MinInnovation
3.96K subscribers
8.32K photos
1.04K videos
38 files
5.06K links
Инновацион ривожланиш хабарлари
Новости инновационного развития
News of innovative development

@mininnovation

links:
www.mininnovation.uz
fb.com/mininnovation.uz
https://bit.ly/Minnovationuzb
☎️(71)2033231
Download Telegram
Forwarded from "INNOVATOR" jurnali
​​#Innovator
"Innovator" sahifasining navbatdagi qahramoni — Turdiyev Akbarali Usmon o'g'li.

Akbarali 1998-yil 19-iyun kuni Surxandaryo viloyati Qumqo'rg'on tumanida tug'ilgan. Hozirda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti 2-kurs magistranti.

Qahramonimiz robototexnika hamda elektronika sohalariga qiziqadi. Shuningdek, qishloq xo'jaligi texnologiyalarini sun'iy intellekt bilan bog'lash hamda fermer va dehqonlar xarajatlarini kamaytirib, daromadlarini oshirishga yordam beradigan innovatsion texnologiyalar ustida ish olib boradi.

Rus va ingliz tillarini biladi.

Akbarali "Smart Drip irrigation system" loyihasi muallifi hisoblanadi. Ishlanma qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tomchilatib sug'orishga asoslangan aqlli tizim hisoblanadi. Tizim tuproqdagi namlik miqdorini aniqlaydi, namlik darajasi belgilangan miqdordan kam bo'lgandagina uni sug'oradi.

Qahramonimiz shu kunga qadar loyihalari bilan turli tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2018-yil "Yil talabasi" Respublika tanlovining institut bosqichida "Yilning eng ixtirochi talabasi" nominasiyasi bo'yicha 1-o'rin soxibi bo'lgan. Shuningdek, 2019-yilning dekabr oyida bo'lib o'tgan "Intellektual-2019" tanlovida "Eng yaxshi ishlanma" nominasiyasi bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritgan. 2019-yilgi "Iqtidorli yoshlar Republika forumi"da faol ishtiroki va jonkuyarligi uchun "Suv xo'jaligi vazirligi" tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlangan. Qahramonimiz shuningdek "INNOWEEK-2021" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida tashkil etilgan "Technoways" texnologik rivojlanish marafoni g'olibi, shu bilan birga "DUBAI EXPO-2020" yo'llanmasi sovrindori hisoblanadi.

Akbarali Turdiyev hozirda Innovatsion Rivojlanish agentligida Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi xodimi sifatida faoliyat yuritadi.

Innovatorimiz ayni damda haydovchisiz elektro traktor prototipini ishlab chiqish bo'yicha ish olib bormoqda.

"Eng katta maqsadlarimdan biri yurtimizda qishloq xo'jaligi sohasida innovatsion texnologiyalarini rivojlantirish shu bilan bir qatorda aholiga yaqindan yordam bera oladigan aqlli texnologiyalarni joriy qilishdan iborat", — deydi yosh innovatorimiz.

Qahramonimizning kelgusi ishlariga zafarlar tilab qolamiz!

Facebook | Telegram | Web | Instagram
👍14👏2
Forwarded from "INNOVATOR" jurnali
#Innovator
#xushxabar

⚡️"Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining respublika bosqichida g'oliblar safidan joy olgani bilan siz-u bizga tanilgan qahramonimiz Mahammadjonov Qudratbek "Yil talabasi" tanlovining respublika bosqichida "Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi" nominatsiyasi bo'yicha 2-o'rin sohibi deb topildi.

🎉🎉🎉"INNOVATOR" jurnali jamoasi ushbu muvaffaqiyat bilan innovatorimizni samimiy muborakbod etadi hamda Qudratbekning kelgusi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi!

Facebook | Telegram | Web | Instagram
👍8🔥1👏1🤔1
Forwarded from "INNOVATOR" jurnali
#Innovator

⚡️"INNOVATOR" jurnali qahramonlaridan biri Xudoberdiyev Shavkatjon bilan tanishing!

📌Qahramonimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 1-bosqich magistranti. Yong‘in xavfsizligini taʼminlash maqsadida qo‘llaniladigan “elektr transformatorlar”, yaʼni yong‘in va portlashdan himoyalash qurilmasi loyiha muallifi.

👉Video lavha: https://youtu.be/4Z6SOJnSTRc

Facebook | Telegram | Web | Instagram
👍9🔥1