MINENERGY.UZ
16.4K subscribers
9.01K photos
2.57K videos
90 files
7.13K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
#LIVE
Energetiklar tunu kun xalq xizmatida

Bugun yakshanba. Dam olish kuni. Ko‘pchiligimiz oila davrasida yoki shahar chetida maroqli dam olyapmiz. Ammo shunday kasb egalari borki, ular dam olish kuniga qaramasdan xalq xizmatida.

Ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Davlat shartnomaviy xizmatlari filiali xodimlari tomonidan aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida Yunusobod tumanida yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i tortish uchun texnik tadbirlar bajarmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Quyosh energetikasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Выставка импортозамещающей продукции в солнечной энергетике.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube.
Neft va gaz sohasining fidokori To‘lqin Omonov haqidagi “So‘nmas to‘lqinlar” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun, 12-iyun kuni soat 15:00da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Muhandislik Akademiyasi muxbir a’zosi, iqtisod fanlari nomzodi, neft va gaz sohasining fidokori, jamoat arbobi To‘lqin Omonovning hayoti yo‘li haqidagi “So‘nmas to‘lqinlar” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

📲 Kitob taqdimoti translyasiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebookdagi sahifasi orqali jonli tomosha qiling.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube.
«Сўнгги кунларда пойтахтнинг қатор туманларида кузатилаётган электр таъминотидаги узилишларнинг аксарияти олдиндан режалаштирилган бўлиб, таъминот сифатини яхшилашга қаратилган ишлар туфайли содир бўлмоқда», дея изоҳ берди «ҲЭТ» АЖ Тошкент шаҳар филиали директори ўринбосари Бекзод Кулибаев.

https://www.gazeta.uz/uz/2023/06/12/electricity/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube.
Energetika vazirining matbuot kotibi tayinlandi

Toshxo‘jayev Hasan Javlonovich —
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Hasan Toshxo‘jayev mehnat faoliyati davomida “Qishloq hayoti” ijtimoiy-iqtisodiy gazetasida, “Xalq so‘zi” – “Народное слово” gazetalari tahririyatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2019 – 2020-yillarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shuningdek, “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi Axborot xizmati bosh mutaxassisi, Iste’molchilarni himoya qilish agentligi Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi lavozimlarida mehnat qilgan. Tayinlovga qadar u Xalqaro press-klubning Monitoring va tahlil bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

—————

Назначен пресс-секретарь министра энергетики

Тошходжаев Хасан Джавлянович
— назначен на должность пресс-секретаря Министра энергетики Республики Узбекистан – советника министра по вопросам информационной политики.

За время своей трудовой деятельности Хасан Тошходжаев работал на различных должностях в общественно-экономической газете «Қишлоқ ҳаёти», в редакции газеты «Халқ сўзи» - «Народное слово». В 2019-2020 годах работал пресс-секретарем председателя Комитета женщин Узбекистана – советником по вопросам информационной политики, а также главным специалистом информационной службы инспекции «Уздавкарантин», ведущим специалистом информационной службы Агентства по защите прав потребителей. До назначения работал руководителем отдела мониторинга и аналитики Международного пресс-клуба.

Назначение на должность произведено согласно заключению Агентства информации и массовых коммуникаций при Администрации Президента Республики Узбекистан.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💡Elektr ta’minotini yaxshilash va uzilishlarning oldini olish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar asosida hududlarda eskirgan kabellar yangisiga almashtirilmoqda, yangi ustunlar o‘rnatilib, transformatorlar ta’mirdan chiqarilmoqda.

Jarayonlar – lavhamizda.

—————

💡На основе обращений по улучшению электроснабжения и предотвращению сбоев в районах производится замена кабелей, установка новых столбов электропередач, ремонт трансформаторов.

Процесс работ в нашем ролике.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Bugun, 12-iyunda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda elektr energetika tizimini yanada isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi о‘tkazildi.

Majlisda sohadagi mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishda elektr tarmoqlarini raqamlashtirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi hamda bu borada zarur choralar kо‘rish yuzasidan tegishli kо‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham kо‘rib chiqildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining Elektr tarmoqlaridan foydalanish bо‘yicha birinchi о‘rinbosari lavozimiga Izbosarov Agzam Faxriddinovich tayinlandi. Tayinlovga qadar A. Izbosarov О‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi Aloqa boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish olib borgan.

Ayni kungacha Mirobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Pulatov Shuxrat Abdujabbarovich “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda О‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kuchli shamol tufayli Samarqand viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Samarqand viloyatida sodir bo‘layotgan kuchli shamol tufayli ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘chirildi.

Dispetcherlik xizmatining ma’lum qilishicha, kuchli shamol tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan talafotlarning oldini olish maqsadida soat 17:00 holatiga 6-10 kV elektr uzatish tarmog‘i bilan o‘chirilgan.

Hududda kuchli shamol esishi pasaygandan so‘ng elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun istemolchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mutaxassis: zaxira elektr tarmoqlaridagi shikastlanishlarni qayta tiklash va yuqori kuchlanishlisiga almashtirish ishlari ham olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTub
Kuchli shamol va yomg‘ir tufayli Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida sodir bo‘layotgan kuchli shamol hamda yomg‘ir natijasida soat 18:35 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida Namangan viloyatining Chust, Mingbuloq, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on va Namangan tumanlarining;

Farg‘ona viloyatining So‘x, Furqat, Buvayda, Uchko‘prik va Quvasoy tumanlarining ayrim hudularida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste‘molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTub
Kuchli shamol tufayli Andijon viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Andijon viloyatida kuchli shamol va yomg‘ir natijasida soat 19:52 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘chirildi.

Buning natijasida Paxtaobod, Andijon, Marhamat, Qo‘rg‘ontepa va Andijon tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste‘molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTub
Namangan viloyatida kuchli shamol tinmoqda. Soat 20:05 dan boshlab elektr tarmoqlari bosqichma-bosqich ulanmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTub