MINENERGY.UZ
16.5K subscribers
8.93K photos
2.54K videos
90 files
7.06K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Toshkent shahri: modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari sababli uchta tumandagi 6 ta MFYda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash hamda elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida bugun, 15-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi:

Yashnobod tumanining:
«Tovkantepa» va «Mirishkor» MFYlarining ayrim hududlarida soat 16:00 gacha;

Mirobod tumanining: «Inoqobod» va «Banokatiu» MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;

Chilonzor tumanining: «Qatortol» va «Hosilot» MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlardagi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#infografika

2019-2023-yillarda Toshkent shahridagi aholi iste’molchilariga yetkazib berilgan elektr energiyasi to‘g‘risida ma’lumot
.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#инфографика

Информация о поставки электрической энергии населению города Ташкент за 2019-2023 гг.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan xonadon aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Toshkent tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Iqbol” MFYda yashovchi I.U. o‘z uyida 8 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini va boshqa elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 342 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Qonunchilikdagi yangiliklar: jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uchun to‘lov 10 ish kunida amalga oshiriladi

Hukumat qarori (247-son, 14.06.2023 y.) bilan Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, elektr oldi-sotdi shartnomasi asosida sotiladi.

☑️ Bunda:

🔹 jismoniy va yuridik shaxslar o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatgan quvvati 1 MVtgacha quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektrning o‘z ehtiyojidan ortiqchasi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sotib olinadi;

🔹 elektr energiyasini ishlab chikaruvchi o‘zi foydalanishi uchun hosil qilingan elektr energiyasini boshqa jismoniy va yuridik shahslarga o‘z elektr tarmoqlari orqali sotishi mumkin;

🔹 elektr energiyasini ishlab chiqaruvchining o‘z elektr tarmoqlari mavjud bo‘lmagan holatlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarmog‘idan tranzit xizmatlari uchun idoralararo tarif komissiyasi hujjatlarida belgilangan tarif asosida to‘lovlarni amalga oshirgan holda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib beriladi.

🗓 Yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar hisob-kitob oyidan keyingi oyning 25-sanasiga kadar:

🔸 “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (ijobiy tafovut) Davlat budjetidan 1 000 sumdan subsidiya ajratiladi (“Soliq” mobil ilovasi orqali);

🔸 jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z extiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan to'lab beriladi.

▶️ Elektr energiyasini sotib oluvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori uchun elektr energiyasini uzatish va iste’molini hisobga olish uskunasi (pribor)ning ma’lumotlariga ko‘ra tomonlar o‘rtasida imzolangan ko‘rsatkichlarni solishtirish dalolatnomasi va hisob-fakturani olgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida to‘lovlarni amalga oshiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent shahri: modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari sababli uchta tumandagi 7 ta MFYning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida bugun, 16-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi:

Yashnobod tumanining:
“Arg‘in” va “Bahor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;

Yunusobod tumanining: Markaz 6-dahasi, “Registon” va “Qo‘shchinor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 15:00 gacha;

Chilonzor tumanining: “Dilxush” va “Qatortol” MFYlarining ayrim hududlarida soat 17:00 gacha;

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Qonunchilikdagi yangiliklar: quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi

🔰 Prezidentning tegishli qarorlari (PQ–189-son, PQ–190-son, PQ–191-son, 14.06.2023 y.) bilan quyidagi hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini barpo etish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshiriladi:

🔹Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quvvati
400 MVt bo‘lgan;

🔹Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida quvvati
500 MVt bo‘lgan;

🔹Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati
500 MVt bo‘lgan.

☑️ Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanida quvvati 334 MVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi.

📝 Mazkur investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida:

▫️Investitsiya bitimlari tasdiqlanadi;
▫️Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimlar ma’qullanadi.

➡️ Tegishli Loyiha kompaniyalari tomonidan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdori yer solig‘i miqdoriga tenglashtiriladi.

—————

Новости законодательства: будут построены солнечные фотоэлектрические станции

🔰 Соответствующими Постановлениями Президента (ПП №189, ПП №190, ПП №191 от 14.06.2023 года) будут реализованы инвестиционные проекты по строительству солнечных фотоэлектрических станций в следующих регионах:

🔹В Юкоричирчикском районе Ташкентской области – мощностью 400 МВт;

🔹в Караулбазарском районе Бухарской области –
мощностью 500 МВт;

🔹в Нишанском районе Кашкадарьинской области – мощностью 500 МВт.

☑️ В Юкоричирчикском районе также будет построена система накопления электрической энергии мощностью 334 МВт.

📝 В рамках реализации данных инвестиционных проектов:

▫️ утверждаются инвестиционные соглашения;
▫️одобряются соглашения о закупке электрической энергии.

➡️ Размер арендной платы, оплачиваемой за земельные участки соответствующими Проектными компаниями, приравнивается к размеру земельного налога.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda elektr stansiyasi qurish uchun davlat kafolatisiz 325 mln yevro investitsiya kiritmoqda

14-iyun kuni Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki Surxondaryoda 1560 MVt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish uchun 225 million yevro ajratishini e’lon qildi.

“A” kategoriyasiga kiruvchi mazkur loyiha 2022-yilning aprelida ishlab chiqilgan bo‘lib, shu yil 17-may sanasida so‘nggi baholash ishlari olib borilgandi.

Loyiha Surxondaryo viloyatining Angor tumanida, “Uchqizil” suv omborining shimoli-sharqida joylashgan hududda amalga oshiriladi.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad esa O‘zbekiston Respublikasi energetika sektorini karbonsizlashtirish strategiyasiga muvofiq, yuqori samarador elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishdan iboratdir.

Shuningdek, Islom taraqqiyot banki ham ayni shu maqsadlar uchun 100 million yevro miqdorida mablag‘ ajratmoqda.

Ahamiyatlisi shundaki, bu investitsiyalar O‘zbekiston iqtisodiyotiga davlatning hech bir kafolatisiz yo‘naltirilishi mo‘ljallangan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
IRENA: qayta tiklanuvchi energiya manbalarining o‘sishi bo‘yicha Osiyo yetakchilik qilmoqda

IRENAning 2023-yildagi Qayta tiklanuvchi quvvatlar statistikasi hisoboti shuni ko‘rsatadiki, 2022-yilda qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish quvvatlarining butun dunyo bo‘ylab o‘sishining qariyb 60 foizi Osiyo hissasiga to‘g‘ri keldi va bu yil oxiriga kelib jami 1,63 Teravatt (TW) qayta tiklanuvchi quvvatga ega bo‘ldi. Ushbu o‘sishning katta qismi Xitoyda sodir bo‘ldi.

Osiyoda dunyo aholisining 50 foizdan ortig‘i istiqomat qiladi va so‘nggi yillarda mintaqada iqtisodiy o‘sish kuzatildi. Mahalliy iqtisodiyotning o‘sishi bilan mintaqada energiyaga bo‘lgan talab dunyoning boshqa joylariga qaraganda tezroq o‘sib bormoqda.

Mintaqadagi hukumatlar qayta tiklanuvchi energiyani rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha rejalarini belgilab oldilar. Ushbu sa’y-harakatlar natijasida Osiyo qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish bo‘yicha Shimoliy Amerika va Yevropani ortda qoldirdi.

Global miqyosda qayta tiklanuvchi quvvatlar 2022-yilda 9,6 foizga o'sdi va butun dunyo boylab rekord darajadagi 295 GWni qoshdi. Hisobotda aytilishicha, bu otgan yili qoshilgan barcha energiya quvvatlarining 83 foizini tashkil etadi va otgan yil oxiriga kelib qayta tiklanuvchi ishlab chiqarish quvvatini 3372 GWga yetkazdi.

—————

IRENA: Asia leads charge in renewable energy growth

IRENA’s report Renewable Capacity Statistics 2023 shows that in 2022, Asia accounted for nearly 60 percent of the worldwide increase in renewable energy generating capacity, resulting in a total of 1.63 Terawatt (TW) of renewable capacity by year end. A huge part of this increase occurred in China.

Asia is home to more than 50 percent of the world's population, and in recent years, the region has experienced phenomenal economic growth. With the rise of local economies, the energy demand in the region is increasing faster than anywhere else in the world.

Governments in the region have outlined aspirational plans to accelerate the development of renewable energy. As a result of these efforts, Asia has surpassed North America and Europe in terms of its renewable energy generation.

Globally, renewable capacity grew by 9.6 percent in 2022, adding a record 295 GW worldwide. This accounts for 83 percent of all power capacity added last year and brings the global renewable generation capacity to 3,372 GW by the end of last year, the report said.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning barcha filiallarida yoz mavsumini barqaror o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Rossiya gazi O‘zbekistonga yetkazib beriladi

Bugun Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda “Gazprom” OAJ Boshqaruvi Raisi Aleksey Miller imzoladi.

Rossiya gazini O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali eksport qilish 2023-yilning to‘rtinchi choragidan boshlanadi.

—————

Российский газ будет поставляться в Узбекистан.

Сегодня на Петербургском международном экономическом форуме были подписаны Соглашение о поставках российского газа в Узбекистан, а также «Дорожная карта» по подготовке газотранспортной системы республики и подготовке к транспортировке.

Документы подписали Министр энергетики Республики Узбекистан Джурабек Мирзамахмудов и Председатель Правления ОАО «Газпром» Алексей Миллер с участием заместителя премьер-министра Республики Узбекистан Джамшида Ходжаева.

Экспорт российского газа в Узбекистан через территорию Казахстана начнётся в четвертом квартале 2023 года.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Andijonda yangi mikro GESlar ishga tushirildi

Bugun, 16-iyun kuni Andijon viloyatida yangi mikro GESlarning ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Andijon tumanining Zavroq mahallasi kanalining birinchi piketida quvvati 200 kVt, yillik ishlab chiqarish quvvati 1,2 mln kVt.soat bo‘lgan Zavroq mikro GES ishga tushirildi. Ushbu loyihani ishga tushirish orqali, kelgusida Andijon tumanining 300 ta xonadonini yoki 1 200 nafar aholisini ekologik toza elektr energiya manbai bilan taʼminlash imkonini beradi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

Anomal issiq fonida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli 2022-yilning yoz oyidagi rekord ko‘rsatkichlarni yangiladi.

Xususan, 2023-yil 16-iyunda Respublika bo‘yicha elektr energiyasi iste’moli 242,6 mln kW⋅hni tashkil etdi. 2022-yilning xuddi shu kunida jami 208 mln kW⋅h elektr energiyasi ishlatilgan bo‘lib, kechagi ko‘rsatkich avvalgi yildagidan 16,6 foiz ortiq bo‘ldi.

Shu bilan birga, energetika tizimining soatlik iste’moli 11 301 MWni tashkil qildi. Bu 2022-yilning shu kundagi holatiga nisbatan 1 800 MW (+18,9 foiz) va 2022-yilning yozida qayd etilgan mutlaq maksimal ko‘rsatkichdan 500 MW ko‘pdir.

Ma’lumot uchun, 2022-yilda maksimal elektr energiyasi iste’moli 27 iyulda qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 239 mln kW⋅hni, kunduzgi iste’mol quvvati 10 800 MWni tashkil qilgan.

Energetika tizimidagi elektr stansiyalari tomonidan kunlik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 233,7 mln kW⋅hni tashkil etdi. Bu 2022-yilning shu kungi holatiga nisbatan 36,6 mln kW⋅h (18,6 foiz) ko‘pdir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube