QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22.2K photos
3.88K videos
288 files
9.16K links
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 https://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy
Download Telegram
#JARAYON

📌Jahon tajribasida o'zini oqlagan namunalar O'zbekistonda amaliyotga tatbiq etilmoqda

Xabaringiz bor, energiya tejamkorlik talablariga ko'ra, Respublikamizda mavjud 31 mingga yaqin turar-joy binolari tashqi devorlarining fasad qismlari, qalinligi 50 mm dan kam bo'lmagan, tom qismi esa qalinligi 100 mm dan kam bo'lmagan bazalt plitalari bilan qoplanmoqda.

Hududlardan tashrif buyurgan soha vakillari o'rganish ishlari davomida Chilonzor tumanida ham bo'lib, 7-mavzeda joylashgan turar-joy binolarining modernizatsiya jarayonlari bilan tanishdilar.

Mutaxassislar tomonidan energotejamkorlikka erishish uchun uy-joylarning nafaqat fasad qismini himoyalash balki, mavjud jarayonga kompleks yondashish darkorligi ta'kidlandi. Bu borada energiya samarador romlar, yo'lak eshiklarida o'zi yopiluvchi mexanizmlarni qo'llash, elektr sarfini kamaytiruvchi chiroqlar va harakat sezuvchi qurilmalardan foydalanish kerakligi ma'lum qilindi.

🏢 Ma'lumot uchun, "Bog'zor" MFY hududida joylashgan 37-38 hamda 45-"A" uylarning fasad va tom qismlari bazalt plitalari bilan qoplanmoqda, uylar yerto'lasidagi issiqlik ta'minoti quvurlari bosqichma-bosqich yangisiga almashtirilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🧊 Rishton tumanidagi koʻp qavatli uyning tom qismi mukammal ta'mirlanmoqda

🫥 Davlatimiz rahbarining “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qaroriga asosan Farg'ona viloyatida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Rishton tumani “Minor” MFY Fargʻona koʻchasida joylashgan 70-son koʻp qavatli uyning tom qismi ta'mirtalabligi, yog'ingarchilik mavsumlarida fuqarolarga ko'plab qiyinchiliklarni keltirib chiqargani inobatga olinib, budjet mablagʻlari hisobidan toʻliq ta’mirlanmoqda. Shuningdek, mazkur uyning fasad qismini mukammal taʼmirlash hamda hududini obodonlashtirish rejalashtirilgan.

🗺FARG'ONA

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

Bugungi kunda Karmana tumani “Doʻstlik” MFYda 18 ta 5 qavatli 20 xonadondan iborat turar joy obyektlari Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar ushbu massivdagi turar joy obyektlari boʻyicha 75 marta monitoring ishlari oʻtkazilib, bajarilishi majburiy boʻlgan 68 ta yozma koʻrsatmalar berilgan.

🛡 Aniqlangan kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmaganligi, shuningdek, qurilish-montaj ishlarida loyihadan chetlanish va sifatsiz ish turlariga yoʻl qoʻyganligi sababli inspeksiya tomonidan buyurtmachining texnik va qurilish pudrat tashkilotining ichki nazorati boʻyicha masʼullariga nisbatan 4 marta Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 99-moddasi tegishli qismlariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan bugungi kun holatiga Navoiy viloyati boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston” massivlaridagi obyektlarda oʻrnatilgan tartibda qurilish-montaj ishlarini nazorat qilish tizimli ravishda olib borilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON

#Issiqlik

      O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli topshirig‘iga asosan bugun Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan issiqlik qozonlari namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik vakillari hamda hududlardagi qurilish va kommunal sohalarga mas'ullar ishtirok etdilar.
      Ko‘rgazmada o'zimiz va xorijda ishlab chiqarilgan an’anaviy, modul-blokli hamda ko‘mirni avtomatik ravishda yuklovchi zamonaviy issiqlik qozonlari namoyish etildi. Shuningdek, mazkur qozonlarning texnik imkoniyatlari, o‘ziga xos jihatlari haqida qatnashchilarga to‘liq ma’lumot berildi.
       Tadbir yakunida mutasaddilar mamlakatimizda isitish tizimini kompleks rivojlantirish, bunda energo samaradorlikka erishishning texnik-iqtisodiy asoslarini muhokama qildilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
Toshkentdagi ayrim ko‘p qavatli uylar issiq va sovuq havoni o‘tkazmaydigan bazalt plitalari bilan qoplanadi

Mutaxassislarning fikricha, bazalt plitalari bilan qoplangan uylarda o‘rtacha 30—35 foizgacha energosamaradorlikka erishish mumkin.

Batafsil — https://dy.uz/NbXQe

📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHIDA

😄 Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylarga bazalt himoya qatlami qoplanmoqda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Уйлар фасадига ўрнатилаётган базальт плиталарининг афзалликлари нимада?– Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазири билан суҳбат

🎥https://youtu.be/GqKNnl9rwgo

📍https://uza.uz/posts/451170

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram  | Facebook | Instagram | You Tubе
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest

📌 Hafta dayjesti: qurilish va kommunal sohada ro'y bergan muhim voqealar tafsilotlari

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hududlardan_xabarlar

🕹 Jizzax viloyati qurilish va kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan Jizzax shahar "Bobur" MFY hududida joylashgan xorijiy tillar o‘quv markazi binosining qurilish ishlari o‘rganildi.

Natijada obyektda quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

🗄 Mavjud temir beton kalonnalarning homutlari ishchi loyiha talablari bo’yicha bajarilmagan;

🗄 Obyektda qurilishning pasporti o'rnatilmagan;

🗄 Ish yuritish jurnallari to'liq yuritilishi ta'minlanmagan;

🗄 Armaturalar qarovsiz qoldirilib, omborxonaga joylanmagan;

🗄 Energiya samaradorligi va muqobil energiya texnologiyalari hamda energiya tejamkorlik chora-tadbirlari ko‘zda tutilmagan.

📎 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan tegishli ko'rsatmalar berilib, kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish-montaj ishlari vaqtincha to’xtatildi.

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM