi faoliyat olib borib, aholi muammolarini manzilli o‘rganmoqdalar. Ishchi guruh tarkibidagi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi mas'ullari tomonidan Davlatobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, hududlarni kompleks rivojlantirishga doir muammolari bartaraf etilmoqda.

Xususan, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholining yechimini kutayotgan masalalari yuzasidan ijobiy natijaga erishish maqsadida joylarga chiqib, aholi bilan suhbat o‘tkazildi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan muammoli masalalar qabul qilinib, ularni hal etish maqsadida masʼul shaxslarga qator topshiriq va vazifalar berildi. Asosiysi aniqlangan kamchilik va muammolarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🫥 “Yangi sihatgoh kelajagi” BSK faoliyati bilan tanishildi

Yangi Namangan tumanida koʻp kvartirali uy-joylarga xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish choralari koʻrilmoqda, ogʻir ahvoldagi shirkatlar faoliyatini yakunlab, zamonaviy boshqaruv servis kompaniyalariga biriktirilmoqda.

“Yangi sihatgoh kelajagi” BSK Sihatgoh mahallasining “Chamanzor” koʻchasida joylashgan 18 ta koʻp kvartirali uylarda yashovchi aholiga xizmat koʻrsatadi. Mazkur BSK koʻp tarmoqli boʻlib, u 24 soat faoliyat koʻrsatuvchi avariya-dispetcherlik, santexnik, qurilish xizmatlarini koʻrsatish va liftlarni taʼmirlash kabi turli yoʻnalishlardagi ishlarni bajarishga ixtisoslashgan.

🫥 Hozirga qadar ushbu BSK koʻmagida 1-3-6-8-9-10-uylarning fasad qismi boʻyalib, 16-8-uylarning oynalari almashtirildi, 16-1-14-uylarda yertoʻla qismidagi muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash ishlari olib borildi.

Maʼlumot uchun, tuman hududida “Oromgoh ravnaqi”, “Gazchilar uyi”, “Grant art servis” va “Yangi Sihatgoh kelajagi” BSK faoliyat koʻrsatmoqda. “Oromgoh ravnaqi” BSK Oromgoh mahallasidagi 29 ta koʻp qavatli uyga, “Gazchilar uyi” BSK Abu Rayhon Beruniy va Furqat mahallasidagi 25 ta koʻp qavatli uylarga, “Grant art servis” esa Maʼnaviyat mahallasi hududidagi 17 ta koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatadi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayramga_tuhfa

🫥 “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishi

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌳#Yashil_makon
#Bir_bolaga_bir_daraxt

Mamlakatimizda ekologik muhitni yaxshilash, ayniqsa, aholi zich joylashgan hududlarni koʻkalamzorlashtirishga e’tibor qaratish bugun har qachongidanda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois joylarda koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan hududlarda koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

📍 Xususan, Namangan viloyatining boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko'q kvartirali uylar atrofiga 71 260 ga yaqin mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilmoqda. Mazkur umummilliy loyiha doirasida oʻtkazilayotgan tadbirda kompaniya ishchi-xodimlari koʻtarinki kayfiyatda "Yashil makon"ga oʻz hissalarini qoʻshishmoqda.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌳#Bir_bolaga_bir_daraxt
#Yashil_makon

Namanganda ham atrofni obod qilishga qatʼiy kirishilgan. Davlatobod tumani ahli va boshqaruv servis kompaniyalari xodimlari hududdagi mahallarda mevali daraxt koʻchatlarini ekib, yoshlarga ibrat boʻlishmoqda. “Yashil makon” loyihasi bilan koʻp qavatli uylar atrofiga 500 tadan ortiq manazarali daraxt koʻchatlari ekildi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

😄 “Yangi Oʻzbekiston” massivlari barpo etilmoqda

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🚨 Respulika ishchi guruhi hamda Namangan viloyati hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari  tomonidan ichimlik suviga noqonuniy ulanish holatlariga chek qo‘yish maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Chortoq tumani hududida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida  tumanning "Bodomzor" mahallasida  istiqomat qiluvchi iste’molchilar ichimlik suvi tarmog'idan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

🔴Monitoring davomida 3 ta holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilib, rasmiylashtirilgan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍 Namangan viloyati markazidagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʻida  63-xalqaro “Gullar festivali” bo'lib o'tmoqda.

💐 Festivalning asosiy tadbirlari bayramona bezatilgan avtoparad bilan boshlandi. Anjuman haqidagi xushxabar bois bayram mehmonlari safi nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijdan tashrif buyurgan insonlar bilan yanada kengaydi. Madaniyat va istirohat bogʻi maftunkor manzaralar, sermazmun tomoshalarni oʻzida mujassam etmoqda.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida Namangan muhandislik qurilish instituti talabalari uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etilidi.

Jarayonda qurilishni nazorat qilish va unga tayyorgarlik koʻrish ishlari, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, obyektni foydalanishga qabul qilib olish davrida qonun hujjatlari hamda SHNQ talablariga rioya etilishi yuzasidan malakali mutaxassislar tomonidan talabalarga tushunchalar berildi.

Shu bilan bir qatorda ishtirokchilarga inspeksiya boʻlimlarining faoliyati, laboratoriyada armatura sterjenlarining choʻzilishga mustahkamligini aniqlash, sopol gʻishtlarning siqilishga chidamliligini tekshirish jarayonlari amaliy tarzda koʻrsatib berildi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

Chust shahrining maʼmuriy hududi kengayadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabr kuni imzolangan “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023-2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida 2024-2044-yillar davomida Chust shahrini yanada obod qilish va maʼmuriy hududini kengaytirish rejalashtirilmoqda.  

🔠 Bu boʻyicha “Oʻzshaharsozlik LITI” DM tomonidan Chust shahrining yangi bosh rejasi ishlab chiqilmoqda.

Kuni kecha Namangan viloyati hokimligida uning loyihasi taqdimoti oʻtkazildi.

Taʼkidlash joiz, hozirgi kunda Chust shahri 2800 gektarni tashkil etib, 22 ta MFY mavjud va 91 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. Bugungi demografik oʻsishni hisobga olganda, yaqin 20 yil ichida aholi soni 135 ming nafarga yetishi kutilmoqda. Yangi bosh rejaga asosan shahar maydoni 4 ming gektarga yetadi va oʻnlab yangi ijtimoiy obyektlar barpo etiladi.  

Viloyat hokimi Sh.Abdurazzoqov Chust shahrining yangi bosh rejasi loyihasi bilan batafsil tanishib, masʼullarga uni yanada takomillashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Xususan, bunda yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy turar joy va savdo obyektlari barpo etish, shahar markaziy koʻchalarida turizm yoʻnalishida “Hunarmandlar koʻchalari” tashkil etishga eʼtibor qaratiladi. 

Maʼlumot uchun, Chust  – qariyb 3 ming yillik tarixga ega qadimiy shahar. Oʻtgan asrning turli yillarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarda hozirgi Chustga toʻgʻri keladigan hududda soʻnggi bronza - ilk temir davriga oid ashyolar topilgan. Shahar 1926-yilda yangi tashkil etilgan Chust tumanining maʼmuriy markaziga aylantirilgan.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM