MINENERGY.UZ
16.5K subscribers
8.93K photos
2.54K videos
90 files
7.06K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
[email protected]
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining katta qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahridagi “Qо‘qon” podstansiyasida yuqori kuchlanishdagi 35 kVli kabel tarmog‘ini tiklash ishlari davom etmoqda.

Soat 21:00 holatiga, podstansiyadan chiquvchi 35 kVli Saziit-2 kabel tarmog‘iga kuchlanish berildi. Natijada Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining katta qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi.

Hozirgi paytda 35 kVli Saziit-1 kabel tarmog‘ida montaj ishlari olib borilmoqda. Tez fursatlarda qolgan hududlarning ham elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr sо‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Nosozlik bartaraf etildi: Mirobod va Yakkasaroy tumanlari iste’molchilarining elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

Toshkent shahridagi “Qo‘qon” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilib, Mirobod va Yakkasaroy tumanlari iste’molchilarining elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ta’mirlash ishlari tufayli Chilonzor, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida bugun, 9-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi:

Chilonzor tumanining
“Bog‘iston” va “Lutfiy” MFYlari ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Bektemir tumanining
“Iyk ota” MFYning Imon (Ma’rifat), Mevazor, Orasta hamda Taraqqiyot ko`chalari hududida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Mirzo Ulug‘bek tumanining
“Sh.Burxonov”, “Katta qorasuv”, “Bo‘z”, “Alpomish”, “Podshobog‘” va “Yalong‘och” MFYlari hududlarida soat 09:00 dan 12:00 gacha;

Yashnobod tumanining
Yangiobod mavzesi, Aviasozlar 2-, 4-mavzesi, Tuzel 2-, 3-mavzesi, 58-sonli Harbiylar shaharchasi, Chilon ota, Alimkent, Elbek, To‘rtko‘l, Qorasuv, Xovos hamda Birlashgan ko‘chalari hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berganimizdek, Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 505,6 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida lavha efirga uzatildi.

—————

Как сообщали, на Ташкентской ТЭЦ сдана в эксплуатацию солнечная фотоэлектрическая станция мощностью 505,6 кВт.

Об этом смотрите в репортаже телеканала «Узбекистан 24».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘rnatilgan kichik quvvatli quyosh tizimlari haqida ma’lumot

So‘nggi operativ ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari va aholi tomonidan umumiy quvvati 240 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr tizimlari o‘rnatilgan.

Natijada respublika bo‘yicha iste’mol nuqtalarida bir sutkada qo‘shimcha 1,1 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

O‘rnatilgan quyosh panellarining 31,7 MVt quvvatga teng qismi Toshkent shahriga tegishli bo‘lib, poytaxt iste’mol nuqtalarida bir sutkada qo‘shimcha 152 ming kVt/soat (shahar umumiy kunlik iste’molining – 0,6 % qismi) elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Ta’kidlash joizki, quyosh panellari o‘rnatilayotgan joylarda iste’mol ko‘rsatkichlari ma’lum bir darajada pasayayotgan bo‘lib, umumiy tarmoqning ma’lum miqdorlarda qizib ketishi yoki ishdan chiqishining oldi olinmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “SACE” kredit agentligi birgalikda yangi istiqbolli loyihani amalga oshiradilar

Davlatimiz rahbarining Italiyaga tashrifi doirasida o‘tkazilgan biznes forum davomida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va Italiyaning “SACE” kredit agentligi o‘rtasida umumiy qiymati 2263,3 mln yevroga teng uchta yirik shartnoma va bitta memorandum imzolandi.

—————

АО «Тепловые электрические станции» и кредитное агентство «SACE» совместно реализуют новый перспективный проект

В ходе бизнес-форума, состоявшегося в рамках визита Главы нашего государства в Италию, между АО «Тепловые электрические станции» и итальянским кредитным агентством «SACE» подписаны три крупных соглашения и один меморандум с общей стоимостью 2263,3 млн евро.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan o‘tkazgan muzokaralarning asosiy yakunlari to‘g‘risida.

—————

О главных итогах переговоров Президента Шавката Мирзиёева с Президентом Италии Серджо Маттареллой и Премьер-министром Джорджей Мелони.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sergeli tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi 10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida tumandagi Yuqori Darxon, Yangi Sirg‘ali, Navro‘z va Charog‘on mahallalarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Ta’mirlash ishlari qisqa fursatlarda yakunlanadi va hududning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulaylik uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24: Ellikqal’а tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Farhod Qalandarov xonadonida quyosh panellari o‘rnatib, daromad ko‘rmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod, Yashnobod va Yunusobod tumanlarining ayrim joylarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish maqsadida bugun, 10-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi:

Mirobod tumanining Moshtabib, Nukus, Said Baraka, Amir Temur va Turkiston ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Yashnobod tumanining Chashma, Ilg‘or shoh, Ohangrabo, “Mirishkor” MFYning Darxon, Ilgor shoh ko‘chalari hududida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Yunusobod tumanining Usta Shirin, Akmal Po‘lat va Mirtemir ko‘chalari hududida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Yashnobod tumani: uchta mahallaning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda

Bugun, soat 18:27da Yashnobod tumanidagi 110 kV “Hosilot” podstansiyasi qurilmasida nosozlik yuzaga kelib o‘chgan.

Buning natijasida tumandagi Izzat, Aviasozlar, Muxtor Ashrafiy mahallalarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Ta’mirlash ishlari qisqa vaqtlarda yakunlanadi va hududning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulaylik uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Dehqon bozori tomonidan 1 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi  elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh etildi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari doirasida Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Navro‘z” dehqon bozorida elektr energiyasidan foydalanish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bozor ma’muriyati oylik hisobotlarda o‘lchov tizimidagi tok transformatorining haqiqiy koeffisiyentini kamaytirib ko‘rsatish orqali elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirganligi aniqlandi.

Mazkur qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yashnobod tumani: “Hosilot” podstansiyasidagi nosozlik bartaraf etilmoqda.

Ta’mirlash ishlari qisqa vaqtlarda yakunlanadi va hududning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Uchtepa tumanidagi xonadonda mayning uskunasi borligi aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan 2023-yil 9-iyun kuni o‘tkazilgan nazorat tadbirida Uchtepa tumani, Nashriyot ko‘chasi, 96-xonadonda mayning uskunasi borligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, 77 mln 30 ming 400 so‘m qayta hisob-kitob amalga oshirildi.

Mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Hududlarda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yashnobod tumani: podstansiyada yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi. Iste'molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Namangan davlat universitetining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish tajribasi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Опыт Наманганского государственного университета в эффективном использовании ВИЭ.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube