QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.3K photos
3.91K videos
289 files
9.21K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#Hududlardan_xabarlar

📍 Jizzax shahri “Zargarlik” MFY hududidagi ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash va atrofni obodonlashtirish borasida samarali ishlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, mahalladagi 4 ta 4 qavatli uyni mukammal ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish, infratuzilma obyektlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Qishloqqurilishloyiha” DM Jizzax filiali tomonidan namunaviy shaklda ishlab chiqilgan loyiha doirasidagi ta’mirlash ishlarida 100 nafarga yaqin ishchi xodimlar mehnat qilmoqda.

Bugungi kunda uylarning fasad qismlari bazalt bilan qoplanmoqda. Shuningdek, yo‘laklarni betonlash, bordyurlarni yangilash ishlari davom ettirilyapti. Qolaversa, turli infratuzilma obyektlari, jumladan bolalar va sport (work out) maydonchalari ham tashkil etilmoqda.

Shuningdek, mahalla hududidagi elektr xo‘jaligi obyektlari - transformatorlar va qavatlararo elektr taqsimlovchi shitlar mukammal ta’mirlanyapti.

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

📍“Qirguli issiqlik manbai” MCHJ
yangi binosi foydalanishga topshirildi


Yangi obyekt 1 milliard 394 million soʻmlik mablagʻ evaziga qurib bitkazildi va hudud aholisiga yanada qulay xizmat koʻrsatish imkoniyatini yaratdi.

Maʼlumot oʻrnida: “Qirguli issiqlik manbai” MCHJ hududdagi 317 ta koʻp qavatli uylarda joylashgan 1 ming 735 ta xonadonlarga xizmat koʻrsatib, 35 mingdan ziyod aholiga xizmat koʻrsatadi.

Yangi maʼmuriy binoda ishchi-xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratildi va unda zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan boʻlib, boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish maqsadida yangi uskunalar oʻrnatildi.

💐 Binoning ochilish marosimi bayramona ruhda oʻtkazildi. Tadbirni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Avazbek Madaminov ochib, oʻz nutqida mazkur bino hudud aholisi uchun qulayliklar yaratishi bilan birga sohaning rivojlanishiga katta turtki berishini taʼkidladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob
#Hududlardan_xabarlar

📍 Yangi yil arafasida Hazorasp tumanidagi Al Xorazmiy mahallasida 200 ta xonadonga moʻljallangan 10 ta koʻp qavatli uylar foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda mutasaddilar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Maʼlumot uchun, joriy yilda Hazorasp tumanida 450 ta xonadonga ega 15 ta koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi. Kelgusi yil tumanning “Ziyolilar” mahallasi hududida qurilishi boshlanadigan “Yangi Oʻzbekiston” massivida bosqichma-bosqich 48 ta koʻp qavatli uy-joylar, 1 ta 330 oʻrinli maktab, 1 ta 150 oʻrinli bolalar bogʻchasi qurilishi belgilangan. Mazkur qurilish ishlari amalga oshirilishi natijasida tumandagi uy-joyga muhtoj boʻlgan yana 1 457 ta oila oʻz uyiga ega boʻladi.

#XORAZM

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🚨 Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan qurilish obyektlarida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jarayonda yangi qurilayotgan ko'p qavatli turar joy binolarida ishlar loyiha talablari asosida qilinayotganligi va qurilish materiallarining sifati o'rganilyapti.

#SIRDARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🔗 Markazlashgan issiqlik ta’minoti. Qulay va xavfsizlik kafolati.

2024-yilda Buxoro "Issiqlik manbai" DUK tarkibidagi 4 ta qozonxonada rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Kogon shahridagi "RK-3", "RK-Markaz" va "Hamza" qozonxonalari shular jumlasidandir.

Davlat dasturi doirasida 46 ta ko‘p kvartirali uylar hamda 8 ta ijtimoiy soha obyektlariga sifatli issiqlik energiyasi yetkazib berildi. Xususan, yana 52 ta ko‘p kvartirali uylardagi 1 234 xonadonlarni markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulash imkoniyati yuzaga keldi.

🏢 Hozirda buyurtmachi Buxoro viloyati hokimiyati huzuridagi “Ko‘p kvartirali uylarni joriy va mukammal ta’mirlash” DUK tomonidan markazlashgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan ko‘p kvartirali uylarning ichki issiqlik tizimini tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

#BUXORO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

☯️ Xalqaro aloqalar kengayib, infratuzilma rivojlangani sari Farg‘ona viloyatining turizm salohiyati ham oshib bormoqda. Ana shunday jozibador maskanlardan biri shubhasiz, Fargʻona tumanidagi Oʻzbekiston Shveysariyasi Shohimardon va Yordon qishloqlaridir.

Ushbu hududning toza havosi, daryolari, qorli togʻlari, xushmanzara daraxtzorlari bois yilning barcha faslida maroqli hordiq chiqarish mumkin. Mazkur manzilning geografik joylashuvi va iqtisodiy "drayverlari"ni aniqlagan holda yuqori daromadli investitsiya loyihalarini va xizmatlar sohasini yanada rivojlantirib, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish, turizm (ekoturizm) majmualari hamda dam olish maskanlarini iqtisodiy rivojlantirishni yaqin, oʻrta va uzoq muddatlarga rejalashtirish mexanizmlarini oʻzida aks ettirgan master reja ishlab chiqish maqsadida Fargʻona viloyat hokimligi Loyiha ofisi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi, Kadastr agentligi, Turizm boshqarmasi, tuman hokimligi, loyiha tashkiloti xodimlari hamda boshqa sohaga doir mutasaddilar Fargʻona tumanining Shohimardon va Yordon qishloqlarida boʻlishdi.

Loyiha tashkiloti mutasaddilariga Master-rejada investitsiya loyihalarining zamonaviy arxitektura va dizayn talablari asosida oʻzaro bogʻliq loyihaviy yechimlari hamda xalqaro tajribadan kelib chiqib, ekoturizm turlarini joylashtirish orqali keluvchilarga qulaylik yaratish va hududni kelajakda oʻziga xos turizm maskaniga, xususan, yil davomida dam olish hamda yashash mumkin boʻlgan joyga aylantirish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🌳 Atrof-muhit musaffoligini saqlashda yashil bog’lar muhim o’rin tutadi. Shu maqsadda bugun aholi yashash manzillari atrofida yashil hududlar ko’paytirilyapti.

Xususan, Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” mahallasi “Yangi O’zbekiston” massivi atrofidagi tog’ yon bag’irlariga ko’chatlar ekilmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🗂 Chortoq tumanining turizm salohiyatini yanada yaxshilashga xizmat qiladigan yangi istiqbolli loyihalar taqdimoti oʼtkazildi

🌳 Chortoq oʼzining betakror tabiati, turizm maskanlari, sihatgohlari bilan nom qozongan. Tumanning oʼziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega dam olish  maskanlari hamda turistik majmualarni tashkil etish boʼyicha master-rejalar ishlab chiqilmoqda.

“Chortoqsoy” va suv ombori qirgʼoq boʼyi hududida amalga oshiriladigan turizm yoʼnalishidagi yangi loyihalar tuman hokimi boshchiligida tegishli tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislar hamda tadbirkorlar ishtirokida koʼrib chiqilib, muhokama qilindi.

Muloqot davomida loyiha yuzasidan qoʼshimcha takliflar tayyorlash, shuningdek, sihatgoh va mehmonxonalar tashkil etishga xorijiy davlatlardan investorlarni jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🏗 Bunyodkorlik

✔️ Navoiy viloyati hokimligi hamda qurilish sohasi mutasaddilari bilan birgalikda shahar va tumanlardagi bunyodkorlik ishlari o‘rganilmoqda.

Xususan, G‘ozg‘on shahri hududida bunyod etilayotgan obyektlar, jumladan, shahar hokimligi, prokuratura, markaziy shifoxona binolari ko‘zdan kechirildi. “Shayxon” MFY hududidagi qadimiy tog‘ning yonbag‘ri bo‘ylab “Shohimardon” qadamjosiga olib boradigan yo‘l qurilishi hamda uning atrofini obod qilish, bunyodkorlik ishlari hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish obyektlari bo‘yicha taklif – loyihalar bilan tanishildi. Jarayonda quruvchilarga lozim bo‘lgan tavsiyalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

Qoraqalpoqning "Go‘zal hayot" qo‘shig‘i


📍 Nukus shahrida "Go‘zal hayotga qadam, o‘zimizning oilamizdan boshlanadi" shiori asosida seminar bo‘lib o‘tdi. "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot" yilida aholi orasida do‘stona muhitni shakllantirish, birlik va hamjihatlik, tabiatga muhabbat, baxtiyor turmush insonlarnig o‘z qo‘lidaligini targ'ib qilishga mo'ljallangan tadbir yorqin taassurotlarga boy bo'ldi.

Seminar Nukus shahrining "Gulzor" mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarning kirish yo'laklarini obodonlashtirish ishlari bilan boshlandi. Uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari bilan hamkorlikda, fuqoralarni jamoaviy jalb etib, yashash o‘rinlarini obod manzil va "ko‘rgazma saroy"ga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shishga undadilar. Natija kutilgandan ham a'lo bo'ldi.

Bunday tadbirlarni barcha mahallalarda tashkil etishga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM